Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
99
Ibrohim Adhamdan zikr qilindi. U kishi bir guruh odamlarni ziyofat qildi.
Ular dasturxon
atrofida o‘tirganlarida bir kishi haqida g‘iybat qila boshladilar. Shunda Ibrohim Adham
dedi: “Bizlardan oldin o‘tgan kishilar go‘sht yeyishdan oldin non yeyishardi, sizlar esa
non yeyishdan oldin go‘sht tanovul qildilaringiz”.
Abu Amoma Bohiliydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, zikr qilindi: “Qiyomat
kunida bandaga
o‘z kitobi keltiriladi. Unda o‘zi qilmagan yaxshiliklarni ko‘radi. Shunda bandasi: “Ey Alloh!
Menga bu amallar qaerdan keldi?” deb so‘rar ekan. Alloh aytadiki: “Ey bandam, bu
amallar odamlar seni g‘iybat qilganda yetgan, ammo sen bu narsalarni sezmagansan”.
Ibrohim Adham g‘iybatchilarga xitob qilib aytdiki: “Ey yolg‘onchi! Do‘stlaringga dunyoing
bilan baxillik qilding, dushmanlaringga oxirating bilan saxiylik qilding. Sen baxillik qilgan
o‘rningda kechirilmaysan, saxiylik qilgan o‘rningda maqtalmaysan”.
211.
Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.)
aytdilar: “To‘rt narsa ro‘zani ochadi, tahoratni ketkazadi va amalni buzadi. Birinchi,
g‘iybat, ikkinchi, chaqimchilik,
uchinchi, yolg‘onchilik, to‘rtinchi, halol bo‘lmagan xotinga
qarashlik. Bular xuddi daraxt ildizini suv bilan sug‘organdek, yomonlik ildizlarini
sug‘oradi va aroq ichishlik xatolarni ko‘paytiradi”.
Ka’b-ul Ahbor aytadi: “Payg‘ambarlarning kitoblarida o‘qidim. Kim g‘iybatdan tavba qilib
o‘lsa, u jannatga kiruvchilarning oxiri bo‘ladi. Kim u g‘iybatni davom ettirib o‘lsa, u
do‘zaxga kiruvchilarning birinchisi bo‘ladi”.
Iso ibn Maryam alayhissalomdan zikr qilindi: U kishi do‘stlariga dedilarki: “Agar
uxlab
yotgan kishining ustiga kelib qolsangizlar, shamol uning biror avratini ochsa, sizlar uning
ustini yopib qo‘yasizlarmi?” Ular: “Ha” deyishdi. Iso alayhissalom: “Balki
sizlar qolganini
ham ocharsizlar”, dedilar. Do‘stlari: “Subhonalloh, qolganini ochgani qanday qo‘l
boradi?” deb javob berishdi. Iso alayhissalom aytdilar: “Sizlarning oldilaringizda bir kishi
bir odamni yomonlasa, sizlar esa undan qattiqroq yomonlaysizlar. Bu bilan uning qolgan
avratini ochib tashlaysizlar”.
Homid Rabi’y rivoyat qildi: “Men masjidda o‘tirgan edim, u
yerdagilar bir kishi haqida
har xil gaplarni gapira boshladilar. Ularni bundan qaytardim. Undan jim bo‘lib,
boshqasiga o‘tdilar. Ular boshqa kishidan to‘xtab, yana oldingi kishiga o‘tdilar. Men ham
ularning ba’zi ishlariga aralashdim, o‘sha kechasi tush ko‘rdim. Tushimda bo‘ylari uzun,
qora kishi mening uyimga kelganini ko‘rdim. Uning qo‘lida bir tovoq bo‘lib, tovoqda bir
bo‘lak cho‘chqa go‘shti bor edi. U menga: “Shu go‘shtdan yegin”, dedi. Men “Cho‘chqa
go‘shtidan yemayman,
Allohga qasamki, yemayman”, dedim. U esa qattiq so‘kib: “Sen
bundan ham yomonrog‘ini yeding-ku!” dedi va og‘zimga tiqa boshladi, shu payt uyqudan
uyg‘onib ketdim. Shundan so‘ng o‘ttiz-qirq kun o‘tirib qoldim, qaysi ovqatni yesam,
o‘sha go‘shtning ta’mi kelib, og‘zimda sasir edi”.
Sufyon ibn Husayn aytdi:
“Men Ilyos ibn Muoviyaning oldida o‘tirgan edim. Bir kishi o‘tib qoldi. U
kishi haqida u-bu
deb gapirdim. Ilyos “Jim bo‘lgin!” deb aytdi va so‘radi:
Yo Sufyon, sen Rumga yurish qilganmisan?
Yo‘q! – deb javob qildim.
Turkka qarshi yurish qilganmisan?