15
biladi, o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi,
materialni ipidan
ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajara oladi.
2. Tushuntira olish qobiliyati — o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib
bayon eta olish, material yoki muammoni aniq va tushunarli qilib gapirib berish,
o‘quvchilarni mustaqil ravishda fikrlashga o‘rgatish, zarur holatda o‘quv materialini
o‘zgartira olish,
soddalashtira olish, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy,
noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkazish kabilar.
Qobiliyatli pedagog o‘quvchilarning
ruhiyatini, bilim va qobiliyat darajasini
hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini,
nimani
unutib qo‘yganliklarini tasavvur etadi. Ba’zi o‘qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi kam
o‘qituvchilarga o‘quv materiali oddiy, tushunarli va qandaydir
alohida izohni talab
etmaydigandek tuyuladi. Bunday o‘qituvchilar o‘quvchilarni emas, balki o‘zlarini
nazarda tutadilar. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya
oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsaning o‘quvchiga tushunilishi qiyin
va mavhum bir narsa bo‘lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u
bayon etishning xarakteri va shaklini alohida o‘ylab rejalashtiradi.
Qobiliyatli o‘qituvchi dars materialini bayon etish jarayonida turli
o‘quvchilarning qanday o‘zlashtirayotganliklarini qator belgilar
asosida payqab oladi
va zarur hollarda bayon qilish usulini o‘zgartiradi. Shuningdek qobiliyatli o‘qituvchi
o‘quvchilarni materialni o‘zlashtirib olishlari uchun zamin tayyorlab, ularning dam
olishdan ishga o‘tishlari, bo‘shashish, lanjlik loqaydliklariga
barham berish uchun
biroz vaqt ajratish zarurligini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelgunga qadar
darsni boshlamaydi.
Dostları ilə paylaş: