Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
96
“Rost Qur’onni keltirgan zot (ya’ni Muhammad (s.a.v.) va uni tasdiq etgan
(mo‘min)lar – ana o‘shalar taqvodor zotlardir”
(Zumar, 33).
Alloh taolo yolg‘onchilarni yomonladi va la’natladi. Alloh taolo o‘z kalomida aytadi:
“O‘sha yolg‘onchilarga o‘lim – la’nat bo‘lg‘ay” (Vaz-Zariyot, 10) va yana: “o‘zi
Islomga da’vat qilayotgan holida (u da’vatni qabul qilishi o‘rniga) Alloh
sha’niga yolg‘on to‘qigan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Alloh bunday zolim
qavmni hidoyat qilmas”
(Sof, 7).
______________
XVI bob. Yolg‘ondan qaytarish bobi hadislari
1. Ibn Mas’ud. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘zlaringga to‘g‘ri so‘zlikni olinglar... Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6094/10) va Muslim (103-
2607/4).
2. Ibn Mas’ud. «Munofiqni uch narsada sinab ko‘ringlar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (33), Muslim (59).
3. Molik. “Luqmoni Hakimdan aytildi...” Zaif*. Molik, “Al-Muvatto” (17-990/2).
4. Safvon ibn Muslim. “Yo Rasululloh! Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi...” Mursal*.
5. Uboda ibn Sobit. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘zlaringdan olti narsani...” Hasan*. Ahmad (323/5), Hokim (358/4) va “As-sahihat”
(1470).
6. Hadis. “Alloh qarovchiga ham, qaralganga ham la’nat o‘qiydi...” Zaif*. Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (17788).
7. Sumra ibn Jundub. “Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozini o‘qib bo‘lib...” Sahih*. Ahmad (8/5).
Dostları ilə paylaş: