1-guruh uchun topshiriq. ” O’qish kitobi” dagi Sh. Sa’dullaning ” Laqma it” asaridan kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni aniqlab jadvalga joylang. Ularning imlosini esingizda tuting. Namuna:
Asar nomi
|
Kim?
|
|
Nima?
|
|
|
|
Yozuvchi
|
Kasb nomi
|
Daraxt
|
Gul
|
Hayvon
|
1.”Laqma it”
|
Shukur Sa’dulla
|
|
|
|
It, kuchuk, Moshxon, echki, sigir, govmush, Olaqashqa, xo`roz, tovuq, kurka,
o`rdak
|
2- guruh uchun topshiriq. ” O’qish kitobida” dagi Abdulla Oripovning ” Dehqonbobo va o’n uch bolakay” qissasi asaridan (4- sinf) fe’llarni topib, alifbo tartibida yozing.
Boshqa guruhlar uchun ham shu xildagi topshiriqlar beriladi.
Bu metod o’quvchilarni jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasining shakllanishiga, vaqtning tejalishiga yordam berdi.
So’z turkumlarini o’rganishda ” Qora quti” metodidan ham foydalandik. Bunda o’quvchilar juft bo’lib ishladilar. Har bir juftlikka ” Ot, sifat, fe’l, son turkumining moniyatini yorituvchi tayanch so’zlar, raqamlar, belgilarni kartochkalarga qayd eting” topshirig’i berildi.Ular turli grammatik belgilar, sxemalar, raqmlar yozilgan kartochkalar tayyorladilar. O’quvchilar hamkorlikda bajargan ishlardan (kartochkalardan) namunalar keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: |