Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#119799
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol

1. Bilish qobiliyati — fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, 
biologiya, adabiyot va hokazolarga doir) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatga ega 
bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq 


15 
biladi, o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan 
ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajara oladi. 
2. Tushuntira olish qobiliyati — o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib 
bayon eta olish, material yoki muammoni aniq va tushunarli qilib gapirib berish, 
o‘quvchilarni mustaqil ravishda fikrlashga o‘rgatish, zarur holatda o‘quv materialini 
o‘zgartira olish, soddalashtira olish, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, 
noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkazish kabilar. 
Qobiliyatli pedagog o‘quvchilarning ruhiyatini, bilim va qobiliyat darajasini 
hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani 
unutib qo‘yganliklarini tasavvur etadi. Ba’zi o‘qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi kam 
o‘qituvchilarga o‘quv materiali oddiy, tushunarli va qandaydir alohida izohni talab 
etmaydigandek tuyuladi. Bunday o‘qituvchilar o‘quvchilarni emas, balki o‘zlarini 
nazarda tutadilar. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya 
oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsaning o‘quvchiga tushunilishi qiyin 
va mavhum bir narsa bo‘lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u 
bayon etishning xarakteri va shaklini alohida o‘ylab rejalashtiradi. 
Qobiliyatli o‘qituvchi dars materialini bayon etish jarayonida turli 
o‘quvchilarning qanday o‘zlashtirayotganliklarini qator belgilar asosida payqab oladi 
va zarur hollarda bayon qilish usulini o‘zgartiradi. Shuningdek qobiliyatli o‘qituvchi 
o‘quvchilarni materialni o‘zlashtirib olishlari uchun zamin tayyorlab, ularning dam 
olishdan ishga o‘tishlari, bo‘shashish, lanjlik loqaydliklariga barham berish uchun 
biroz vaqt ajratish zarurligini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelgunga qadar 
darsni boshlamaydi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin