Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
103
XVII bob. G‘iybat bobi hadislari
1. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlar g‘iybat nima ekanini bilasizlarmi?” Sahih*. Muslim (2589/4). 
2. Ibn Abu Najih. “Bir pakana xotin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kirdi...” Sahih*. Ahmad (206,189/6) va Ibn Abu Dunyo, “Al-g‘iyba va 
namiyma” (73, 68). 
3. Abu Said Xudriy. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Isro kechasi bir qavm...” Sahih*. Ahmad (224/3) va Abu Dovud (4778), Ibn Abu Dunyo, 
“As-samtu” (165). 
4. “Bir kuni otamdan ushbu hikoyatni aytayotganlarini eshitdim...” Abu ibn Hamid Ikrimadan rivoyat qilingan va “Ad-durrul Mansur” (572, 
571/7).
5.Jobir ibn Abdulloh. “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlarida sassiq hidli shamol esib qoldi...” Zaif*. Ahmad (351/3) va Buxoriy, “Al-adabul 
mufrad” (734). Ibn Abu Dunyo, “As-samtu” (216). 
6. Sudiy. “Salmon Forsiy odamlar bilan safarda edi...” Zaif*. 
7. Ibn Abbos. “Ushbu “Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin” oyati borasida aytdilar...” Zaif*. Hofiz, “Al-kashshof” (374/4). 
8. Anas ibn Molik. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Fojirda bir narsalarni zikr qilinglar...” Mavzu’*. Uqayliy (72), Ibn Hibbon, “Al-majruhiyn” 
(220/1). Ibn Adiy (173/2) va “Az-zaifatu” (583) ga qarang.
 
XVIII BOB. CHAQIMCHILIK
213. Huzayfa, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.): “Chaqimchilar 
jannatga kirmaydilar”, deganini eshitganman. 
214. Abu Hurayra rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: “Sizlar 
yomonlaringizni bilasizlarmi?” Sahobalar javob qilishdiki: “Alloh va Rasuli bilguvchidir”. 
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Sizlarning yomonlaringiz ikkiyuzlamachi kishidir. Bularga bir 
yuzi va boshqalarga ikkinchi yuzi bilan keladi. 
215. Ibn Abbos, ikkalasidan ham Alloh rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) ikki 
yangi qabrning oldidan o‘tib qoldilar, aytdilarki: “Ikkisi ham azoblanyapti, ularning 
gunohlari katta emas, birinchi kishi siydikdan saqlanmasdi, ikkinchi kishi esa 
chaqimchilik qilar edi”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) bir daraxtdan ho‘l novdani oldilar va 
ul novdani ikkiga bo‘lib, ikkala azoblanayotgan marhumlar qabriga suqib qo‘ydilar. 
Shunda sahobalar Rasulullohga (s.a.v.) savol qildilar: “Yo Rasululloh, nima sababki, siz 
bu ho‘l novdani ikkiga bo‘lib, ikki qabrga suqdingiz?” Rasululloh (s.a.v.) javob qildilar: 
“Shoyadki, bu ho‘l novdalar qurib bitguncha, ikkalasiga yengillik berilsa”. 
Faqih aytdiki: “Katta gunohlarda azoblanmayapti”, degan so‘zning ma’nosi sizlar uchun 
katta gunoh emas, lekin Alloh nazdida bu ulug‘ gunohlardandir. Abu Hurayra zikr qilgan 
rivoyatda ham: “Alloh nazdida odamlarning yomoni chaqimchidir”, deyilganidan bilib 
olsa bo‘ladi. 
Huzayfa, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilgan hadisda aytildi: “Chaqimchi jannatga 
kirmaydi”. Jannatga kirmaydigan bo‘lsa, boradigan joyi faqat jahannamdir. Bunday 
kishilar Allohga tavba qilmoqlari lozimdir. Tavba qilmasa, o‘lgandan keyin qabr azobini 
tortishi muqarrardir, dunyoda xordir, qiyomat kunida do‘zax o‘tida yonadi. Ular Allohning 
rahmatidan noumiddir. Tirik paytida qilgan gunohlari uchun Allohga tavba-tazarru’, qilsa 
Alloh tavbasini qabul qilgay. 
216. Hasan rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.): “Odamlarning yomoni ikkiyuzlamachidir. 
Birovlarning oldiga bir yuzi bilan, boshqalarning oldiga boshqa yuzi bilan boradi”, 
dedilar. Yana boshqa bir hadisda aytdilarki: “Kimki ikkiyuzlamachi bo‘lsa, bu dunyoda 
uning ikki tili bo‘lsa, Alloh taolo unga qiyomat kuni olovdan ikkita til qilib qo‘yadi”. 
Qatoda aytadi: “Alloh bandalari ichida yomoni ko‘p ta’nachi, ko‘p la’natlovchi va 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin