Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#119799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol

Tadqiqot vazifalari: 
- mavzu yuzasidan pedagogik manbalarni to‘plash; 
- tadqiqot bazasi etib tanlangan oliy o‘quv yurtalari talabalarida 
tashkilotchilik mahoratini shakllantirish jarayonini kuzatish va pedagogik 
tahlildan o‘tkazish; 
- olingan natijalarni umumlashtirib dissertasiya holiga keltirish. 
Ilmiy-tadqiqotning metodologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitusiyasi, O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov nutq va asarlarida bayon qilingan 
shaxs ma’naviyatini shakllantirish, kadrlar tashkilotchilik mahoratini oshirishga doir 
g‘oyalar, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining barkamol inson tarbiyasiga oid 
qarashlari, barkamol shaxsni har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan falsafiy
pedagogik, psixologik ta’limotlar, ilmiy-pedagogik, metodik manbalar, shuningdek, 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta’lim 
islohotlariga doir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul 
qilingan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. 
Tadqiqot metodlari – tadqiqot mavzusiga oid pedagogik, pedagogik falsafiy, 
metodik adabiyotlar va ta’lim mazmunini yorituvchi me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, 
tahlil etish; pedagogik kuzatuv, suhbat, pedagogik tashhis, ilg‘or pedagogik 
tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, matematik statistika. 



Ilmiy tadqiqot uch bosqichda o‘tkazildi: 
Birinchi bosqich (2009 yil sentyabr-dekabr) da muammoga oid ilmiy 
pedagogik, falsafiy, metodik adabiyotlar o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi, obyekti, 
predmeti, ro‘yobga chiqarish vazifalari aniqlandi. Tajriba-sinov o‘tkazish dasturi 
ishlab chiqildi. Dastlabki ma’lumotlar jamlandi, ilmiy ish poydevori yaratildi. 
Ikkinchi bosqich (2010 yil yanvar-dekabr) da mavzu yuzasidan tajriba-sinov 
ishlari o‘tkazildi. Tajriba-sinov ishlari Samarqand davlat universiteti pedagogika 
fakultetida yuqorida tilga olingan metodlar asosida o‘tkazildi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin