55
tariqasida: Biz tajriba sinov guruhlarimiz talabalarida tashkilotchilik ko’nilma,
malaka, ma’lumotlarini yanada shakillantirish maqsadida 8 – dekabr Konstitutsiya
kuniga bag’ishlab
“Siz qonunni bilasizmi” tadbirini tashkillashtirdik.
Unda bilim
yurti guruhlaridan 3tasini olib tadbir shartlarini berish va o’zlari mustaqil
tayyorlanishlarini tushuntirish lozim.
Tadbir shartlari:
1). Mustaqil ravishda o’zlari guruhda sardor tayinlash
2). Mavzu yuzasidan guruhlararo savol – javob. (Har bir guruh raqib guruhga
10 tadan savol tuzib kelishi lozimligi)
3). Mavzuga oid erkin mavzu
4). Sardorlar bahsi
Tadbir shartlari uchala guruhga ham e’lon qilingandan so’ngra ular mustaqil
ravishda tayyorlana boshlaydilar.
Tadbirgacha tayyorgarlik ucun bir hafta muhlat beriladi.
Tadbirda hay’at a’zolari etib o’quv yurtining professor - o’qituvchilari, o’quv
yurti dekan va dekan muovinlariga tayinlanadi. Shuningdek
kuzatuvchilar sifatida
o’quv yurti talabalari taklif etiladi. Har bir berilgan javoblar hay’at a’zolari
tomonidan “5” ballik tizimda baholanib boriladi va tadbir oxirida hamma ballar hay’at
a’zolari tomonidan jamlanib g’olib guruh aniqlanadi va o’quv yurti dekan va dekan
muovinlari tomonidan mukofot va faxriy yorliqlar topshiriladi va rag’batlantiriladi.
Ana shunday tadbrlarni masalan
:
turli xil bayram tadbirlari; “Allomalarimizning
asarlariga bag’ishlangan kechalar”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Yosh kitobxonlar”,
“Siz qonunni bilasizmi”, kabi tadbirlarni shuningdek amaliy dars jarayonlarida
“Kollej direktori” amaliy o’yini kabilarni talabalar o’rtasida tez-tez tashkillashtirib
borish natijasida tadqiqot ishlarini olib bordik va tahlil qildik.
Bunday tadbirlarni talabalar o’rtasida tez – tez tashkillashtirish
talabalarning
bilim darajalarini oshirsa bir tomondan ularning tashkilotchilik ko’nikma, malaka va
56
ma’lumotlarini shakillantirishga olib keladi shuningdek kelajakdagi faoliyat
jarayonlarini tashkillashtirishga yengilliklar yaratadi deb oylaymiz.
Dostları ilə paylaş: