Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#119799
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol

“Boshqaruv texnikasi” – o’qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari 
hamda ish jarayonida o’quvchilarni boshqarish usullari bilan tanishtirish va shunga 
o’rgatishga qaratilgan.” [9:9]. 
Ana shunday texnalogiyalardan ustalik bilan foydalanish har qanday ustoz 
muallimning dunyoqarashiga, o’qituvchining o’z-o’zini tarbiyalanganlik darajasiga
qobiliyatiga, irodasiga, diqqatiga, kuzatuvchanligiga, tashkilotchiligiga va hokozo. 
bog’liq bo’lib hisoblanadi. 
Kishining g‘oyaviy maslagi uning e’tiqodiga, tabiat va jamiyat taraqqiyoti 
qonuniyatlari haqidagi tushunchalari tizimiga, ya’ni dunyoqarashiga bog‘liq. Faqat 
kishining dunyoqarashi shaxsning psixologiyasini belgilashda asosiy omil sifatida 
o‘qituvchining g‘oyaviy e’tiqodigina emas, balki uning g‘oyaviy qiyofasini, xatti-
harakatini, bolalarga ta’sirini belgilaydi. O‘qituvchining dunyoqarashi jamiyatimizda 
barqaror bo‘lgan g‘oyalar, tushunchalar, nazariyalarni o‘zida aks ettiradi. 
Dunyoqarash - faqat atrofdagi mavjudotni to‘g‘ri tushunish, bilish yoki 
bilimdan iborat bo‘lmaydi. Ana shu tasavvur kishi tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan, 
bevosita his qilish natijasida kelib chiqqan va yaxshi tafakkur qilingan bo‘lishi zarur. 
Faqat ana shundagina ular e’tiqodga aylanadi, inson o‘z hayoti va faoliyatida ularga 
amal qila oladi. 
Passivlik, loqaydlik, voqyelikka yuzaki munosabatda bo‘lish singari hollar 
o‘qituvchi dunyoqarashiga yotdir. Uning e’tiqodi aktiv faoliyat natijasi hisoblanib, 


40 
yosh avlodni milliylik ruhida tarbiyalashga, buyuk davlat quruvchisini tarbiyalashga 
qaratilgan. 
O‘qituvchining ilg‘or falsafiy va ijtimoiy dunyoqarashi mustaqillik voqyeligi 
zaminida – fan, adabiyot, san’at, jamiyat a’zolarining faoliyati, yaratuvchilik mehnati 
bilan shug‘ullanish natijasida tarkib topadi. 
Fizik atomning tarkibiy qismlarga bo‘linishi bilan tanishmoqda, ximik 
tabiatdagi moddalar birdan ro‘y beradigan sakrash natijasida o‘zgarishini, miqdor 
o‘zgarishlari sifat o‘zgarishiga o‘tishni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, ishonch hosil qilmoqda, 
materiyaning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kuzatmoqda; ishlab 
chiqarish ta’limi o‘qituvchisi nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘lab, aqliy va 
jismoniy mehnat, shaxsning garmonik o‘sishiga qanday ta’sir etishini kuzatib boradi. 
Pedagogning bilim darajasini barcha fanlar bilan boyitishda, uning qaysi 
maktabda – boshlang‘ich maktabdami yoki o‘rta maktabdami – ishlashi hech qanday 
rol o‘ynamaydi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin