O‘qituvchining aqliy faoliyati
Insonning aqliy faoliyati biror hodisani, muayyan bir paytda bevosita kuzatib
ko‘rmasdan yoki sezgi va idrok hosil qilgan narsani tekshirmasdan xulosalar chiqarish
bilan tavsiflanadi. Tabiat, jamiyat, insonyat taraqqiyotining barcha xususiyatlari
tafakkur yordamida bilib olinadi.
Tafakkur narsa yoki hodisa ayrim ayrim elementlari va belgilarining
ajralishidan (analizidan) hamda bir narsa yoki hodisa qismlari o‘rtasida fikran aloqa
o‘rnatishdan, ularni bir butun narsaga birlashtirishdan (sintezdan) iborat. Tafakkur
jarayonida ayrim obyektlarni taqqoslash, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va
umumiylikning, mavhumlik yoki umumiy tasavvurni, ya’ni umumiy xususiyatga ega
bo‘lgan narsa va hodisalar birlashuvini taqqoslashning katta ahamiyati bor.
50
Psixologiya fani tafakkurni ikki turga, ya’ni: nazariy va amaliy turlarga
ajratadi.
Odatda olim, faylasuf, matematik va boshqa umumlashtiruvchi fan vakillarida
nazariy tafakkur ustun bo‘ladi.
O‘qituvchining ishida hissiyot
“Axloqiy... his deganda biz jamiyat yuzaga keltirgan, axloq kategoriyasidan
boshlab, axloqning sodir bo‘lishi natijasida borliq hodisalarni idrok etishda kishi
kechiradigan hamma hislarni nazarda tutamiz” [4: 246]
Kishida axloqiy hisning shakllanishi uning ongida mazkur jamiyatda yoki biron
kollektivda yuzaga kelgan muayyan axloq normasi, qoidasining mustahkamlanish
jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir.
Axloqiy hisga quvonch, kishilarga qoyil qolish, axloq normalarining yuzaga
kelishi natijasida o‘zidan mamnun bo‘lish singarilar kiradi.
O‘qituvchining psixik holati
Pedagogning psixik holatlarini tavsiflab, N.D.Levitov, muvaffaqiyatli o‘tishini
shart qilib qo‘yadigan, o‘qituvchining darsga pedagogik tayyorgarligi mavjudligi
haqida gapiradi.
Tarbiyachining muhim psixik holati o‘z so‘zining haqligiga chindan ishonch
hosil qilishdadir.
Xarakterida lozim bo‘lgan psixik holatning asta-sekin mustahkamlanib borish
yo‘li bilan muvaqqat jarayonlardan chiqib, bora-bora shaxsning barqaror sifatiga
aylanadki, bunday sifatga ega bo‘lgan kishi pedagoglik faoliyati bilan bemalol
shug‘ullana oladi.
|