Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#119799
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol

“SAN” TEXNOLOGIYASI 
(uchlik – samarali, axloqiy, nazokatli) 
Texnologiyaning maqsadi: o’quvchilarda yakka va jamoaviy, guruh bilan 
ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko’nikmalarini, ishga ma’suliyat bilan 
yondoshishlarini shakillantirish, ijodiy qobiliyatlari, ijodiy jarayonni va bezash ishlari 
ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat. 
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:  
O’qituvchi o’quvchilarni o’tkaziladigan mashg’ulotning tartib – qoidalari bilan 
tanishtiradi va o’quvchilarni 3 kishian iborat kichik guruhlarga ajralishini iltimos 
qiladi.


59 
Kichik guruhlarda o’quvchilar quyidagi rollarga bo’linadi: rassom, adabiy va 
badiiy muharir, dizayner. Keyin har bir guruh vakillari o’qituvchi stolidan topshiriqli 
kartochkalar ichidan bittadan tanlab oladilar.
Topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: 
- devoriy gazeta(biron mavzuga, bayramga yoki yubileyga bag’ishlangan yoki 
hazil mutoyibali, satirik yoki o’quv fani yoki guruh faoliyatiga bag’ishlangan kabilar) 
eskizini tayyorlash; 
- bayram yoki biror bir tadbirga chorlovchi afishaning masalan e’lon, tashviqot, 
taklifnoma eskizini tayyorlash: 
- turli tadbirlarga bag’ishlangan taklifnoma pattalarining eskizi va maketini 
tayyorlash 
- tabrik otkritkalarining maketlarini tayyorlash: 
- biror tadbir o’tkaziladigan joyni bezatish eskizlarini tayyorlash: 
- ikebana tayyorlash. 
Kichik 
guruhlarga 
topshiriqni 
bajarib 
taqdimot 
qilishlari 
uchun 
tayyorlanishlariga 30 daqiqa beriladi. 
Tayyorgarlik tugagach, taqdimot boshlanadi. Taqdimot vaqtida guruhlar o’zlari 
tayyorlagan eskiz va maketlarini barchaga tanishtiradilar, namoyish etadilar va 
asoslaydilar, jamoaviy ijodiy faoliyatdagi o’z variantlarini himoya qiladilar. Taqdimot 
tugagach, umumiy muhokoma boshlanadi. Muhokoma jarayonida o’quvchilar 
bezatilgan, tayyorlangan ishlarga tegishli talablarni aniqlaydilar, o’qituvchining o’zi 
yoki alohida tuzilgan ijodiy guruh esa o’quvchilar tomonidan bildirilgan fikir va 
takliflarni maxsus xona taxtasiga yoki vatman qog’ozga yozib boradi.
Mashg’ulot oxirida o’qituvchi o’quvchilarga yuqorida berilgan turli topshiriqlar 
bo’yicha bir necha namunaviy eskizlardan tarqatadi [9:59]. 


60 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin