Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
98
Sufyon Savriy aytdiki: “Gumon ikki xildir. Birida gunoh bor, birida gunoh yo‘qdir. Gunoh
bor gumon –
oldin qalbida saqlab, keyin tili bilan aytadi, ikkinchisi, gunoh yo‘q gumon,
qalbida
saqlaydi, ammo gapirmaydi. “Josuslik qilmanglar”, ya’ni birodaringizning
ayblarini izlab yurmanglar.
“Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin.
Sizlardan biringiz o‘lik birodarlaringiz-ning go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi?
Ana, yomon ko‘rdingizmi?”
(Hujurot, 12), ya’ni o‘lgan birodlarlaringizning go‘shtini
yomon ko‘rganlaringizdek, birodaringiz yo‘q paytida uni yomonlik bilan zikr qilishdan
saqlaningizlar.
210.
Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, ushbu: “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat
qilmasin”, oyati borasida aytadi: “Bu oyat Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalarining ikkitasi
haqida tushgan bo‘lib, bu voqea shunday bo‘lgan.
Payg‘ambar (s.a.v.) safar paytida ikki boy kishiga kambag‘al bir kishini hamroh qildilar
va unga ikki boy kishining ozuqasidan yeyishligi va safarini o‘tkazishligi
uchun ikkoviga
joylarini hozirlashi, ovqatini qilib berishi, ularning qanday xizmati bo‘lsa,
bajarishini
aytdilar.
Salmonni, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytilganidek, ikki kishiga qo‘shdilar. Kunlarning birida
ular bir joyga tushdilar. Salmon esa ularga hech narsa tayyorlay olmadi. Shundan so‘ng
ikkalasi Salmonga: “Sen Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga
borgin va bizlarga ovqat
so‘ragin”, deyishdi.
Salmon Payg‘ambarimizning (s.a.v.) yonlariga ketdi. Salmon ketganidan keyin, biri
ikkinchisiga dedi: “U anavi quduqqa yetguncha holdan toyib qoladi”.
Salmon Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga yetib kelib, ularning aytgan so‘zlarini
bayon qildi.
Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “Ularga ayt, sizlar ovqatlaringizni yeb bo‘ldilaringiz, deb”.
Salmon
qaytib kelib, u ikkisiga Payg‘ambarning (s.a.v.) so‘zlarini yetkazdi. Ular
Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga keldilar. Va o‘zlarining hech qanday ovqat
yemaganliklarini aytishdi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) ularga: “Sizlarning og‘izlaringizda
go‘shtning qizilini ko‘ryapman”, dedilar.
Ular esa yana: “Bizlar go‘sht yeganimiz yo‘q, ovqat ham yeganimiz yo‘q”, deyishdi.
Payg‘ambar (s.a.v.): “Albatta, sizlar birodarlaringizni g‘iybat qildilaringiz”, dedilar.
Shundan so‘ng, so‘radilar: “O‘lik go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rasizlarmi?”
Ular: “Yo‘q”, deb javob berishdi.
Shundan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.): “O‘lik go‘shtini yeyishni yomon ko‘rganingizdek,
birovni g‘iybat qilmangizlar. Chunki kimki o‘z birodarini g‘iybat qilsa, uning go‘shtini
yebdi”, dedilar. Shu bois ushbu oyat nozil bo‘ldi:
Dostları ilə paylaş: