Saylanma.
Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
91
Bir kun to‘kin bo‘lar yupqa dasturxon,
Zarbof bo‘lmasa ham kiygansan chopon,
Lekin odamlikni unutar bo‘lsang,
Ularning barchasi hayf senga, inson!
1992
ECHKI
Hammaga ma’lumdir echkining fe’li,
Qozonga tushguncha tinch tura olmas.
Doim egri bo‘lgay tanlagan yo‘li,
Hunar ko‘rsatmasa jim yura olmas.
Goho nihollarni g‘ajiydi obdon,
Cho‘pon tayog‘iga teginar goho.
Suruvni
jarlikka boshlar nogahon,
O’zi chetlab o‘tar xatarni ammo.
Bir kuni echkining g‘ayrati qo‘zib,
Baland bir qoyaning uchiga chiqdi.
Boqdi bulutlarga ko‘zini suzib,
Yuksaklik zavqini surdi, miriqdi.
Tog‘larga to‘shaldi qorayib oqshom,
Endi qaytib tushmoq kerak-ku axir.
Izg‘irin boshlandi, yo‘qoldi orom,
Na giyoh,
na suv bor, qoya tap-taqir.
Qandoq chiqdi u yon, o‘zi ham bilmas,
Qaytib tushmoqlikka topmadi chora.
Eng yuksak qoyaning ustida xullas,
Mung‘ayib bir o‘zi qoldi bechora.
Endi madad so‘rab ma’ray
boshladi,
Osmonu falakni ko‘tarib boshga.
Bizning tilda aytsak, ko‘zin yoshladi,
Omad boshqa dedi, falokat boshqa.
Tongda nazar soldi qoyaga cho‘pon,
Echki haykal yanglig‘ qotgancha turar.
Yurakni ezgudek ma’raydi nolon,
O’ziga beto‘xtov himoya so‘rar.
Cho‘pon
ham chiqolmas bundoq qoyaga,
U ham noilojdan boshin qashladi.
Fursatni ketkazmay deya zoega,
Qutqazish yo‘lini izlay boshladi.
Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
92
Bir bora qaynaydi har holda qozon,
Suruv ro‘yxatidan uni o‘chirdi,
Darhol o‘qladi-yu miltig‘in cho‘pon,
Echkini qoyadan urib tushirdi.
1993
QORAQALPOG‘IM
Men o‘zbek,
sen esa qoraqalpoqsan,
Turklar dunyosida sen ham urvoqsan,
Gar men tuproq bo‘lsam, sen ham tuproqsan,
O’zbekka azaliy qarindosh, inim.
Orol bo‘ylarida
topganding orom,
Sholi, baliq edi senga rizqu kom,
Nahot endi yo‘qdir to‘lg‘izilgan jom,
Nahot qolding yolg‘iz, ko‘zda yosh, inim.
Mana - bu Ibroyim, Tulebbergan bu,
Qoraqalpoq
baxtin tilab yurgan bu,
Yaratgandan haqqin so‘rab turgan bu,
Iloyo boshginang bo‘lsin tosh, inim.
Seni qo‘llab turar ulug‘ mamlakat,
Yurtboshi yaxshilik tilaydi faqat,
Niyating hamisha bo‘lsin ijobat,
Ham yo‘ldosh, ham qo‘ldosh, ham sirdosh inim.
Umidvor
yashaymiz doril zamonda,
Birimiz Nukusda yoki Qo‘qonda,
Umuman aytganda O’zbekistonda,
Senga bo‘lajakmiz ko‘zu qosh, inim.
1993
Dostları ilə paylaş: