Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
308
787-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
788-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
789-hadis. Mavzu’. Abu Xotim uning asli yo‘qligini aytgan. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
790-hadis. Isnodi noma’lum.
791-hadis. Ibn Muborak rivoyat qilgan.
792-hadis. Shohidlarga ko‘ra, hasan. Ahmad rivoyat qilgan. “Sahihul-jome’”ga qarang.
YETMISH BIRINCHI BOB
CHAVANDOZLIK VA O‘Q OTISH FAZILATI
793. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi orqali Jobir ibn Zayddan rivoyat
qiladilar. U kishi aytadilar: “Men Payg‘ambar (s.a.v.) ashobidan
bir kishi bilan kamonda
otishib turardim. Bir kun bormadim. Keyingi safar u kelmaganim sababini so‘radi, men
uzrimni aytdim. U: “Seni kamon otishga undaydigan hadisni aytaymi?” dedi. Men: “Ha”
dedim. U aytdi: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo bir o‘q bilan uch nafar kishini
jannatga kirgizadi: otuvchini, otganini tekshirib turuvchini va uni kuchaytiruvchini”, deb
aytganlarini eshitganman. Nabiy (s.a.v.) yana: “Otinglar va mininglar.
Kamondan
otganlaringiz chavandozliklaringizdan sizlar uchun yaxshi va menga sevikliroqdir. Mo‘min
o‘ynaydigan har bir (bekorchi) o‘yin botildir. Faqat uchtasi: kamoningdan otishing,
otingni tarbiyalashing va ahling bilan xursandchilik qilishing (botil emas), balki
haqdandir”, deb aytganlar”.
Makhul aytadilar: “Umar (r.a.) Shom ahliga xat yuborganlarida: “Farzandlaringizga
suzishni, otishni va chavandozlikni o‘rgatinglar. Nishonlar
orasida yashirinishga ham
buyuringlar”, deb yozganlar”.
Mujohid aytadilar: “Ibn Umarni (r.a.) ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini
mustahkamlayotganlarini ko‘rdim”.
Huzayfa (r.a.) bir ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mahkamlardilar.
794. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dga Uhud jangida: “Ot, ey Sa’d, ota-onam senga fido
bo‘lsin”, degan edilar.
795. Faqih (r.a.) aytadilar. Bu xabarda kamondan otishning fazli bayon qilinyapti.
Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’ddan boshqa hech kimga, ota-onam senga fido bo‘lsin,
demaganlar.
U kishi kamonchi, bo‘lgani uchun aytgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dni:
“Ey Parvardigor, uning otganini nishonga tekkiz va duosini ijobat qil”, deb duo ham
qilgan edilar.
796. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Tuya
ahliga izzat, qo‘y barakadir, otning yollariga
qiyomat kunigacha yaxshilik bog‘langan”.
797.
Boshqa xabarda kelishicha, “Izzat otning yollaridadir”.
798. Amr ibn Abasa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim Alloh yo‘lida o‘q
otsa, u qulni ozod etgan kabidir”.
799. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Yaqinda sizlar uchun yer yuzi fath etiladi va oziq-
ovqat ko‘payadi. Shunda sizlardan hech kim kamondan o‘q otish bilan shug‘ullanishdan
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
309
ojiz qolmasin”.
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: “Nishon jannat bog‘laridan bir bog‘, mo‘ljalga
otuvchi
dushmanga qarab otuvchi va unga o‘qni qaytarib olib keluvchining har bir qadami bir qul
ozod qilish kabidir”.
800. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) minbarda turib:
Dostları ilə paylaş: