Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


OTA DUOSI  Saylanma. Abdulla Oripov      www.ziyouz.com



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

OTA DUOSI 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
O’g‘lim so‘ramasman sendan mol-dunyo, 
Uy ham qurib berma, mayli, alomat. 
Mayli, ko‘zlarimga bo‘lmagil ziyo, 
Yonimda yursang bas sog‘u salomat. 
Mayli, ko‘tarmagil meni yelkangda, 
Qalqon ham bo‘lmagil yog‘sa malomat. 
Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda, 
Tepamda tursang bas sog‘u salomat. 
1998 
UCHAR QUSHLAR 
Uchar qushlar uchdi-ketdi, 
Qo‘llarimda pati qoldi. 
Yoshlik ketdi, umrning ham 
Sharti ketib, parti qoldi. 
Dema, bukun sevgining ham 
O’zi ketib, oti qoldi. 
Lablarimda u bo‘saning 
Hech aynimas toti qoldi... 
1998 
* * * 
Urinma bolakay, urinma harchand 
Bag‘ringni men kabi tig‘lay olmassan. 
Men kabi quvonib, kularsan garchand, 
Lekin men singari yig‘lay olmassan. 
1998 
* * * 
Bugun xoli qo‘ydim yana daftarimni, 
Buni balki kimdir yalqovlikka yo‘ydi 
Asli senga aytar hamma gaplarimni, 
Bulbul aytib qo‘ydi. 
1998 
* * * 
Deydilar: - Chaqnagan qaysi yurt erur, 
Buyuk sohibqiron sochgan ziyodan. 
Javob berdilarki, - Hech so‘nmas bu nur, 
Taralgan eng avval Qashqadaryodan. 
Dedilar:. Qaysi el bedor doimo, 
Zavq olar mehnatdan, suluv dunyodan. 
Javob berdilarki,. Shoir, ulamo, 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
San’atkorlar chiqqan Qashqadaryodan. 
Dedilar:. Jahonga buyuk yurtboshi, 
Parvoz aylagandi qaysi ma’vodan. 
Javob berdilarki,. Hurlik quyoshi, 
Qalqqandi dastavval Qashqadaryodan. 
Dastavval, dastavval Qashqadaryodan! 
1999 
BEDORLIK 
Der edim: Istiqlol shukuhi bilan 
Ro‘zg‘orni butlamoq fursati yetdi. 
Shunday payt, qo‘ynimga kirdi bir il 
Kimdir ostonamga o‘t qo‘yib ketdi. 
Der edim: Hur zamon kelib nihoyat, 
Asriy g‘alvalardan xoli bo‘ldi bosh. 
Shunday payt, qo‘zg‘alib qaydin qaboha 
Yurtboshim ko‘ksiga otmoq bo‘ldi tosh. 
Der edim: bosqinlar, vahshat, ur-surl 
Qoldilar moziyning kechalarida. 
Shunday payt, daf’atan jonlandi ula 
Qon oqdi Toshkentning ko‘chalarida. 
Nogoh ayon bo‘ldi, g‘animlar bisyor, 
Bisyor oramizda olamizgacha. 
Endi ogoh bo‘lsin, bo‘lsinlar hushyor, 
Hatto beshikdagi bolamizgacha. 
Istiqlol, sadag‘ang ketay, Istiqlol! 
Buncha og‘ir ekan qutlug‘ yo‘llaring. 
Ishonay, duch kelsa, agar yov qattol, 
Burda-burda qilsin uni qo‘llaring. 
Men esa, Istiqlol, yaloving tutib, 
Metin saflaringda sobit keturman. 
O’tgan shahidlarning nomin yod etib, 
Yurtboshim yonida bedor o‘turman. 
O’ZBEK ONASI 
Mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing, 
Kuyinchak ham o‘zing, kuyuk ham o‘zing, 
Olamga tatirlik suyuk ham o‘zing, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, 
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
Seni To‘maris deb, maqtaganim bor, 
Sen Temur beshigin tebratgan bedor, 
Sensan Bibixonim, Nodirai zor, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, 
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 
Vatanni Ona deb bekor aytilmas, 
Ona buyurganda yo‘ldan qaytilmas, 
Sen o‘zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, 
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 
Boshingdan nimalar o‘tmadi axir, 
Vatandek taqdiring bo‘ldi goh taxir, 
Bobur shoh bo‘lsa-da, qoshingda faqir, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, 
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 
Kelajak toychog‘u toyingizdadir, 
Jannat ham, albatta poyingizdadir, 
Vatan-ku, Siz turgan joyingizdadir, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi 
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 
Sizga ta’zim qilib turibman bu payt 
Sizga baxshidadir eng shohona bayt, 
Aziz Yurtboshingga duolaring ayt, 
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi 
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 
1999 yil, 6 mart 
TUSH 
Agarda tush bilan o‘zgarsa dunyo, 
Tush bilan aylansa vaqtu zamonlar, 
Yomon tush ko‘rganlar ko‘karmay aslo, 
Qirilib ketardi allaqachonlar. 
Yaxshi tushlar ko‘rsin har kim ham, biroq 
Bu bilan ham bitmas dunyo ishlari. 
Yaxshi tush ko‘rganlar g‘am bilmay mutloq, 
Baxtli yashar edi ehtimol bari. 
1999 
OLIY NE’MAT 
Pir Xoja yo‘liqdi nogahon dardga, 
Holi tang, rangi ham aylangan zardga. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Qilmagan doriyu darmon qolmadi, 
Yelib-yugurishdan armon qolmadi. 
Dunyodan umidin uzar bo‘ldi u, 
Oxirat kengashin tuzar bo‘ldi u. 
Xullas, paymonasi to‘lganda butkul, 
Kirdi eshigida ishlab yurgan qul. 
Qulning tabiblikka daxli bor edi, 
Unga shu asnoda omad yor edi. 
Quldan bo‘ldimikan, Xalloqdanmi yo, 
Hoja shifo topdi, ba haqqi xudo: 
Ayo, qul, sen bo‘lding dardim davosi, 
Qilgan xizmatingning yo‘qdir bahosi. 
Sochayin boshingdan oltin va kumush, 
Olgin xazinamdan eng katta ulush. 
Istasang, mulkimning teng yarmin beray, 
Yoki men qulimni shod, xurram ko‘ray. 
Qul dedi: - Hozirman xizmatingizga, 
Rahmat ham ayturman himmatingizga. 
Hattoki xunning ham narxi bor, Xoja 
Bebahoning bundan farqi bor, Xojam 
Xoja o‘ylab dedi: - Nima ekan u? 
Qandayin ne’mat u? Qandayin inju? 
Aytgin armoningni, bajargum shu zum 
Axir, sen tufayli ochiqdir ko‘zim. 
Qul dedi: - Bir ne’mat bordir - bebaho 
Unga sadqa bo‘lsin molu mulk, dunyo. 
Falaklar bekordir uning qoshida, 
Malaklar bekordir uning qoshida. 
Unga nisbat bersa - qafasdir jannat 
U shundoq tansiq his, tengi yo‘q ne’mat. 
- Uning nomi ne deb, qistardi Xoja 
Sirni bilmoqlikni istardi Xoja. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin