Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc


Ta’lim-tarbiya ishiga bo‘lgan qobiliyatning o‘sishi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#119799
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol

Ta’lim-tarbiya ishiga bo‘lgan qobiliyatning o‘sishi 
Faqatgina iste’dod belgisi tug‘ma bo‘lgani sababli turli xil qobiliyatning barchasi 
faoliyatda o‘sadi. Shu sababli bevosita pedagoglik qobiliyati qay usulda o‘sishi, 
iste’dod belgisiga ega bo‘lmagan o‘qituvchi hamda tarbiyachi nima uchun ana 
shunday faoliyat bilan shug‘ullanishi va iste’dodga ega bo‘lish uchun qanday 
tadbirlarni amalga oshirishi zarurligi singari masalalar tahlili diqqatga sazovordir. 


47 
Qobiliyat kurtaklarining ilk o‘sishi katta yoshdagi bolalarda «oiladagi mehnat 
taqsimoti» tufayli, o‘zidan kichik yoshdagi bolalarga nisbatan qandaydir burchga ega 
bo‘lish tufayli ro‘y beradi. 
Har xil qobiliyatlarning ro‘y berishida turli o‘yinlarning roli kattadir. Bunday 
o‘yinlar tufayli, qisman tashkilotchilik qobiliyatining kurtaklari paydo bo‘ladi. 
Pedagoglik qobiliyatini tarbiyalashda o‘quvchilarning o‘qishdagi o‘zaro 
yordami hamda qo‘shimcha o‘tkaziladigan darslar ham katta rol o‘ynaydi. 
Jamoat tashkilotlari, o‘qituvchining kasb tanlashga doir maslahatlari ham 
pedagoglik qobiliyatining o‘sishiga ta’sir etuvchi muhim omillardan hisoblanadi. 
Pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lgusi o‘qituvchining xarakteridagi nuqsonlar 
aniqlanadi (ortiqcha uyatchanlik, qattiqqo‘llik, qo‘rslik va qo‘pollik, mas’uliyatsizlik) 
va ularni bartaraf etish chorasi qidiriladi. 
Pedagoglik qobiliyatini o‘stirishda o‘qituvchining o‘z fani bo‘yicha yetarli 
bilimga ega bo‘lishi va umumiy saviyasi tinmay oshib borishi katta ahamiyatga ega. 
Ta’lim-tarbiya metodikasi, pedagogika, didaktika, psixologiya, yuqori nerv faoliyati 
fiziologiyasi singari inson haqidagi fanlarni bilish, siyosiy, badiiy adabiyotni muttasil 
o‘qib borish – o‘qituvchining ma’naviy hayotini yo‘lga qo‘yishdagi asosiy zamin 
hisoblanadi, agar, shunday ibora bilan aytish mumkin bo‘lsa, ana shu xislat urug‘i 
sepiladigan zamin yuqorida aytilgan faoliyat tufayli yumshatilib, o‘g‘itlanadi, ekishga 
tayyorlanadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin