40
yosh avlodni milliylik ruhida tarbiyalashga, buyuk davlat quruvchisini tarbiyalashga
qaratilgan.
O‘qituvchining ilg‘or falsafiy va ijtimoiy dunyoqarashi
mustaqillik voqyeligi
zaminida – fan, adabiyot, san’at, jamiyat a’zolarining faoliyati, yaratuvchilik mehnati
bilan shug‘ullanish natijasida tarkib topadi.
Fizik atomning tarkibiy qismlarga bo‘linishi bilan tanishmoqda, ximik
tabiatdagi moddalar birdan ro‘y beradigan sakrash natijasida o‘zgarishini, miqdor
o‘zgarishlari sifat o‘zgarishiga o‘tishni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, ishonch hosil qilmoqda,
materiyaning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro
aloqani kuzatmoqda; ishlab
chiqarish ta’limi o‘qituvchisi nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘lab, aqliy va
jismoniy mehnat, shaxsning garmonik o‘sishiga qanday ta’sir etishini kuzatib boradi.
Pedagogning bilim darajasini barcha fanlar bilan boyitishda,
uning qaysi
maktabda – boshlang‘ich maktabdami yoki o‘rta maktabdami – ishlashi hech qanday
rol o‘ynamaydi.
Dostları ilə paylaş: