Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
202
O‘TTIZ TO‘QQIZINCHI BOB
ZULHIJJA OYINING DASTLABKI O‘N KUNI FAZILATI
466. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qilishlaricha,
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Solih amallarning Allohga
mahbubrog‘i mana shu kunlarda qilinganidir". Ya’ni, zulhijja oyining birinchi o‘n
kunligida
qilingan amallar.
467. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) deydilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Alloh taolo uchun kunlarning yaxshirog‘i va afzalrog‘i ashr (zulhijja oyining o‘n)
kunidir". "Alloh yo‘lidagi ish u kunlarga teng emasmi?" deyishdi. Aytdilar: "Alloh yo‘lidagi
(ish ham) ularga teng emas. Magaram oti yarador bo‘lsa, yuzlarini chang-g‘ubor
qoplasa". Boshqa bir rivoyatda: "Oti yarador bo‘lsa va qoni oqsa, deyilgan".
468. Faqih aytadi: Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilindi. Bir yigit qo‘shiq va lag‘v
gaplarni eshitib yurardi. Zulhijja oyi kirgach, ro‘za tutar edi. Bu gap Payg‘ambarimizga
yetdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga odam yuborib chaqirtirdilar. U
kelgach: "Bu kunlarda ro‘za tutmoqqa seni nima majbur qildi?" deb so‘radilar. Yigit:
"Ota-onam sizga fido bo‘lsin,
ey Allohning elchisi, bu kunlar hajning muayyan kunlari va
ham ibodatlari bajariladigan kundir. Shoyadki Alloh meni hojilarning duolariga sherik
qilsa", dedi. Aytdilar: "Har bir ro‘za tutgan kuning
yuzta qulni ozod qilishga teng, yuzta
tuya, yuzta otni Alloh yo‘lidagi jihodga berganingga barobar. Agar zulhijjaning
sakkizinchi kuni bo‘lsa, u kunda sen uchun
mingta qul ozod qilganning, ming tuya va
ming otni Alloh yo‘lidagi jihodga yuborganning savobi beriladi. Arafa kunida esa, sen
uchun
ikki ming qul ozod qilganning, ikki mingta tuya va ikki mingta otni Alloh yo‘lidagi
jihodga berganning savobi bor. Bu ro‘zalar ikki yillik ro‘zaga tengdir. Bir yili oldingisiga,
ikkinchi yili keyingisiga".
469. Boshqa bir rivoyatda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Arafa
kunidagi ro‘za ikki yil ro‘za tutganning savob bilan tengdir. Ashuro kunida tutilgan ro‘za
bir yil tutilgan ro‘za savobi bilan barobar".
Tafsirchilar Allohning:
Dostları ilə paylaş: