Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#119799
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol

O‘qituvchining kuzatuvchanligi 
Bir ko‘z tashlashda buyum va hodisalardagi muhim, lekin ko‘zga kam 
tashlanadigan narsalarni payqab olishni kuzatuvchanlik deyiladi. 
Insonning bu psixik holati idrokning kuchi va chuqurligicha, ya’ni bizning 
sezgi organlarimizga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni aks ettiruvchi psixik 
jarayonga bog‘liq. 


48 
Kuzatish idrokning o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan turlaridan biridir. 
Tashqi dunyo obyektlarini idrok etishning mukammalligi faqat sezgilar (ko‘rish, 
eshitish va boshqalar) ning o‘tkirligigagina emas, balki hodisalarni analiz qila bilish, 
narsalarning belgilarini farq qilish (ayirish, ajratish), ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni 
aniqlash, bilib olish, shunga o‘xshashlarga bog‘liq. Idrokda tafakkur va xotira, 
insonning o‘tmishdagi tajribasi muhim rol o‘ynaydi. Zotan kuzatuvchan pedagog – bu 
sinfda nima bo‘layotganini faqat yaxshi ko‘rib va eshitibgina qolmay, balki o‘zining 
sermulohazaliligi, tasavvurga boyligi bilan farq qiluvchi, hodisalar mohiyatini 
tushuncha oladigan kishidir. 
Birovlar jonsiz buyumlarga taalluqli hamma narsalarni yaxshi sezadi, ular biror 
buyumdan qilingan materialning sifatini juda durust bilishadi, uning afzalligi va 
kamchiligini osonlikcha anglab oladilar. Shunday kishilardan yaxshigina ustalar, 
amaliy kasbning boshqa vakillari yetishadi. 
Boshqa kishilar narsalarning fizik sifatlarini yaxshi seza olmaydilar, biroq 
kishining ichki dunyosi xususiyatlarini, uning psixik jarayoni, kechinmalari va shunga 
o‘xshashlarni durustroq payqaydilar. 
O‘qituvchi faoliyatida kuzatuvchanlikning har ikki turi ham zarur.
Shunday qilib, kuzatuvchanlik o‘qituvchining mehnatida zarur bo‘lgan, muhim 
psixik xususiyatdir. 
O‘qituvchining diqqati 
O‘qituvchining kuzatuvchanligida, umuman uning pedagoglik faoliyatida 
muvaffaqiyat qozinishi uchun diqqatning, ya’ni ongning muayyan narsa va tashqi 
dunyo hodisalariga yo‘naltirilganligining katta ahamiyati bor. Ma’lumki. Kishi diqqat 
qilganda, bosh miya qobig‘ida yuksak qo‘zg‘alish markazi paydo bo‘ladi, ayni 
vaqtning o‘zida bu markazning atrofida yarim shar qobig‘ining qolgan qismlari 
tormozlangan holda bo‘ladi. Miya qobig‘ining bu fiziologik holati ba’zi obyektlarning 
aniq idrok etishni hamda shu vaqtning o‘zida boshqalaridan chalg‘ishini taqozo etadi. 


49 
Diqqat ikki asosiy turga ajratiladi: ixtiyorsiz, ya’ni kishining ongsiz maqsad va 
harakati bilan biror obyektga yo‘naltiriladigan diqqat hamda qo‘yilgan maqsad tufayli 
yuzaga keladigan – e’tiborni narsaga tortadigan va kishidan muayyan g‘ayrat, iroda 
harakatini talab qiluvchi ixtiyoriy diqqat. 
O‘qituvchi uchun diqqatning har ikki turi zarurdir. 
Psixologiya fanida bu sohada ko‘p tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, 
I.V.Straxov darsda 28 o‘qituvchini pedagogik kuzatadi va quyidagilarni aniqlaydi. 
Diqqatning markazlashuvi o‘qituvchi uchun butun dars jarayonida (o‘quv 
materialini tushuntirishda ham, o‘quvchilarning javobini tanglashda ham) zarurdir. 
Diqqatning markazlashuvi va barqarorligi yaxshi o‘qituvchilarda diqqatning 
harakatlanuvchanligi, uning yengil ko‘chishi hamda mavjud sharoitni hisobga olgan 
holda tezda ish tuta bilishi bilan uzviy bog‘liq. 
Pedagog ishida diqqat taqsimlanishi ham muhimdir. Diqqatning teskarisi – 
parishonxotirlik ham mavjuddir. 
Parishonlik nerv sistemasining kuchsizligi yoki biror narsaga kuchli jalb etilish 
oqibatida ro‘y beradi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin