Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc


Ikkinchi bob «Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/35
tarix22.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#119799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol

Ikkinchi bob «Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish 
amaliyoti» deb nomlangan bo‘lib, unda talabalarda tashkilotchilik mahoratini o‘quv 
tarbiyaviy ishlar jarayonida shakllantirishda interfaol usullardan foydalanish, 
talabalarda tashkilotchilik mahoratini pedagogik faoliyat jarayonida shakllantirishda 
shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning pedagogik muammolari ustida so‘z boradi. 
Uchinchi bob “Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishga doir 
tajriba sinov ishlari tahlili»ga bag‘ishlanadi va unda tajriba boshi va oxirida 
interfaol usullardan foydalanish orqali talabalarda tashkilotchilik mahoratining 
shakllanganlik darajasi aniqlashgan. 
Ilmiy-tadqiqot 3 bob, 6 paragraf, xulosalar, adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan 
iborat. Jami *** bet. 



I BOB. TALABALARDA TASHKILOTCHILIK MAHORATINI 
SHAKILLANTIRISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI 
 
1.1. Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakillantirish – davr talabi 
 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanishning yangi 
bosqichiga ko’tarilib borayotgan ekan ta’lim - tarbiya sohasida ham zamon 
talablaridan kelib chiqqan holda ish tutishni davrning o’zi taqazo qilmoqda. Ta’lim 
to’g’risidagi qonun va kadrlar tayyorlash dasturining qabul qilinishi shular 
jumlasidandir. Unda ta’kidlanishicha “Barkamol avlod jamiyat taraqqiyotining 
poydevoridir” [2: 14]. Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash esa ta’lim 
jarayonini tubdan isloh etishni talab etadi. Respublikamiz hukumati tomonidan xalq 
ta’limi sohasi bo‘yicha o‘rtaga qo‘yilayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan 
o‘qituvchiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida talim-tarbiyadan ko‘zda 
tutilayotgan maqsadga erishish, o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, 
ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib 
o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi, O‘zbekistonning 
istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh 
avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Shuning uchun 
ham O‘zbekiston Respublikasi hukumati xalq talimini taraqqiy ettirishga, maktablar, 
o‘qituvchilar va talabalarning moddiy va ma’naviy ahvolini yaxshilashga alohida 
e’tibor bermoqda. Shunday ekan kadrlar tayyorlashda katta e’tibor berish ularni dars 
jarayonlarini yangi pedagogik texnalogiyalar, interfaol usullar orqali tashkillashtirish yosh 
kadrlarning kelajakdagi faoliyatlarida albatta o’z samarasini beradi. Ya’ni hozirgi 
zamonaviy interfaol usullardan foydalanish orqali ta’lim – tarbiya olgan talabalar 



kelajakdagi faoliyatlarida uddaburon, tashkilotchi, faol, ishbilarmon, qobiliyatli har 
taraflama mukammal bo’lib shakillanadi.
O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish 
uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik 
nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, tamoyillar, 
umumlashtirilgan metodik g‘oyalar bayon etiladi, o‘quvchilarning yosh va individual 
xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon 
esa juda xilma-xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar 
ko‘p uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy 
tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin