www.ziyouz.com kutubxonasi
111
Sen menga uyingdan uch kun joy bersang, qasamimni o‘tkazsam», dedi. Haligi kishi:
«Xo‘p», dedi. Abdulloh unikida bir kecha yotdi. Aytdiki: «O‘sha kecha haligi odam bir
soat ham turib ibodat qilmadi. Faqat to‘shagiga yotayotganida Allohni zikr qilib, takbir
aytdi. Hatto shu bilan bomdodda turdi. So‘ng tahoratini yaxshilab qilib, namozini o‘qidi.
Ertalab ro‘za tutmadi. U kishini uch kun kuzatdim. Birinchi kun ko‘rganimda ziyoda ish
qilmadi, bundan tashqari, undan yaxshi gaplarni eshitdim. Vaqtiki, uch kun o‘tdi, uning
amalini haqir sanashimga yaqin qoldi. So‘ngra unga: «Mening otam bilan ikkalamiz
o‘rtamizda biror gap o‘tmagandi. Menga g‘azab qilmagan va haydamagan ham edi. Lekin
men Rasu-lullohdan uch marta majlisda: «Sizlarga ahli jannatdan bittasi chiqadi»,
deganlarini eshitdim. Keyin siz chiqdingiz va siz bilan birga bo‘lib, buni aniqlamoqni
xohladim. Siz nima amal qilsangiz ko‘rdim. Sizga ergashdim. Ko‘p amal qilganingizni
ko‘rmadim. Sizni Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan narsaga erishtirgan narsa nima?» dedim. U
aytdi: «Ko‘rganingdek, u hech narsa emas». Shundan so‘ng, men uning oldidan
ketmoqchi bo‘lib burilayotgan paytim meni chaqirib; «Bundan boshqacharoq amal
qilmay-man, xuddi o‘zing ko‘rganingdek. Faqatgina men musulmon-larning birortasi
uchun o‘zimda yomonlik topmayman. Alloh taolo yaxshilik qilib bergan narsalariga hasad
qilmayman, dedi. Mana shu narsa Rasululloh (s.a.v.) aytgan maqomga yetkazdi.
Holbuki, men u narsaga qodir emas edim».
Hakimlarning ba’zisi aytadilar: «Hasad qiluvchi Rabbisiga besh jihati bilan ko‘rinadi:
Birinchisi, boshqada zohir bo‘lgan ne’matlarni ko‘rganda g‘azabi keladi.
Ikkinchisi, unga bergan narsa (ne’matlar) uchun g‘azabi keladi, ya’ni Rabbisiga: «Nima
uchun bunday taqsimlading?» deb.
Uchinchisi, Allohning fazlini man qiladi, ya’ni ne’matni Alloh taolo xohlagan kishisiga
beradi. U Allohning bu fazliga baxillik qiladi.
To‘rtinchisi, Allohning do‘stini yordamchisiz qoldiradi. Chunki u uning yordamisiz
qolishini xohlaydi va undan ne’matni ketkazishini xohlaydi.
Beshinchisi, dushmaniga yordam beradi. Ya’ni, la’nati iblisga»
Aytildi: «Hasad qiluvchi majlislarda yomonlangan, xorlangan holatda bo‘ladi. Maloikalar
la’nat va g‘azab qiladi. Xilvatda qo‘rqinch va g‘amda bo‘ladi. Joni olinayotganda qattiqlik
va qo‘rqitilgan holatda bo‘ladi. Mahshargohda sharmanda holatda bo‘ladi. Do‘zaxda issiq
va yongan holatda bo‘ladi».
Alloh bilguvchiroqdir.
_____________