Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
126
javob qilganlar»
(Furqon, 63), ya’ni ularga johillik
qilsalar ham yumshoq holda
aytdilar».
Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Bani Isroilda bir
obid bor edi. Shayton bu obidni adashtirmoqni xohladi, lekin qodir bo‘lmadi. Bir kuni
obid ba’zi ehtiyojlari uchun shaharga chiqdi. Shayton ham u bilan birga chiqdi. Shayton
shahvat va g‘azab tomonidan uni adashtirmoqchi bo‘ldi. Lekin bu ishni qilishga qodir
bo‘lmadi. Keyin qo‘rqitmoqchi bo‘ldi va unga tog‘dan tosh otdi.
Tosh unga yetayotgan
vaqtda Allohni esladi va Alloh taolo bu narsani undan uzoqlashtirdi. Keyin sher va
yirtqich hayvonlar qiyofasiga kira boshladi. Allohni zikr qilganida unga hech narsa
qilmadi. Keyin ilon suratiga kirib, namoz o‘qiyotgan qadamlariga va jasadiga o‘ralib oldi,
hattoki, boshigacha yetdi. Agar sajda qilmoqchi bo‘lsa, boshiga o‘ralib olardi va og‘zini
ochib, uning boshini tishlamoqchi bo‘lardi. U ilonni qo‘li bilan o‘zidan ketkazib, sajdaga
mumkin bo‘larli darajadagi joyga ega bo‘ldi. Vaqtiki namozidan bo‘shaganidan keyin,
shayton uning oldiga kelib: «Men
senga shuncha ishlarni qildim, lekin senga hech narsa
qila olmadim. Endi sen bilan do‘stlashmoqni istayman, bundan keyin seni adashtirishni
xohlamayman», dedi. Obid: «Yo‘q, bugun sen meni qo‘rqitding. Alhamdulillah,
qo‘rqmadim, endi sen bilan do‘stlashmoqqa hojat yo‘q», deb javob berdi. Shayton unga:
«Sendan keyin ahlingga nima yetishi to‘g‘risida so‘ramaysanmi?» dedi. Obid unga: «Men
ularga o‘xshab o‘laman», dedi. Shayton: «Odam farzandi nima bilan adashtirilganini
ham so‘ramaysanmi?» dedi. Obid dedi: «Menga odam farzandining qanday zalolatga
ketganini xabarini bergin». Shayton aytdi: «Baxillikdan, ortiqcha g‘azab, qiziqqonlik va
mastlikdan adashdilar. Albatta, inson baxil bo‘lsa, uning ko‘z o‘ngida molini
kamaytiramiz. Keyin
uning huquqidan man qilib, odamlarning moliga rag‘bat etiladi.
Agar kishi qiziqqon va g‘azabli bo‘lsa, uni go‘daklarning oldidagi koptokdek o‘ynatamiz.
Agar o‘sha o‘likni tiriltirsa ham, undan noumid bo‘lmaymiz. Albatta, u bitta kalimada
ham bino bo‘ladi, ham buziladi. Agar mast bo‘lsa, hamma yomonliklarga yetaklaymiz.
Xuddi qo‘yning qulog‘idan ushlab xohlagan tomoniga yetaklagandek».
Shayton g‘azab qiladigan kishining xabarini berdi: u shayton qo‘lida bolalarning qo‘lidagi
to‘p kabi bo‘lishini bildik. G‘azab qiladigan kishi shaytonga asir bo‘lmasligi va amalini
yo‘qotmasligi uchun sabr qilmog‘i lozim bo‘ladi.
Zikr qilindiki, shayton Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Ey Muso! Seni Alloh taolo
o‘z risolatini
berish bilan tanladi, men ham Allohning yaratgan maxluqlaridan biriman,
men ham sening Rabbingga tavba qilishni xohladim, mening tavbamni qabul qilishini
so‘ragin», dedi.
Muso alayhissalom uning gapidan xursand bo‘lib ketdi. Shundan so‘ng, tahorat qilib,
Alloh xohlaganicha namoz o‘qib, bu so‘zlarni aytdi: «Ey Rabbim! Albatta, shayton Sening
yaratgan
bir maxluqing, Sendan tavba so‘rayapti, uning tavbasini qabul qilgin». Alloh
aytdi: «Ey Muso! Shayton tavba qilmaydi». Muso: «Ey Rabbim, u Sendan tavba so‘ra-
yapti», dedi. Musoga vahiy keldi: «Ey Muso, Men sening duoingni qabul qildim, unga
buyurgin, borib Odamning qabriga sajda qilsin, keyin tavbasini qabul qilaman».
Muso xursand holda chiqib, unga xabarni yetkazdi. Bu gapdan g‘azablanib, o‘zini kibrli
sanab, shayton dedi: «Men Odamning tirikligida sajda qilmagan o‘lganida
sajda
qilamanmi?»