52
mavjuddir (uyqing
keladi-yu, biroq ishga o‘z vaqtida borish haqidagi fikr senga
tinchlik bermay, o‘rindan turishga majbur qiladi).
Nima sababdan ayrim kishilar qiyinchilikni oson va tezda bartaraf etadilaru,
boshqalari esa aksincha juda sekin va qiyinchilik bilan bartaraf etadilar.
Fiziologik
nuqtai nazardan bu hodisa ayrim kishilarda tashqi ta’sir natijasida miya po‘stlog‘ida
mustahkam bog‘lanish tizimi tarkib topgan bo‘lsa (Pavlovning «dinamik
stereotip»lariga ko‘ra), boshqalarida esa bu holat kamroq rivojlangan deb
tushuntiriladi. Irodaviy xatti-harakatda yana bir ikkinchi signal sistemasi mavjudki, u
insonning nutq orqali aloqa qilish vositasi bilan bog‘liq bo‘lgan miya yarim
sharlaridagi nerv bog‘lanishlaridir.
Bizga ilk ta’sir etuvchi tashqi dunyoning bu barcha «qo‘shimcha» in’ikosi
insonga o‘z-o‘zini boshqarishda (fikrlashda, nutqda, his-hayajonda), shuningdek,
boshqalarga, ma’lum maqsadlar bilan voqyelikka ta’sir etishda katta yordam qiladi.
Dostları ilə paylaş: