57
va ular tomonidan sahnalashtirilgan ziddiyatni keltirib chiqaruvchi vaziyat ijro etiladi.
O’quvchilar tomonidan tayyorlangan vaziyatni ijro etish vaqtida,
ular har xil
xarakterdagi o’quvchilar rolida bolib ziddiyatni keltirib chiqarish uchun ularning
qiliqlari, odatlari, so’zlari, harakatlarini ishlatadilar.
Dekan o’rinbosari roliagi tinglovchi ushbu ijro etilayotgan sahna ko’rinishida
o’zining tashkilotchilik qobiliyati, ishontira olish malakasi, holatni nazorat qilib
turishi, turli vaziyatlar va sharoitlarda o’zini tuta bilishi,
boshqara olishi, mazkur
holatdan tarbiyaviy usullarda foydalangan holda vaziyatning ,ziddiyatning ijobiy
yechimiga erisha olishini namoyish eta olishi kerak. Ya’ni o’quvchilarni o’z fikriga
ishontira olishi zarur, aks holda ular o’qituvchiga o’z ta’sirlarini k’orsatishlari
mumkin.
Mashg’ulotning keyingi bosqichia o’qituvchi guruh
bilan birgalikda dekan
o’rinbosarining o’zini tutishi, o’z fikriga qay darajada ishontira olishi, uning
ma’daniyati va harakatlaridagi ijobiy va salbiy tomonlarini muhokoma qiladi,
berilgan muammoli holatdan chiqishning qulay usullarni aniqlaydi, shuningdek
uchrab turishi mumkin bo’lgan muammoli holatlar va
ularni yechish usullarini
bashorat qiladi.
Mashg’ulotning oxirida o’quvchilar “Murabbiyning tashkilotchilik qobiliyati”
mavzusida mustaqil o’qish uchun tarqatma materiallar oladilar.
Izoh: ushbu mashg’ulotning 1-yarmida video kamera yordamida mashg’ulotni
to’liq, y’ni o’quvchilarning sahnalashtirilgan muammolarini ko’rsatishlari va uni
jamoa bilan yechishda dekanning hatti harakatlari , qo’llagan usullarining hammasi
videokassetaga tushiriladi. Mashg’ulotning 2-yarmida videokassetani televizor yoki
kompyuter orqali namoyishetiladi. Vidiolavhani namoyish qilish mobaynida uning
mazmuni jamoaviy muhokama etilishi mumkin. Bunday tahlil har bir qatnashchining
o’zini ko’ra bilishi, kerakli xulosa chiqara olishga katta yordam beradi [9:57].
58
IMAK texnalogiyasiga asoslangan holda dars
jarayonida talabalarning
tashkilotchilik mahoratlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan dars
ishlanmalaridan birini misol keltiraman: Bunda amaliy dars jarayonida o’tkazish
uchun mo’ljallangan
“Kollej direktori” usulini olsak unda guruh talabalarini
o’qituvchining rejasiga binoan pedagogik kengash a’zolariga tayinlanadi masalan;
Asilbek direktor, Nodir o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini, Fazliddin ma’naviyat
ishlari bo’yicga dekan muovini, Gulhayo pedagogik kengash kotibi, kafedra mudirlari
etib yana 5ta talaba tayinlanadi, qolgan talabalarni guruh rahbarlari va kollejning
boshqa
rahbarlari etib tayinlab, ularning har birining vazifalarini tushuntiriladi;
Direktor tomonidan masalanni qo’yilishi masalan;
“Navro’z” bayrami tadbirini bilim
yurtida o’tkazishni tashkillashtirish rejasini qanday o’tkazishni kengash a’zolari bilan
muhokoma qilish va bir xulosaga kelib tadbir o’tkazish uchin javobgar shaxsni
belgilash va kengash yakunida pedagogik kengash bayonnomasini tuzishni kotibaga
topshirish kabilardan iborat. Muhokoma davomida bildirilgan fikirlardan maqbuli
tanlab olinadi va
“Navro’z” bayramini o’tkazish tartib rejasi tuzib olinadi.
Dostları ilə paylaş: