61
- o’quvchilarning yakka tartibdagi ishlari tugagach, o’qituvchi ulardan 3
kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi.
Kichik guruhlar
o’quvchilarning xoxishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin:
- kichik guruhlardagi o’quvchilarning har biri o’z qog’ozidagi “yakka baho”
bo’limida belgilangan harakatlar ketma ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin
ular 3 kishida 3 xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib bhir-birlari bilan tortishib,
bahslashib, bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’z fikirlariga ishontirib kelishgan holda,
tarqatilgan qog’ozdagi “guruh bahosi” bo’limiga muqobil raqamlarni belgilab
chiqadilar:
- barcha kichik guruhlar o’z
ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketma-
ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, ya’ni o’quvchilardan ularga tarqatilgan
qog’ozlardagi “to’gri javob” bolimiga u tomonidan aytilgan
harakatlar ketma-ketligi
raqamlarini yozishni so’raydi:
- o’qituvchi
“to’g’ri javob” bo’limida berilgan raqamlar bilan
“yakka baho”
hamda
“guruh bahosi” bo’limidagi raqamlarni solishtirish va kattasidan- kichigini
ayirish, ayirmalarni mos holda
“yakka xato” va
“guruh xatosi” bo’limlariga
yozishlarini so’raydi:
- o’qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo’yicha
tushuncha
beradi:
- o’qituvchi
mashg’ulotni
yakunlab,
ba’zi
guruhlarning
mashg’ulot
mobaynidagi ish faoliyatlariga o’z fikrini bildiradi va o’quvchilarning bilimini
ilovadagi mezonlar asosida baholaydi yoki mos kelgan to’g’ri javoblar soniga qarab
har bir o’quvchi o’z bahosini ilovada ko’rsatilgandek aniqlaydi.
Izoh: misol tariqasida “Mustaqillik yillari” mavzusidagi blis – usulining
jadvalini keltirish mumkin (har bir o’qituvchi o’z predmeti bo’yicha o’tayotgan yoki
avval o’tgan mavzusi asosida ushbu jadvaldan foydalanib blis- so’rov
tuzishi
mumkin).
62
Ayniqsa blis- so’rov interfaol usulidan darsda takrorlash jarayonini amalga
oshirganda foydalanilsa maqsadga muvofiq boladi.
1-jadval.
Dostları ilə paylaş: