63
ishlanmalarini tuzdik va amaliy darslar davomida guruhlarda sinov tajriba ishlarini
olib bordik.
Hozirgi zamon o’qituvchisi ana shu usullardan
foydalangan holda dars
jarayonlarini tashkillashtirishmoqda va bu o’qituvchilardan katta mahorat talab
qilishini oldin ham ta’kidlaganmiz. Umuman o’qitivchlik faoliyatini o’rganish va uni
samaradorligini oshirish uzoqt yillar davom etib izlanib kelayotgan kasblardan biri
bolib buni quyida N.V.Kuzminaning o’qituvchilarning faoliyat doirasini uzoq vaqt
kuzatish, eksperimentlarni ilmiy asosda ishlab chiqish,
maktab rahbarlarining
o‘qituvchilar haqidagi fikrlarini sinchiklab o‘rganishi natijasida N.V.Kuzmina
pedagogik faoliyat tuzilishi 3 asosiy sohadan: 1) konstruktiv, 2) tashkilotchilik, 3)
o‘zaro munosabatdan iborat bo‘lib, pedagogning ish sohasida o‘quvchilar va
hamkasblari bilan aloqasidan iboratligini ko‘satib berdi.
1. Konstruktiv faoliyat o‘quvchilarga beriladigan materialni tanlash hamda bu
materialni o‘quvchilarning yoshi, individual xususiyatlariga moslab qayta ishlab
chiqish va shu asosda dars, suhbat tashkil etish, o‘quvchilar shaxsini, bilim darajasini,
dunyoqarashini aniqlashdan iboratdir.
2. Tashkilotchilik faoliyati ishni tashkil etish va o‘quvchilarning
darsda va
darsdan tashqari vaqtlarda o‘zlarini qanday tutishga o‘rgatish, jamoaviy va yakkama-
yakka mashg‘ulotlarga hamda mehnatlariga rahbarlik qilish, o‘z faoliyatini tashkil
etishdan iborat.
3. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnata olsa, uning
konstruktiv va tashkilotchilik faoliyati ham muvaffaqiyatli bo‘ladi. Bu esa uning
pedagogik
fazilat va xislatlariga, o‘quvchilar psixologiyasini tushunishiga, bolalar
bilan o‘zaro munosabatiga, ularnng yoshi hamda individual xususiyatlarini e’tiborga
olishiga, bolalarga ta’sir eta bilishga bog‘liq.
Qachonki o’qituvchida quyidagi sifatlar shakillangan bo’lsa va shularni amalga
oshira olsa shunda uni mukammal o’qituvchi desa bo’ladi:
64
O‘qituvchining nutqi. Nutq kishilarning bir-birlariga ta’sir etishining qudratli
vositasidir. So‘z
insonni ishontirish, mehnat va g‘alabaga chorlash, yomon yo‘ldan
qaytarishi, quvontirishi yoki jahlini chiqarishi, hatto o‘ldirishi mumkin.
O‘qiuvchi faoliyatida nutq juda muhim funksiyalarni bajaradi. O‘quvchilar ana
shu nutq orqali bilim, fikr, ishonchga ega bo‘ladilar, muayyan his-tuyg‘ularga
tushunib yetadilar, o‘qituvchining so‘zlari ta’sirida bolalarda muayyan psixik
jarayonlar va psixik holatlar vujudga keladi, shaxsiy xislatlari shakllanadi.
I.P.Pavlov ta’limotiga
asoslanib sezgilarimiz, idrokimiz va tasavvurimizni
atrofimizdagi tashqi dunyoning birinchi signallari deb yuritamiz; nutq va tafakkur esa,
ikkinchi signal sistemasidan iborat. So‘z voqyelikdagi narsa va hodisalarni idrok
qilish hamda tasavvur etishdan iborat bo‘lgan bevosita signallarning signalidir.
Insondagi ikkala signal sistemasi birgalikda mavjuddir. So‘zning asosida doimo
konkret narsa, voqyelik yoki umumlashgan tushuncha mavjud bo‘lmog‘i zarur.
Inson tafakkuri bilan bog‘liq bo‘lgan nutq ikki funksiyani bajaradi: birinchidan,
u boshqa odamlar bilan aloqa vositachisi, bundan tashqari nutq tafakkur shakli
hamdir, chunki inson «ichki nutq» deb atalmish so‘zlar bilan fikr yuritadi.
O‘qituvchi uchun og‘zaki va yozma nutqni mukammal ravishda bilish, ayniqsa,
og‘zaki nutqi ravon bo‘lishi uning pedagogik faoliyati samarali kechishida g‘oyatda
muhimdir. Nutq monolog (hikoya va ma’ruza sifatida) va dialogik (ikki
shaxsning
o‘zaro suhbati) bo‘ladi.
O‘qituvchining nutqi avvalo yo‘naltirilgan yoki undalma nutqdan iborat.
O‘qituvchi o‘quv materialini turli shaklda bayon qilishi mumkin. Masalan, hikoya
qilish, ma’ruza va suhbat: lekin sinf bilan doimiy aloqada bo‘lishi lozim. Yaxshi
o‘qituvchilarda ma’ruza usulida o‘qitish shakllari ham «ichki dialog» xarakteriga ega
bo‘ladi, uning o‘zi savol berib, o‘zi javob qiladi, ba’zan esa o‘quvchilar
bilan
suhbatga o‘tib, «haqiqatga» birgalikda erishiladi. O‘qituvchining nutqi his-tuyg‘u
bilan sug‘orilgan bo‘lsa, juda ta’sirchan bo‘ladi.