48
Kuzatish idrokning o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan turlaridan biridir.
Tashqi dunyo obyektlarini idrok etishning mukammalligi faqat sezgilar (ko‘rish,
eshitish va boshqalar) ning o‘tkirligigagina emas, balki hodisalarni analiz qila bilish,
narsalarning belgilarini farq qilish (ayirish, ajratish), ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni
aniqlash, bilib olish, shunga o‘xshashlarga bog‘liq. Idrokda tafakkur va xotira,
insonning o‘tmishdagi tajribasi muhim rol o‘ynaydi. Zotan kuzatuvchan pedagog – bu
sinfda nima bo‘layotganini faqat yaxshi ko‘rib
va eshitibgina qolmay, balki o‘zining
sermulohazaliligi, tasavvurga boyligi bilan farq qiluvchi, hodisalar mohiyatini
tushuncha oladigan kishidir.
Birovlar jonsiz buyumlarga taalluqli hamma narsalarni yaxshi sezadi, ular biror
buyumdan qilingan materialning
sifatini juda durust bilishadi, uning afzalligi va
kamchiligini osonlikcha anglab oladilar. Shunday kishilardan yaxshigina ustalar,
amaliy kasbning boshqa vakillari yetishadi.
Boshqa kishilar narsalarning fizik sifatlarini
yaxshi seza olmaydilar, biroq
kishining ichki dunyosi xususiyatlarini, uning psixik jarayoni, kechinmalari va shunga
o‘xshashlarni durustroq payqaydilar.
O‘qituvchi faoliyatida kuzatuvchanlikning har ikki turi ham zarur.
Shunday qilib, kuzatuvchanlik o‘qituvchining mehnatida zarur bo‘lgan, muhim
psixik xususiyatdir.
O‘qituvchining diqqati
O‘qituvchining kuzatuvchanligida, umuman uning
pedagoglik faoliyatida
muvaffaqiyat qozinishi uchun diqqatning, ya’ni ongning muayyan narsa va tashqi
dunyo hodisalariga yo‘naltirilganligining katta ahamiyati bor. Ma’lumki. Kishi diqqat
qilganda, bosh miya qobig‘ida yuksak qo‘zg‘alish markazi paydo bo‘ladi, ayni
vaqtning o‘zida bu markazning atrofida yarim shar qobig‘ining
qolgan qismlari
tormozlangan holda bo‘ladi. Miya qobig‘ining bu fiziologik holati ba’zi obyektlarning
aniq idrok etishni hamda shu vaqtning o‘zida boshqalaridan chalg‘ishini taqozo etadi.
49
Diqqat ikki asosiy turga ajratiladi: ixtiyorsiz, ya’ni kishining ongsiz maqsad va
harakati bilan biror obyektga yo‘naltiriladigan diqqat hamda qo‘yilgan maqsad tufayli
yuzaga keladigan – e’tiborni narsaga tortadigan va kishidan muayyan g‘ayrat, iroda
harakatini talab qiluvchi ixtiyoriy diqqat.
O‘qituvchi uchun diqqatning har ikki turi zarurdir.
Psixologiya fanida bu sohada ko‘p tadqiqotlar olib borilgan. Masalan,
I.V.Straxov darsda 28 o‘qituvchini pedagogik kuzatadi va quyidagilarni aniqlaydi.
Diqqatning markazlashuvi o‘qituvchi uchun butun dars jarayonida (o‘quv
materialini tushuntirishda ham, o‘quvchilarning javobini tanglashda ham) zarurdir.
Diqqatning markazlashuvi va barqarorligi yaxshi o‘qituvchilarda diqqatning
harakatlanuvchanligi, uning yengil ko‘chishi hamda mavjud
sharoitni hisobga olgan
holda tezda ish tuta bilishi bilan uzviy bog‘liq.
Pedagog ishida diqqat taqsimlanishi ham muhimdir. Diqqatning teskarisi –
parishonxotirlik ham mavjuddir.
Parishonlik nerv sistemasining kuchsizligi yoki biror narsaga kuchli jalb etilish
oqibatida ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: