66
Pedagogning ishini ikki asosiy qismga: ta’lim va tarbiyaga bo‘lish mumkin.
Pedagoglik faoliyatining bu ikkala turi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, o‘zaro
yagona jarayon.
Biroq ular orasida mazmun va metod jihatidan farq mavjud. O‘qiuvchi ikki
obyekt: o‘quv materiali hamda o‘quvchilar kollektivi bilan ish olib boradi. Shu bilan
boshqa kasblardan farq qiladi.
Ta’lim – faoliyatning bir turi bo‘lib, uning davomida o‘qituvchining
rahbarligida o‘quvchilar bilim, malaka va tajribani o‘zlari egallaydilar, o‘zlarining
bilim qobiliyatlarini taraqqiy ettiradilar. Demak, ta’lim jarayonida va o‘qitishning
borishida asosiy harakat qiluvchi shaxs o‘quvchilarning o‘zi hisoblanadi.
O‘qituvchi mehnatining asosiy shakli sifatida dars alohida diqqatga sazovordir.
Chunki o‘qiuvchi butun bir guruhning va har bir o‘quvchining individual ishi ustidan
rahbarlik qiladi.
Dars o‘quvchilar tarkibi doimiy bo‘lib, aniq belgilangan vaqt bilan
xarakterlanadi. Shuning uchun ham dars vaqtida o‘qituvchining o‘qitish faoliyati
maksimal darajada unumli bo‘ladi.
Zamonamiz shu jihatdan ajoyibki, keyingi yillarda turmushning barcha
sohalaridagi ijodiy faoliyatda, tashabbus ko‘rsatishda va keng mehnatkashlar ommasi
faolligining ko‘tarilishida katta yuksalish ro‘y berdi. Yangi maktab ko‘pgina
o‘qiuvchilarni talab qiladi. Yangi tuzum, yangi sharoit o‘qituvchidan tashabbuskorlik,
ijodkorlikni talab etmoqda.
Dostları ilə paylaş: