53
bir qancha ko‘rinishlariga tatbiq etishimiz lozim shunga erishishimiz ham
mumkin”[12].
Dars vaqtida yaxshi intizom bo‘lishining asosiy shartlaridan bir o‘qituvchining
qat’iy xohishidir.
Irodaga faqat iroda ta’sir qilishi va intizomni faqat intizomli kishi saqlashi
to‘g‘risida K.D.Ushinskiy aytib o‘tgan edi.
O‘qituvchining irodaviy sifatlaridan biri sabotlilik bo‘lib,
boshlangan ishini
muvaffaqiyat bilan oxiriga yetkaza bilishidadir. Pedagogning bu irodaviy sifatlariga,
uning matonatli, qiyin holatda o‘zini
tuta bilishida, shuningdek, o‘quvchilarga qat’iy
talablar qo‘ya bilishida namoyon bo‘ladi.
Irodaviy sifat sabr-toqatni o‘qituvchining o‘ziga xos sifati deyish mumkin.
Izchillik ham bo‘lib, o‘quvchilarga bo‘lgan talablardan ajralmagan holda namoyon
bo‘ladi.
O‘qituvchi irodasini tarbiyalash
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchining irodaviy sifatlari juda muhim rol o‘ynaydi.
Psixologiya fani irodani tarbiyalashning o‘qituvchiga ma’lum bo‘lgan juda
ko‘p
tomonlari, xilma-xil usullarini ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham irodani
mustahkamlash pedagogning o‘z faoliyatida katta muvaffaqiyatga erishishida juda
muhimdir.
Iroda odam psixikasidagi hamma narsalar
kabi alohida jarayon emas, u
odamning umumiy ma’naviy o‘sishi, ilg‘or fikrlarning chuqurlashuvi, e’tiqodning
o‘sishi, aqliy saviyaning kengayishi, ijtimoiy his-tuyg‘u
shakllanishi barobarida
o‘sadi va mustahkamlanadi.