Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#119799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol

O‘qituvchilik kasbini tanlash. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo‘lish uchun 
kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik 
ayrim shaxsiy sifatlar bo‘lishi kerak. 
Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog‘lom bo‘lishi, so‘zlarni to‘g‘ri va 
yaxshi talaffuz qila olishi, bosiq va asablari joyida bo‘lishi, boshqalar bilan 
muomalada o‘zini tuta olishi zarur. Shuningdek bolalarni yoqtirish, ular bilan 
ishlashga mayli borligi, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik keng fikrlay olish, 
tashkilotchilik, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar 
mavjudligi ham kishining pedagogik ishga yaroqliligini ko‘rsatadi. 
Pedagogik faoliyat — yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq
davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishi bilan 
shug‘ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. 
“Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega 
bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqiga ega…”[3:5]. 
O‘qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. O‘qituvchining 
barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib 
toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. 


10 
Har bir bola o‘z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning 
ana shu o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o‘rganish nihoyatda murakkab. 
Bunda odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos 
keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik 
ko‘rayotgan yoshlar uning ana shunday, xususiyatlarini bilishlari lozim. 
O‘qituvchilik ixti-osining bu xususiyatlari uning kasbnoma (professogramma)sida 
ifodalanadi. 
Kasbnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari; 
o‘qituvchining psixologo-pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar; maxsus 
tayyorgarlikning xajmi va mazmuni; ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning 
mazmuni. 
O‘qituvchi shaxsining xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- mafkuraviy sohada — ilmiy dunyoqarash va e’tiqod, sosial ehtiyoj va axloqiy 
zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy 
faollik; 
- kasbiy pedagogik sohada – bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, 
pedagogik ishni sevish; psixologo-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik pedagogik 
takt, pedagogik tasavvur; tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, 
talabchanlik qat’iylik va maqsadga intilish, vazminlik o‘zini tuta olish; 
- bilish sohasida – keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, yangilikni his 
qila bilish, pedagogik ma’lumotni oshirishga intilish. 
O‘qituvchining psixologo-pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar: Bilim 
egallash sohasida: pedagogikaning metodologik asoslarini, shaxsning rivojlanishi va 
shakllanish qonuniyatlarini bilish; tarbiyaning mohiyati, maqsadi, vazifalari, shakl 
va metodlarini tushunish, bolalar va o‘smirlar anatomo-fiziologik rivojlanishlarining 
asosiy qonuniyatlarini bilish; o‘quvchilar gigiyenik tarbiyasining nazariy, tabiiy-
ilmiy asoslari va vositalarini bilish; bolalar rivojlanishining psixik qonuniyatlarini, 


11 
har 
xil 
yoshda 
shaxsning 
individual-pedagogik 
xususiyatlarini 
bilishva 
hokozolardan iborat. 
Ko‘nikma va malakalar hosil qilish sohasida: pedagogik vaziyatni tahlil qilish; 
pedagogik ta’sirlarni rejalashtirish va natijalarini mo‘ljallay olish, ijtimoiy-pedagogik 
hodisalarning amaldagi holatini, ularning paydo bo‘lish va rivojlanish sabablarini, 
shart-sharoitlari va xarakterlarini tahlil qila bilish va baholay olish; o‘quvchilarning 
tarbiyalanganlik va bilim darajasini aniqlash; shaxs va jamoaning rivojlanishini 
belgilay olish; ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarda uchrashi mumkin bo‘lgan 
qiyinchiliklar va xatolarni ko‘ra bilish; aniq, pedagogik vazifalar va ularni hal qila 
olish; o‘quvchilarning sinfdagi va sinfdan tashqari faoliyatiga rahbarlik qilish 
sohasidagi ishlarni rejalashtirish; o‘quv-tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslangan 
tashkiliy shakllari, metodlari va vositalarini tanlay olish; rejalashtirilgan pedagogik 
ta’sirlarga o‘quvchilarning javob harakatlarini oldindan chamalay bilish 
ko‘nikmalari. 
O‘quv-tarbiya jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish sohasida: 
o‘quvchilarning tarbiyalanganlik va bilim darajasini hisobga olgan holda ta’lim-
tarbiya maqsadiga muvofiq o‘quv materialini tanlash, uni analiz va sintez qila olish 
ko‘nikmasi; ilmiy materialni qayta ishlab, o‘quv materialiga aylantira olish 
ko‘nikmasi; ma’lum didaktik vazifaga muvofiq, o‘quvchilar tajribasini hisobga olgan 
holda murakkab matnlarni va o‘quv materialini o‘zlashtira olish ko‘nikmasi; darsni 
ijodiy va asosli tashkil eta olish ko‘nikmasi. 
Bolalar faoliyati turlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash va harakatga 
keltirish sohasida: tarbiyaviy maqsadga muvofiq ayrim o‘quvchilar va jamoa uchun 
vazifalar belgilash, qo‘yilgan maqsad asosida ularning tushunchasini o‘zgartira olish 
ko‘nikmasi; bolalarga ta’sir o‘tkazish va ular faoliyatiga pedagogik rahbarlik qilishni 
rejalashtirish ko‘nikmasi; ta’lim va tarbiya uslublarini pedagogik maqsadga muvofiq 
qo‘llash ko‘nikmasi; o‘quvchilar xulqi va faolligini boshqarish ko‘nikmasi; bolaning 


12 
tashqi ko‘rinishi va qiliqlaridan uning ruhiy holatidagi o‘zgarishlarni aniqlash, 
ma’lum vaziyatda bolalar xulqining xususiyatlarini anglash va izohlash 
ko‘nikmasi; o‘zini xayolan tarbiyalanuvchi o‘rniga qo‘ya olish ko‘nikmasi; 
o‘quvchilarni shaxs uchun va ijtimoiy qimmatli istiqbollarga qiziqtirish va jalb 
qilish ko‘nikmasi; umumiy vazifalarni bajarish uchun o‘quvchilarni guruhlarga 
bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarini hisobga olish ko‘nikmasi; tezgina qarorlar 
qabul qilish va pedagogik ta’sirning ancha kuchli vositalarini tez topa olish 
ko‘nikmasi; to‘g‘ri talablar qo‘ya bilish, pedagogik vaziyat va har bir o‘quvchining 
xususiyatlariga qarab ularni o‘zgartira olish ko‘nikmasi; ayrim bolalar o‘quvchilar 
jamoasi va kichik guruhlar, shuningdek ota-onalar va o‘qituvchilar bilan pedagogik 
maqsadga muvofiq munosabatlar o‘rnata olish ko‘nikmasi, har xil odamlar bilan turli 
sharoitda aloqa qilish, umumiy til topa bilish va to‘g‘ri muomala qila olish ko‘nikmasi; 
tarbiyalanuvchilarni o‘ziga qarata olish ko‘nikmasi; zarur hollarda jamoaga va ayrim 
o‘quvchilarga nisbatan munosabatni o‘zgartira olish, ularga individual yondoshish 
yo‘llarini topa olish ko‘nikmasi; ruhiy xususiyatlar va ma’naviy-ruhiy vaziyatlar
ijtimoiy-pedagogik holatlar va xatti-harakat sabablarini ko‘ra olish ko‘nikmasi; sinf 
(maktab) da ijobiy yoki salbiy ijtimoiy-pedagogik hodisalarning, jamoadagi 
munosabatlarning xarakterini ocha bilish ko‘nikmasi. 
Pedagogik jarayonni to‘g‘ri uyushtirish sohasida: qo‘yilgan pedagogik vazifani 
asosli ravishda o‘zgartira olish ko‘nikmasi; tashqi ta’sirlarga moslashish yoki ulardan 
saqlanish; sharoitga qarab harakat vositalarini tanlash va qayta o‘zgartira olish 
malakasi; o‘quvchilarning jamoadagi o‘zaro munosabatlariga rahbarlik qila olish, 
ularni to‘g‘ri yo‘lga sola bilish, paydo bo‘lib turgan o‘zaro nizolarni yo‘qota bilish; 
o‘quvchilar orasida do‘stlik va o‘rtoqlikni rivojlantira olish ko‘nikmasi; ko‘rsatilgan 
yo‘l-yo‘riqlarni amalga oshirish, o‘quvchilarning ishi ustidan joriy nazorat qilish, 
faoliyatning xarakter va yo‘nalishini almashtirib turish ko‘nikmasi. 


13 
Yakuniy hisob, olingan natijalarni baholash va pedagogik vaziflarni belgilash 
sohasida: olingan natijalarni dastlabki ma’lumotlar va topshirilgan pedagogik 
maqsadga taqqoslab tahlil qila bilish ko‘nikmasi; o‘quv-tarbiya ishlarining samarali 
shakl, metod va vositalarini topa bilish ko‘nikmasi; ta’lim va tarbiya usullarini 
qo‘llashning qulay sharoitlarini aniqlay bilish ko‘nikmasi; pedagogik faoliyatning 
yutuq va kamchiliklarini tahlil qila bilish ko‘nikmasi; ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, 
ishning samarali shakl va usullarini o‘zlashtirib olish maqsadida boshqa o‘qituvchilar 
tajribasini tahlil qila bilish ko‘nikmasi; o‘z tajribasi bilan pedagogik nazariya 
o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash, tadqiqotchilik vazifalarini o‘z oldiga qo‘ya bilish 
ko‘nikmasi; erishilgan natijalarni tahlil qilish asosida galdagi pedagogik vazifalarni 
belgilay olish va amalga oshira olish ko‘nikmasi. 
Maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuniga quyidagilar kiradi: ixtisosga 
doir bilimlarni bilish; ilmiy bilimlarni, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodlarini 
bilish; fanning nazariy va amaliy ahamiyatini, hozirgi darajasi, qonuniyatlari, tarixi 
va rivojlanishining keyingi asosiy yo‘nalishlarini bilish; maktab kursi fan 
asoslarining muqaddimasi ekanligini tushunish; ayrim fan sohasidagi bilimlarni 
chuqurlashtirish, mustaqil ilmiy-tadqiqot ishidan dastlabki malakalar hosil qilish, 
bilimlarni mustaqil to‘ldirish uchun bibliografik ma’lumotnomalar, ko‘rsatmalar, 
prospekt, tematik kataloglardan foydalana olish. 
Ixtisosga doir metodik tayyorgarlik mazmuni: umumiy ta’lim maktablari 
rivojlanishining hozirgi bosqichida fanlarni o‘qitishning maqsadi va vazifalarini 
bilish, davlat ta’lim standarti, amaldagi maktab dasturi, darsliklar va asosiy o‘quv 
qo‘llanmalarini har tomonlama puxta bilish; kursning qaysi masalalari o‘quvchilarda 
qiyinchilik tug‘dirishini tez payqash, bu qiyinchiliklar mohiyatini tushunish, ularni 
bartaraf etish yo‘llarini, o‘qitish metodikasining nazariy asoslarini bilish, ma’lum 
sharoitlarda didaktikaning, pedagogik psixologiyaning asosiy qoidalariga tayangan 
holda o‘qitishning qulay muqobillarini tanlay olish; zarur hollarda ishning ma’lum 


14 
usullarini boshqasi bilan almashtira bilish, didaktikaning asosiy qismlari (tushuncha, 
qonunlar, ko‘nikma, malaka)ni, ularni shakllantirish metodikasini bilish, 
o‘quvchilarda fanga qiziqishni uyg‘otish va rivojlantira bilish; mutaxassislik bo‘yicha 
hamma o‘quv-tarbiyaviy ishlarni hozirgi zamon didaktikasi, psixologo-pedagogiq 
tizimli, texnologik yondoshuvlar va texnik talablar darajasida tashkil qila bilish; 
ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini rivojlantirish, shuningdeq ularni ijtimoiy-foydali 
mehnatga va kasb tanlashga tayyorlash ko‘nikmasi; oddiy ko‘rgazmali qurollar 
tayyorlay bilish, o‘qitishning texnika vositalari bilan ishlash malakasiga ega bo‘lish 
va ulardan foydalanish metodikasini bilish; maktabda kamida ikkita fakultativ 
kursni olib borishga tayyorlik; predmet bo‘yicha sinfdan tashqari va maktabdan 
tashqari ishlarga rahbarlik qilish va boshqalar. 
Pedagogik qobiliyat va mahorat o‘qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish 
uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashi zarur. Pedagogik mahorat egasi 
kam kuch sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan mo‘jizalar 
yaratadi, ijodkor bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik 
mahorat bo‘lishi mumkin. 
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va 
uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o‘qish natijasi hisoblansa, 
qobiliyatning rivojlanishi uchun esa iste’dod, layoqat, zehn, ya’ni inson asab 
sistemasida anatomo-fiziologik xususiyat ham bo‘lishi zarur. Ana shu tabiiy zaminda 
qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali 
bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo‘lmog‘i va 
tarbiyalanmog‘i lozim: [4:314]. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin