Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc


Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#119799
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol

9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — o‘qituvchida diqqatning barcha 
xususiyatlari — hajmi, kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilinishi, safarbarligi kabilar 
taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir. 
Diqqatni ayni bir vaqtda taqsimlash qobiliyati — o‘qituvchiliquchun alohida 
ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish mazmuni 
va shaklini, o‘z fikrini (yoki o‘quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda 
barcha o‘quvchilarni ko‘rib turadi, toliqish, e’tiborsizlik tushunmaslik alomatlarini tez 
payqab oladi, intizomsizlik hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat, o‘z xatti-
harakatlarini ham kuzatib boradi. Tajribasiz o‘qituvchi ko‘pincha materialni bayon 
qilishga berilib ketib, o‘quvchilarni e’tibordan chetda qoldiradi, nazorat qilmay 
qo‘yadi, bordi-yu o‘quvchilarni diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, fikr kalavasini 
yo‘qotib qo‘yadi. 
O‘qituvchi yuqorida ko‘rsatilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy 
sifatlarga — aniq maqsadni ko‘zlash, qat’iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi 
fazilatlarga ham ega bo‘lishi kerak. 
Bunday xususiyatlar bo‘lmasa, o‘rtamiyona pedagogik darajasidan yuqoriga 
ko‘tarila olmaydi. 


19 
1.2. Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish manbalari tahlili 
O‘qituvchilik insoniyat tarixidagi eng qadimgi kasblardan biri hisoblanadi. 
Hatto insoniyat taraqqiyotining ibtidoiy davrida ham yashash uchun tabiatning 
kuchlariga qarshi kurash olib borish jarayonida sekin-asta hayot tajribasi orttira 
boshlangan ilk ota-bobolarimizda ham o‘z malaka va tajribalarini yosh avlodga 
o‘rgatish, bolalar, o‘smirlar hamda yoshlarni o‘qitish ehtiyoji paydo bo‘lgan. 
Ibtidoiy jamoa davrida bolalar tarbiyasi keksa avlod namunasida olib borilgani 
tahmin qilinadi. Bolalar mehnat qurollari tayyorlash, ov qilish, suvda suzish, 
boshpana qurish, kiyim-kechak tikish singari kasblarga o‘rgatilgan, yoshlarga ta’lim 
berish ishida asosan ota-onalar hamda yoshlar bilan yonma-yon mehnat qiluvchi katta 
yoshdagi kishilar shug‘ullangan. 
Urug‘chilik tuzumida ham bolalar va yoshlarda, tabiatning injiqliklariga qarshi 
kurash qobiliyatini tarbiyalash maqsadida, maxsus mashg‘ulotlar va sport o‘yinlari, 
chunonchi, chaqqonlik va chidamlilikka o‘rgatuvchi, qahramonlik va sabr-matonatni 
shakllantiruvchi mashqlar o‘tkazilgan. 
Quldorlik jamiyatida, sinflar paydo bo‘lgandan so‘ng, mehnat aqliy va jismoniy 
mehnatga bo‘lingach, birinchi bor yosh avlodga ta’lim-tarbiya beruvchi kishilar 
ajralgan. 
Qadimiy Sharq davlatlarida (Suriya, Vavilon, Misr) o‘qituvchilik kasbini 
imtiyozli yuqori toifaga mansub bo‘lgan ruhoniylar o‘z qo‘llariga olgan edilar. Ular 
o‘zlarini xalq orasida har qanday savollga tangri nomidan javob beruvchi karomatli 
folbin, deb targ‘ib etar, haqiqiy bilim esa, xudo amrini bahs etish tufayli muyassar 
bo‘lishini ta’kidlashadi. 
Urug‘chilik tuzumida barcha bolalar bir xil tarbiyalanardi. Sinflarga bo‘lingan 
jamiyatda esa har xil tarbiyalanganlar. Zodagonlar, zamindorlar va yirik savdogarlar 
ixtiyorida eng yaxshi o‘qituvchilar bo‘lar, ular esa, o‘z xo‘jayinlari dargohlarida 
yashar yoki ta’lim-tarbiya ishlarini maxsus gimnaziya va sport maktablarida olib 


20 
borar edilar. Ularning asosiy vazifalari o‘z xo‘jayinlarining farzandlariga fan va san’at 
asoslarini o‘rgatib, kelajakda qullar va oddiy xalq ustidan hukmronlik qiluvchi 
janoblar yetishtirishdan iborat edi. Buning uchun ular asosan kishilarni boshqarish, 
tashkil etish qobiliyatini o‘z tarbiyalanuvchilariga singdirar edilar.
Qadimgi Gresiyada har xil sistemaga asoslangan tarbiya uslubi mavjudligi 
turlicha bo‘lishini talab etardi. Spartada zamindor va hunarmandlarning bolalarini 
harbiy ishga istilochilik yurishilariga tayyorlanar, shu boisdan o‘qituvchilar ham yosh 
avlodni bardam-baquvvat, jahongir va shijoatli qilib tarbiyalashga hamda qullarga 
nafrat ko‘zi bilan qarashga da’vat etardilar. Afinada esa, savdo-sotiq ishlari katta 
ahamiyatga ega edi. Shuning uchun ham bu yerda pedagoglar yoshlarni gimnastika 
hamda harbiy ishlarni o‘rgatish bilan bir qatorda geografiya, til va notiqlik san’atini 
sirlari bilan tanishtirardilar.
Grek o‘qiuvchilari (didaskallar va pedotriblar) asosan erkin kasb egalari bo‘lib, 
ular yollanish orqali ishlar yoki o‘zlarining xususiy pullik maktablariga ega edilar.
Qadimgi Rimda xalq maorifi asosan davlat vazifasiga aylana boshladi. Bu 
yerdagi o‘quvchilarni imperator hokimiyati tayinlar, shu sababli pedagoglar ham 
davlat amaldori hisoblanardi. Gresiya va Rimda ham qullarga o‘z oilasi doirasida va 
quldorlar xo‘jaligida faqat hunar o‘rgatilardi, xolos. Bularning o‘qituvchilari ham 
og‘ir hayot sharoitida yashovchi qullar edi. Qadimgi grek yozuvchisi Lukian o‘zining 
hajviy asarlaridan birida podsholarga jazo sifatida do‘zaxda o‘qituvchilik qilishga 
majbur etishi bejiz emas. Bu davrda o‘qituvchilar o‘z shogirdlarini itoatkorlik, 
vatanparvarlik, 
jidamlilik, 
mehnatsevarlik 
ruhida 
tarbiyalar, 
ularni 
ruhan 
chiniqtirishga katta e’tibor berar edilar.
O‘rta asrlarda, feodal tuzumi davrida, hukmronlik qiluvchi 2 ta ijtimoiy guruh – 
oq suyak dvoryanlar yoki risarlar va ruhoniylar guruhi mavjud edi. Ruhoniylar diniy-
mistik g‘oyalar orqali yoshlarni tarbiyalar edilar. Yirik feodallarning saroylari 
huzurida risarlar tarbiyalanardi, u yerda risarlarning o‘zlari yoshlarning asosiy 


21 
murabbiylari bo‘lib hisoblanar va ular yoshlarda nayzabozlik, qilichbozlik, suzish, ov 
qilish, shashka o‘ynash, she’r mashq qilishga doir malakalar hosil qilar edilar. Hosil 
qilinishi lozim bo‘lgan bu malakalar «Risarlarning yetti fazilati» deb yuritilardi. Diniy 
maktablarda o‘qituvchi sifatida ruhoniy va rohiblar ishlar edi.
O‘rta asrning ikkinchi yarmida shaharlar jadal sur’atlar bilan o‘sishiga sabab, 
ko‘p sonli hunarmandlar va savdogarlarning yetishib chiqishi edi.
Bularning farzandlarini o‘qitish maqsadida hunarmandlar va gildiya maktablari 
ochildi. Bu maktablarda yollanma mehnat bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilar ishlar, 
ular cherkov huzuridagi maktablardan farqli o‘laroq, talabalarga asosan o‘qish, yozish 
va hisobdan ta’lim berar edi. Ammo aholining asosiy qismi hisoblangan dehqonlar 
hech narsaga o‘qitilmasdi.
Kapitalizm davriga kelib o‘qituvchilik keng tarqalgan kasb bo‘lib qoldi.
Uyg‘onish davrida italiyalik Vitterino da Feltre (1378-1446), fransuz Fransua 
Rable (1494-1553), golland Erazm Rotterdamskiy (1466-1536) singari talantli 
nazariyotchi pedagoglar raydo bo‘ldi. 
XVI asrga kelib buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) 
pedagogik faniga asos soldi. Uning g‘oyasini shveysariyalik Iogann Pestalossi (1746-
1827), germaniyalik A.Disterverg (1790-1866) singari demokratik oqimdagi mashhur 
pedagoglar muvaffaqiyat bilan amalga oshirdilar va taraqqiy ettirdilar. 
Bu ulug‘ zotlar ta’lim-tarbiya ishida dogmatizm va qoloqlikka hamda 
maktabning butxona ta’siri ostida bo‘lishiga qarshi, tarbiya borasida demokratizm 
prinsipini rivojlantirib, ilg‘or uslublardan foydalanish, o‘qitish jarayonida ko‘rgazmali 
metodni joriy qilish, o‘quvchilarni aniq va haqiqiy, hayotda foydali bilim asoslari 
bilan qurollantirish uchun kurashdilar. 
1917 yildan 1991 yilgacha bo‘lgan davrda o‘qituvchi sinfiy tuzum xizmatkori 
edi. 1991 yilga qadar, ya’ni Respublikamiz mustaqillikka erishgunga qadar o‘qituvchi 


22 
bir qolipda tayyorlanar, ta’lim-tarbiya «kommunizm» qurish maqsadiga xizmat qilar, 
o‘qituvchilarning ma’naviy-moddiy ahvoli nochor ahvolda edi. 
1991 yildan so‘ng O‘zbekiston Respublikasida milliy pedagogika yuzaga keldi 
va rivojlana boshladi. O‘qituvchini moddiy ma’naviy, ijtimoiy himoyalash sohasida 
qator qarorlar qabul qilindi. O‘qituvchi tarixda birinchi bor erkin fikrlovchi yosh 
avlodni tarbiyalash huquqini qo‘lga kiritdi. 
Talabalarda tashkilotchilik mahoratini tarbiyalash mazkur sohadagi bilim, 
ko‘nikma va malakalar hamda shaxsiy pedagogik sifatlarni egallashni talab etadi. 
Birinchi navbatda, talabada tashkilotchilik mahoratiga doir ijtimoiy-siyosiy, 
ma’naviy-ma’rifiy asoslarni tashkil etuvchi quyidagi manbalardan xabardor bo‘lishi 
lozim bo‘ladi: 
1. 
Xalq pedagogikasi. O‘zbekistonda yashovchi turli-tuman etnik qatlamlar, 
bevosita esa, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p asrlar davomida yaratilgan tarbiya tizimi. 
Bu tizim o‘zida ta’lim-tarbiyaga doir turli-tuman fikrlar, urf-odatlar va an’analarni 
mujassamlashtiradi. Bular esa aniq tarixiy shaxslar yoki umumxalq tomonidan o‘z 
nasliga tarixiy-madaniy meros sifatida qoldirilgan xalq pedagogikasi xalq og‘zaki 
ijodida o‘z aksini topgandir va u nihoyatda ko‘p materiallarni o‘zida qamrab oladi. 
O‘zbek xalqi boy epik folklor (dostonlar, ertaklar, masal va matallar, topishmoqlar, 
miflar)ga egadir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlarida yuksak insoniy, 
axloqiy fazilatlar tarannum etiladi: bolalarni oilada tarbiyalash, insoniylik, 
insonparvarlik, inson xilqatini hurmat qilish, sevgi-muhabbat, insonlar haqida 
g‘amxo‘rlik, do‘stona munosabatlar va har sohada turli millat vakillari bilan 
hamkorlik qilish va h.k. Bunday fazilatlar orasida o‘zbek xalqi uchun g‘oyatda xos 
bo‘lgan kamtarlik, keksalarni e’zozlash, ota-ona, qarindosh-urug‘lar oldidagi burchni 
yuksak darajada ado etish, o‘z tug‘ilgan yurti-vataniga sodiqlik, bolajonlik (o‘z 
farzandlari baxti uchun har qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirish, lekin bunda 
halollikka rioya qilish), jasurlik, do‘stlarga sadoqatlikkabilar alohida ajralib turadi. 


23 
Mazkur axloqiy fazilatlar, bizning nazarimizda, o‘zbek halqining, millatining milliy 
o‘z-o‘zini anglash, e’tiqodini tashkil etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki 
yuqorida sanab o‘tilgan barcha axloqiy fazilatlar beshikdan boshlab, inson kuzatib 
quyiladigan qaro yer qarigacha davom etadi va uni hech kim o‘zgartirishga qodir 
emas.
Milliy muhit quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir: oila, mikro muhit 
(mahalla, ko‘cha, qishloq, tuman va h.k.), tarbiyaviy muhit. Bular siz milliy tarbiya 
haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Demak, faqatgina ana shunday shart-
sharoitlarga ega bo‘lgan talabalargina yosh avlodni milliy ruhda tariyalashga qodirdir, 
buning asosiy metodlari esa: ishontirish, faoliyatda mashq qildirish, rag‘batlantirish 
va jazolashdir. 
“O‘zbek pedagogikasi antologiyasi”da qayd etilganidek, o‘zbek halq 
pedagogikasi ko‘p qirrali tushunchadir va u o‘zbek halqi paydo bo‘lgan paytdan 
boshlab mavjuddir [5:57]. 
2. O‘zbek halqimizning yozma adabiy va madaniy merosi. 
Milliy g‘urur nafaqat o‘zbek halqining pedagogikasi vositasida, balki uning 
iqtidorli, kuchli shaxslari tomonidan yaratilgan moddiy-ma’naviy madaniyati orqali 
ham shakllantiriladi. Hozirgi sharoitda bu vazifani faqatgina yangi, yosh pedagoglar 
avlodi amalga oshirishi mumkin. Yozma adabiy va madaniy merosining taolim 
tarbiyasida tutgan o‘rni shunda yaqqol gavdalanadiki, O‘zbek halqi, umuman, 
Ovro‘paliklar no‘ktai nazaridagi “avom” halq emas, balki uning o‘ziga xos qadimiy 
yozuvi mavjud ekanligi, bu yozuv tarixan eskirgan bo‘lsa-da, turkiy halqlarning jahon 
madaniyatida tutgan o‘rnini shak-shubhasiz belgilash kabi ochiq-oydin fakt 
yoshlarimizga o‘z milliy madaniyati, ajdodlari erishgan yutuqlaridan faxrlanish 
tuyg‘usini uyg‘otadi. O‘rxun-Yenisey (Onasoy) yodgorligi nomi bilan mashhur 
bo‘lgan, 
ota-bobolarimiz 
qoldirgan 
yodgorlikning 
o‘ziyoq 
yoshlarimizni 
vatanparvarlik, qahramonlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligida 


24 
tarbiyalashga xizmat qiluvchi omildir. Shuning o‘ziyoq yoshlarimizda milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar natijasi o‘laroq, ona-yurt, umuman insoniyat uchun muhim 
va eng qadrli qadriyat hisoblanmish yosh avlodda tashkilotchilik mahoratini 
shakllantirish lozimligi shak-shubha tug‘dirmaydi. 
3. Musulmon Sharqi, Xitoy, Hindiston, Yaponiya halqlarining madaniy va 
adabiy merosi yosh avlodni milliy-axloqiy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida 
tarbiyalashda bitmas-tuganmas manba hisoblanadi. Xuddi shu Sharq sivilizasiyasi 
ta’lim tarbiyadagi ma’naviy-axloqiy, insonparvarlik yo‘nalishini ilk bor yoqlab 
chiqqanligi jahon faniga ma’lum. Zardushtiylarning muqaddas kitobi – “Avesto” 
Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Yaqin va O‘rta Sharq halqlarining qadimiy tarixi, 
madaniyati, turmush tarzi va urf odatlarini qomusiy holda o‘zida aks ettirgan manba 
bo‘lib, buning ta’siri hozirgi kunimizda ham islom dini bilan uyg‘un tarzda o‘z 
ildiziga egadir. “Avesto” – qadimiy ota-bobolarimiz amal qilgan qomusiy asardir. 
Unda o‘tmishga doir siyosiy-falsafiy, axloqiy, xalq og‘zaki ijodi, jug‘rofiy, biologik, 
psixologo-pedagogik, astronomik va tibbiyotga doir sinalgan bilimlar o‘z o‘rnini 
topgandir. 
“Avesto”ning 
ta’lim 
tarbiyaviy 
imkoniyatlaridan 
foydalanish 
tarbiyachilarga uch ijobiy fazilatni yoshlarda shakllantirish imkonini beradi: 1). 
Yaxshi niyat; 2). Yaxshi so‘z (muomala madaniyati); 3). Yaxshilik qilish [5:32]. 
Zardushtiylik inson zotini birlashuvga chaqirar ekan, yaqin qarindoshlar 
orasidagi nikohni man etadi, oilaviy burchni mustahkamlaydi. Islomgacha bo‘lgan din 
sifatida zardushtiylik ham tabiatni e’zozlashni, uni qo‘riqlashni va yakka xudolikni 
targ‘ib qiladi. Shuning uchun ham zardushtiylikning sobiq ixlosmandlari, bizning 
nazarimizda, islomni unchalik og‘rinmasdan, tabiiy ravishda qabul qilishgan. 
Muqaddas “Qur’on” musulmon halqlarning muqaddas yo‘l-yo‘rig‘i bayon 
qilingan manba bo‘lib, jahondagi milliarddan ortiq musulmonlarni axloqiy, ma’naviy 
jihatdan tarbiyalovchi tengsiz manba hisoblanadi. O‘rta Osiyoda Islom dini faqatgina 
ko‘pchilik aholi mansub bo‘lgan din sifatidagina emas, balki musulmon halqlarining 


25 
psixologiyasi va hayotining axloqiy asosini ham o‘zida aks ettiradi. Islom dini O‘rta 
Osiyo yerli millatlari shakllanishi bilan bir vaqtda bu yerlarga kirib kelganligi ham bu 
yerda yashovchi millatlarning urf-odat, axloqiy muhit va boshqa-boshqa jihatlaridagi 
mushtaraklikda o‘z aksini topdi va singib ketdi, ularning milliy madaniyati 
shakllanishida asosiy mezonlardan biri bo‘lib qoldi. 
Muqaddas kitobning asosiy ahloqiy prinsiplari quyidagilarda ifodalanadi: 
1) Yagona Ollohga talpinish (shaxsga sig‘inish kabi illatlarga qarshi ahloqiy 
fazilat); 
2) Barcha insonlarning uning oldida teng ekanligi (barcha millat, elat, halqlar 
o‘rtasidagi milliy muomala madaniyatini ro‘yobga chiqarish uchun zamin bo‘la 
oladigan tamoyil); 
3) Odillik (tashkilotchilik mahoratining asosiy belgilaridan biri); 
4) Tinchliksevarlik (insonning o‘z farzandlari, do‘stlari, halqi, millati ravnaqi 
va avlodning davom etishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit); 
5) Rahmdillik, shafqatlilik (botiniy madaniyatning in’ikosi); 
6) Axloqiy poklik (yuqorida zikr etilgan barcha fazilatlarning eng yuqori 
cho‘qqisi). 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Qur’on”da olg‘a surilgan ijobiy tarbiyaviy 
tamoyillar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yangi bir sharoitda, halqimiz urf-odatlari hamda 
umuminsoniy burchni anglagan holda yanada mukammallashadi. Jumladan, dasturda 
shunday ta’kidlanadi: “Ta’limning milliy yo‘naltirilganligi – ta’limning milliy tarixi, 
halq an’analri va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi. O‘zbekiston halqlarining 
madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim 
omili sifatida e’tirof etish, boshqa halqlarning tarixi va madaniyatini xurmatlash”dan 
iboratdir. Shunday ekan “Qur’on”dagi oyatlardanbirida ta’kidlanganidek, “... odamlar 
ilgari bitta diniy uyushmaga birlashgan edilar, keyinchalik esa ular orasida 


26 
kelishmovchilik yuz berdi: agar ollohning o‘gitlariga quloq solganlarida edi, bu yuz 
bermas edi,” kabi fikrlar insonni har qanday holatda ham adolat, do‘stlik mustaqillik, 
hamjihatlik, g‘amxo‘rlik sari yetaklaydi. Muqaddas “Qur’on” oyatlaridagi haqiqat 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da halqimizning bugungi kungi ehtiyoji, taraqqiyot 
darajasi va mo‘ljallagan maqsadini o‘zida mujassamlashtirgandir. 
Prezidentimiz I.A.Karimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan 16 fevral voqyealari 
munosabati bilan so‘zlagan nutqlarida: “Bizning dinimiz – “Qur’on”, bizning 
e’tiqodimiz - xadislardir” – deb bejiz aytmagan edi. Shuning uchun ham 
umuminsoniy va umummilliy qadriyatlar qomusi sifatidagi “Qur’on” Sharif hamda 
Muhammad Mustafo hadislariga doir bilimlar yoshlarimizning komil inson bo‘lib 
shakllanishlari uchun muhim manba hisoblanadi.
Quyida musulmon ahlining Payg‘ambarimiz yo‘lini rivojlantirgan rahnamo – 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning bizning ma’naviy dunyomizni, 
boyitishga yordam beruvchi, insonlarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish omili 
sifatida xizmat qiluvchi xadislarni keltiramiz: 
Munofiqning alomatlari (Munofiq hyech kim bilan do‘stlasha olmaydi). 
“Payg‘ambarimiz Muhammad Alayhi Vassalam munofiqning, ya’ni o‘z so‘zi, 
e’tiqodiga zid borib, hayotda qiladigan ma’naviy, siyosiy, tadbirkorlik faoliyatida 
kishi yo‘l qo‘yadigan uch alomatni keltirgan ekan: so‘zlasa yolg‘on so‘zlar, va’da 
qilsa bajarmas, omonatga xiyonat qilur”. Bu hadis hozirgi bozor iqtisodiyoti 
sharoitiga aynan mos keladi. O‘z so‘zi, shartnomasida belgilangan talablarga ega 
bo‘lmagan kishilarning shaxsiyati bu o‘rinda o‘z o‘rnini topgan. Haqiqatdan ham 
yolg‘onchi o‘z manfaatini ko‘zlab yolg‘on gapiradi, va’dasida turmaydi va qarzingni 
o‘zlashtirmoq uchun ollohni tilga olib qasam ichadi. Demak, munofiqlik nafaqat 
millatni, balki millatlararo munosabatlarni ham izdan chiqaradi. 
Ilm o‘rgatmoq, ilm o‘rganishning fazilatlari. Abu Abdulloh Muhammad ibn 
Ismoil al-Buxoriy “Al-Jome’ al-sahih”ida yozadi: Rasullilloh Sallolohu Alayhi 


27 
Vassalam aytganlar: “Olloh taolo menga yuborgan hidoyat olloh taolo bandalariga 
ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, yo‘llanma singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydir. 
Ba’zi yer sof unumdor bo‘lib yomg‘irni o‘ziga singdiradi va har xil o‘simliklar va 
ko‘katlarni o‘stiradir va ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni o‘zida to‘playdir. 
Odamlar suvdan ichadilar, hayvonlarini va ekinlarini sug‘oradilar, ba’zi yer esa tekis 
bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham ko‘kartirmaydi... ”. Payg‘ambarimiz 
ana shu tabiiy hodisani ijtiomiy hayotga bog‘lab, quyidagi xulosani bayon etadilar: 
“Bir kishi olloh ilmini teran tushunadir, undan manfaatlandi va olloh yuborgan 
haqiqatni o‘zi o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatdi. Ikkinchisi ilm o‘rganib, odamlarga 
o‘rgatadir, ammo o‘zi unga amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakkabirlik qilib
o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘min, 
ikkinchisi fosiq, uchunchisi kofirdir” [5:86]. Buning birinchisi, bizning nazarimizda 
haqiqiy o‘qituvchi-tarbiyachi, ota-ona; ikkinchisi o‘z ilmini, qalbini boshqalarga ravo 
ko‘rmaydigan xudbin, uchinchisi esa lavozim uchun ilm dargohiga kirib olib, faqat 
o‘z manfaatini o‘ylaydigan, iymon-e’tiqodini moddiy boylikka almashtirgan, ziyoli 
niqobidagi kishilar ko‘z oldimizga keladi va mazkur hadisning qanday haqiqiy 
quvvatga ega ekanligi kishini hayratga soladi. 
Yuqorida keltirilgan hadislar yoki avlodni o‘z o‘tmishiga, olayotgan tarbiya 
tizimiga, shaxsiyatining shakllanishiga teran ko‘z bilan qarab, o‘z-o‘zini tanqidiy 
ruhda tarbiyalashga, o‘zi bilan birga yer kurrasida jonajon Respublikamizda 
yashayotgan boshqa millat vakillariga nisbatan hurmat tuyg‘ularini, qolaversa, 
tashkilotchilik mahoratini shakllantirishga imkon tug‘diruvchi manbadir. 
Buyuk qomusiy olim, pedagog Abu Nasr al-Farobiy insonlar orasidagi shaxsiy 
do‘stona munosabatlarni ta’riflab: “Do‘stlik – ikki kishining munosabatidagi mo‘tadil 
aloqadir”. Uning ortig‘i yoki kamligi do‘stlikka putr yetkazishini ta’kidlagan edi. 
Uningcha do‘stona munosabatning ortiqligi – xushomadgo‘ylikka, ozi esa 
kekkayishga olib keladi. Buning ustiga-ustak agar u o‘z do‘stini xafa qiladigan 


28 
darajada munosabatda bo‘lsa, dushmanlikni keltirib chiqaradi. Buyuk mutafakkir Abu 
Rayhon Beruniy Forobiyning bu fikrini qo‘llab-quvvatlagan holda, “Minerologiya” 
nomli asarida ijobiy hislatlarga ega bo‘lgan do‘sti bor inson baxtlidir, “Ana 
shundayin, haqiqiy do‘st kishida faqat bitta bo‘ladi, bundan ortiq bo‘lishi mumkin 
emas, boshqa do‘stlarning ko‘p yoki oz bo‘lishi odamning molu davlati, kishilarni 
o‘ziga jalb eta olish qobiliyatiga bog‘liq”, - deb yozadi [7:35]. Yaxshilik uning 
fikricha, barcha insonlarga yaxshilik qilish, iloji bo‘lganda esa amalda ko‘mak 
berishda ifodalanadi. Ulug‘ olim va pedagog Abu Ali Ibn Sino fikricha: «Do‘stlik – 
insonning shunday bir holatidirki, bunda boshqa birovga yaxshilik istaladi, shunda 
inson yaxshilikni o‘zi uchun istamaydi, balki uni boshqa birov uchungina istaydi 
xolos. Shu holatda kishida boshqaga nisbatan yaxshilik qilishga chaqiruvchi xususiyat 
paydo bo‘ladi. Do‘st bu yaxshi ko‘ruvchidir. Do‘st – o‘z do‘stining xursandligida 
ham, baxtsizlik kezlarida ham qayg‘u va shodligiga sherik bo‘ladi». 
M.Qoshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘oti turk» asarida yoshlarni insonga 
bo‘lgan 
muhabbat, 
vatanga 
sadoqat, 
ilmga 
chanqoqlik, 
mehmondo‘stlik, 
xushmuomalalik, mardlik, insonlar o‘rtasida do‘stona munosabat, salbiy axloqiy 
fazilatga chaqiradi [5: 185]. 
Yusuf Xos Xojib ta’lim-tarbiya, ma’naviy kamolot yo‘l-yo‘riqlari, usullari, 
chora-tadbirlari haqidagi darsligi «Qutadg‘u bilig»da yoshlarni o‘zaro mehr-
muhabbat, hurmat, ehtiyotkorlik, tadbirkorlik, adolat, sabr-qanoat, ilmga intilish, 
muomala madaniyatini tinmay egallashga, buning uchun keksalar tajribasiga 
tayanishga da’vat etadi [5:146]. 
XII asr mutafakkiri Ahmad Yassaviy tasavvufiy yo‘nalishida insonlarni bu 
dunyoda pok, halol, beozor, yetim-g‘ariblarga mehr shafqatli bo‘lib yashashga 
undaydi. 
Mahmud ibn Umar ibn Muhammad ibn Ahmad az-Zamaxshariy yosh avlodni 
to‘g‘ri so‘zlik, ilmga chanqoqlik, sabr-qanoatlik, ziyraklik, do‘stga hurmat, muomala 


29 
madaniyati kabi fazilatlarni egallashga, pastkashlik, takabburlik, vaysaqilik, soxta 
olimlik kabi salbiy xislatlardan nafratlanishga chaqiradi. 
Shayx Najmiddin Kubro «Fi-Al-Adab» («Odob qoidalari») nomli asarida «Eng 
go‘zal bezak tavozelik, eng xunuk narsa baxillik; Husni hulq (chiroyli hulq-muomala 
madaniyati)dan ko‘ra yaxshilik qo‘shadiganroq, hasaddan ko‘ra yomonlik 
qo‘shadiganroq narsa yo‘qdir», deb yozar ekan, muomala madaniyatini egallashga 
undaydi. 
Burhoniddin Zarnudjiy “O‘quvchiga ta’lim yo‘lida qo‘llanma” asarida 
yoshlarga “O‘rtoq tanlashga kelsak, shunday o‘rtoq tanlash kerakki, g‘ayratli, sofdil, 
pok fe’l-atvor egasi bo‘lsin, lekin yalqov, ishyoqmas, ezma, jinoyatchi va o‘g‘rilardan 
o‘zingni yiroq tut” [5] deb ta’lim beradi. Uning bu o‘gitlari shubhasiz tashkilotchilik 
mahoratini shakllantiruvchi asosiy tushunchalarni o‘zida ifodalaydi. 
Ahmad Yugnakiy “Hibat-ul-haqoyiq” nomli axloqiy-didaktik asarida saxiylik, 
oliyjanoblik, nutq madaniyati, odob, muomala madaniyatini egallashga chaqiradi. 
Pahlavon Mahmud o‘z she’rlarida kelajak avlodni mardlik, vatanparvarlik, 
javonmardlik fazilatlarini egallashga chaqirish bilan birga, muomala madaniyati, 
odob-axloq fazilatlaridan bahramand bo‘lishga, do‘stlarga sadoqat ko‘rsatishga 
undaydi. Jumladan u o‘zining ruboiylarida shunday o‘git beradi: 
Gurkiragan olov-dilim quyoshi, 
To‘lqin urgan daryo ko‘zlarim yoshi. 
Ko‘zagarlar yasayotgan har ko‘za – 
Chin do‘stlarning xoki-qo‘li yo boshi. 
Yoki: 
Oh, tortgan chog‘ingda yo‘lga ko‘z tutgil,
Yo‘lda quduq bordir, ehtiyoting qil. 
Do‘st uyida mahram bo‘lgan vaqtingda,
Qo‘lingni, ko‘zingni, dilni tiya bil [5:215]. 


30 
XIV asrda yashab o‘tgan buyuk mutasavvuf mutafakkir Bahovuddin 
Naqshbandiy “Agar do‘st aybiga boqsak, do‘stsiz qolamiz, hech kim dunyoda be ayb 
emas. Bu yo‘lning yukini ko‘tarishga haqiqiy do‘stlar kerak.., suv ariqqa do‘stlar 
madadi bilan keladi, avval o‘rtoq topish, so‘ng yo‘lga chiqish kerak”, [5] deb ta’lim 
berar ekan, jahondagi eng ezgu fazilat do‘stlikda ifodalanishini uqtiradi. 
Bahovuddin Naqshbandiy o‘ziga pir deb hisoblagan Amir Temur amal qilgan 
11 fazilat tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmedov tomonidan tasnif etilgan 
bo‘lib, 
mazkur sifatlarning barchasi tashkilotchilik mahoratinining asosiy 
tushunchalariga daxldorligi bilan ham muhimdir: 
1-sifat: beg‘arazlik, odillik, hammani bir ko’zda ko‘rishlik. 
2-sifat: imon - e’tiqod, ulug‘ shaxslarga hurmat. 
3-sifat: saxovatlilik. 
4-sifat: rahm-shafqat, muruvvat. 
5-sifat: e’tiqodni ko‘ndalang va dunyoviy ishlardan ustun qo‘yish. 
6-sifat: haqiqatgo‘ylik, haqni yolg‘ondan ajrata bilish. 
7-sifat: va’daga vafodorlik. 
8-sifat: xasad qilmaslik. 
9-sifat: nopok ishlardan o‘zini tiya bilish, payg‘ambar va uning sahobalarini 
o‘ziga do‘st deb bilish. 
10-sifat: insoflilik, inson bir onadan tug‘ilganligiga inson. 
11-sifat: Saidlarga ehtirom ko‘rsatish. Shuning uchun Temurga nisbatan 
halqning mehri baland va undan minnatdor bo‘lishi [5: 229]. 
Amir Temurdagi mazkur sifatlarning shakllanishida shubhasiz o‘tmish 
mutafakkirlari, yuqorida nomlari tilgan olingan olimlarning pedagogik qarashlari 
katta ta’sir ko‘rsatgan. 
Masalan, uning mazkur fikrlari Al-Forobiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, B. 
Naqshbandiylarning do‘stlik haqidagi fikrlari bilan hamohangdir: “... o‘z tajribamdan 


31 
bildimki, sodiq va vafodor do‘st ulkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi, do‘stining 
dushmanini o‘z dushmani deb biladi. Agar kerak bo‘lsa, do‘sti uchun jonini ham 
ayamaydi. Shundayki, amirlarimdan qay birlari menga jon-dili bilan hamrohlik qilgan 
bo‘lsalar, men ham ulardan hech narsani ayamadim. Yana o‘z tajribamdan ko‘rdimki, 
aqlli dushman, johilu nodon do‘stdan yaxshiroq ekan.., chin do‘st ulduki, do‘stidan 
hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham, uzrini qabul qiladi”[8:34]. 
XV asrda yashab ijod etgan yana bir o‘zbek mutafakkiri va pedagogi Jaloliddin 
Devoniy har bir kishi do‘stga muhtoj bo‘lishini obyektiv sabablar bilan isbotlaydi: 
«kishining boshqa odamlar yordamiga muhtoj bo‘lishi quyidagilar bilan izohlanadi: 
agar har bir odam o‘zi uchun ovqat, kiytm-kechak, uy-joy, ish quroli va boshqa 
kerakli jihozlarga ega bo‘lishni istasa u har bir yumushni ip-ignasigacha o‘rganishga 
to‘g‘ri kelardi, lekin odamlar birlashgan taqdirdagina ular bu sohada bir-birlariga 
yordam bera oladilar, bunday o‘zaro yordam tufayli esa hayot tartibli va adolatli 
ravishda kechadi, insonlarning hayot ehtiyojlari qondiriladi va inson zoti saqlanib 
qoladi». Shunday qilib, J.Devoniy XV asrdayoq o‘zaro yordam, tinch-totuv yashash, 
insonlar o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik g‘oyasini olg‘a suradi. Bu g‘oya ham, 
shubhasiz, tashkilotchilik mahoratini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Ulug‘ o‘zbek shoiri, adabiy tilining asoschisi shoir va mutafakkir Alisher 
Navoiyning halqlar do‘stligi, inson va vatanga bo‘lgan muhabbat, muomala 
madaniyatiga doir qarashlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Shuning to‘chun ham uning 
«Xamsa»sidagi qahramonlari turli millatga mansub: Farhod-xitoylik, Shirin-
Armaniston malikasi, Shopur-fors rassomi, Layli va Qays (Majnun) – arabistonlik, 
suqrot va Suxayl – grek olimlari, Ayniqsa, Navoiyning har tomonlama axloqiy va 
jismoniy rivojlangan inson halqidagi orzusi, pedagogik sistemasining mohiyati 
Farhod obrazida mujassamlashtirilib berilgan: uni o‘n yoshidayoq barcha ilmlarni 
egallagan, doim boshqalar g‘amini tortuvchi donishmand, kamtar, sofdil, to‘g‘ri so‘z 
inson sifatida tasvirlaydi.


32 
Insonlar orasidagi samimiy do‘stlikni Navoiy eng muhim insoniy fazilatlardan 
biri deb hisoblaydi. A.Navoiy o‘z vatanini g‘oyatda sevgan, Xuroson va uning 
poytaxti Hirotga o‘zining «Hayrat-ul-abror» dostonida butun bir maxsus bob 
ajratganligi bejiz emas (o‘n ikkinchi hayrat.) Taniqli adabiyotshunos professor 
A.Qayumov to‘g‘ri qayd etganidek, Navoiy insonparvarligi uning falsafiy-didaktik 
dostoni «Hayrat-ul-abror»da o‘z ifodasini topgan ilk uch «hayrat»larda Navoiy 
koinot, yer va inson go‘zalligini madh etadi. Uningcha bularning har biri teng 
huquqli. Koinot, yer va insonda oliy yaratuvchining buyukligi, qudrati inikos etadi. 
Shuning uchun ham Navoiy Ollohga bo‘ladigan munosabat insonga bo‘ladigan 
muomala ham bir xil bo‘lishini orzu va talab qiladi. 
Shoir, faylasuf, pedagogning mazkur dostoni inson uchun xos bo‘lgan barcha 
ijobiy, haqiqiy fazilatlarni mujassamlashtirgan: mehnatni ulug‘lash, beg‘arazlik, bir-
birini sevish va hurmat qilish, ilm olishga intilish, ota-onani hurmatlash, oliyjanob 
tamoyillarga sodiqlik va h.k. Mazkur asarda Navoiy tomonidan ishlab chiqilgan odob 
normalari inson shaxsini har tomonlama takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, unda 
asosiy o‘rinni egallovchi insonparvarlik, umuminsoniy axloqiy sifatlar talabalarda 
tashkilotchilik mahoratini shakllantirish uchun manba bo‘lib xizmat qila oladi. 
Shunday qilib, Alisher Navoiy ijodi va faoliyati talabalarni tashkilotchilik 
mahoratini tarbiyalashga xizmat qiluvchi, milliy ongni shakllantiruvchi, kasbiy 
tayyorgarligiga ta’sir etuvchi qudratli omillardan biridir.253bet[5]. 
Alisher Navoiyning izdoshlari Bobur, Mirzo Bedil, Munis Xorazmiy, 
M.Ogahiy, Nodira, Rojiy, Feruz, Muqimiy, Zavqiy, Furqat, Komil Xorazmiy, 
A.Donish, S.Siddiqiy, Anbar Otin, Avaz O‘tar, Berdaq, M.Behbudiy, Cho‘lpon, Fitrat 
va boshqalar uning yaxshilik, adolat, ilmga intilish, insonparvarlik, do‘stlik, 
vatanparvarlik, milliy g‘urur, xushmuomalalik kabi g‘oyalarini yangi, o‘ziga xos va 
takrorlanmas tarixiy sharoitlarda rivojlantirishdi. Va shubhasiz, bu mutafakkirlarning 


33 
axloq-odobga doir pedagogik qarashlari ham milliy tadqiqotimizning muhim 
metodologik asoslaridan biri hisoblanadi. 
Keng 
miqyosda 
ilmiy-pedagogik 
adabiyotlarni 
o‘rganish 
natijasida 
quyidagilarni aniqlashga erishdik. 
Tarixiy nuqtai nazardan qaraganda yosh avlodda tashkilotchilik mahoratini 
shakllantirish muammosi juda qadimiy va chuqur ildizga ega ekanligi oydinlashadi. 
Tashkilotchilik mahorati insonparvarlik va odamsevarlik fazilatlarining asosi va 
tarkibiy qismi ekanligi deyarli barcha o‘tmishda o‘tgan va zamondosh mutafakkir 
olimlar tomonidan u yoki bu darajada tasdiqlangan. 
Tashkilotchilik mahoratini shakllantirish muammosi faqatgina pedagoglar 
emas, balki faylasuf, sosiolog, ruhshunoslar tomonidan umumiy rejadagina tadqiq 
etilgan 
xolos. 
Z.T.Gasanov, 
A.M.Magamedov, 
A.V.Aytaliyev, 
A.Xalim, 
M.Xayrullayev muammoning ayrim xususiy jihatlari K.Qurbonov, O.M.Gusenov, 
R.B.Abdusattorov, K.Nerunxanov, K.A.Minurov, R.G‘.Karimov, A.Do‘nanboyev, 
R.G.Abdulatipov, G.Shermatova, B.M.Markazovaning maqolalarida o‘z aksini 
topgan. 
Rus peadgoglari N.A.Berdyayev, N.I.Boldirev, N.Goncharov va boshqa sobiq 
ittifoq davrida ijod etgan pedagoglar masalaga tor-sinfiy pozisiyada turib 
yondashganlarini ham tan olish lozim. 
Muammoning tadqiq etilishida F.Gonobolin, I.S.Obidov, K.Kosnazarov, 
S.N.Nurmatov, 
F.P.Repa, 
A.E.Izmaylov, 
N.M.Talanchuk, 
F.A.Ildarxanova, 
K.M.Minurovlarning tadqiqotlaridan tanqidiy nuqtai nazaridan foydalanish foydadan 
xoli emas. 
Shuni ta’kidlash joizki, ilmiy-tadqiqot, unda muammoning qo‘yilishi, ayniqsa, 
oliy va o‘rtma maxsus ta’lim tizimini “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”, eng muhimi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak 
ma’naviyat yengilmas kuch”, “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining 


34 
poydevori”, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida” va boshqa bir qator asar va nuqtalari 
talablaridan kelib chiqqan holda isloh qilish, amalda oshirilayotgan bir vaziyatda hal 
qilinishi lozimligi turli-tuman sohadagi fanlar (falsafa, psixologiya, sosiologiya
etnografiya, etnososiologiya, san’atshunoslik, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, 
iqtisod nazariyasi, tarix, til va adabiyot, iqtisodiy geografiya) ilmiy tadqiqotlari 
natijalarini tanlangan mavzu yuzasidan tahlil etishni taqozo etadi. Negaki, 
tashkilotchilik mahorati faqatgina shaxsning axloqiy, siyosiy va ijtimoiy-
dunyoqarashga doir sohalar bilan uzviy bog‘liqdir. 
Ilmiy tadqiqotni bajarishda Qadimgi dunyo mutafakkirlari va madaniy arboblari 
(Demokrit, Platon, Aristotel) hamda o‘tmish (Kvintilian, Ya.A.Komenskiy, 
I.G.Pestalossi, I.Gerbart, A.Disterverg) ma’rifatparvar pedagoglarning qarashlari katta 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Rus 
(N.A.Berdyayev, 
V.N.Razanov, 
G.Volkov) 
va 
zamondosh 
(R.Abdullatipov, 
S.Davlatov, 
A.Agayev, 
M.Xayrullayev, 
R.Rzaliyeva, 
K.Xonnazarov, S.Shermuhammedov va boshqalar) pedagog, filosof va olimlar 
tomonidan baynalmilal, vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, milliy urf-odat va 
an’analar, muomala madaniyatining mohiyati tadqiq etilgan, biroq shuni ta’kidlash 
lozimki, bu tadqiqotlarning ko‘ngilligi sinfiylik pozisiyasida turib bajarilgan. 
Yoshlarni vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyasi bilan shug‘ullangan olimlar 
(A.M.Axmedov, A.A.Kelganov, A.Toshmatov, M.Bobojonova, Z.S.Sariyeva, 
Yu.Axrorov va b.) halq pedagogikasi (Z.Mirtursunov, K.Hoshimov, M.Murodov) 
odob madaniyati (A.S.Agronyan) talabalarni axloqiy shakllantirish (M.A.Ochilov, 
K.Taniqulova va b.) pedagogik muloqotni insonparvarlashtirish (V.Bogoslovskiy, 
A.A.Bodalev, B.F.Lomov, M.G.Davletshin) talabalarda muomala madaniyatini 
shakllantirishning falsafiy jihatlari (B.Normurodov, N.Bo‘riyev) masalalari yuzasidan 
bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijalari hisobga olindi. Talabalarda tashkilotchilik 
mahoratini shakllantirish muammosini tahlil etishda hamda ularni mazkur faoliyatni 


35 
olib borishga tayyorlashda V.A.Slastenin, M.A.Ochilov, N.Shodiyev, K.Z.Zaripov, 
Ye.E.Smirnov, A.K.Munavvarov, O.Musurmonova, U.Mahkamov, M.Qurbonov, 
G.Emix va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga tanildi. 
Pedagogik adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 
«Tashkilotchilik mahoratini shakillantirishda interfaol usullardan foydalanish» 
tushunchasini tavsiflashda yagona bir fikr mavjud emas. Mazkur tushuncha turlicha 
izohlanadi: Masalan, muayyan millat vakillari o‘rtasidagi munosabatlar, o‘zaro 
munosabatlardan iborat bo‘lib, bunday munosabatga kirishuvchi kishi muayyan milliy 
tuyg‘u, ong, til, madaniyatni o‘zida aks ettiradi, bunda ijtimoiylik milliylikka 
nisbatan belgilovchi o‘rinni egallaydi.
Bizningcha, yuqoridagi izohda mazkur tushunchaning ayrim tomonlarigina aks 
etgan xolos. Bizning nazarimizda, tashkilotchilik mahorati tushunchasi muayyan 
millat vakili shaxsiyatida shakllangan milliy hamda umumbashariy qadriyatlar 
asosida yuzaga keluvchi insoniy fazilatlar majmuidan iborat bo‘lib, ijtimoiy 
buyurtmani ijro etishga qaratilgan irodaviy harakatlar majmui sifatida izohlanadi. Shu 
jumladan, tashkilotchilik mahoratining nazariy va uslubiy jihatlari faylasuf, 
jamiyatshunos, sosiolog, pedagog, psixolog, olimlar tomonidan himoya qilingan 
disertasion tadqiqotlarda o‘z ifodasini topdi (M.Saidov, I.A.Popov, T.Faradov, 
S.V.Kamblyachene, N.A.Bo‘riyev, G.F.Gorayev, va b.). 
Biroq mazkur olimlarning tadqiqotlarida Talabalarda tashkilotchilik mahoratini 
shakllantirish muammosini nazariy va amaliy ravishda tizimli ishlab chiqish maqsad 
qilib quyilmagan, uning ayrim jihatlarigina yoritilgan xolos. Talabalarda 
tashkilotchilik mahoratini shakllantirish uning milliy mafkuraviy, vatanparvarlik, 
baynalmilallik, milliy ma’naviy – umumaxloqiy va umummadaniy tayyorgarligi bilan 
uzviy bog‘liqdir. Bu aloqadorlik shunda yaqqol ko‘rinadiki, tashkilotchilik mahorati 
tarbiyasini yuqorida sinab o‘tilgan shaxsiy fazilat va qadriyatlarni shakllantirish 
jarayonidagina amalga oshirish mumkin. 


36 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin