Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
108
Muoviya ibn Abu Sufyon, Alloh undan rozi bo‘lsin, o‘g‘liga aytar edi: «Ey o‘g‘ilginam,
hasaddan saqlangin. Chunki u sening dushmangingga yetmasdan, sening o‘zingga
bilinadi».
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Hasaddan zararliroq narsa yo‘q. Hasad hasad
qiluvchi kishiga beshta azobni olib keladi. Bu beshta azob hasad qilingan kishiga
yetmasdan, hasad qiluvchi kishiga yetadi.
1. G‘am uzilmaydi.
2. Musibat oladi, unga ajr kelmaydi.
3. Yomonlikni olib keladi. U bilan maqtanilmaydi.
4. Alloh taolo unga g‘azab qiladi.
5. Unga tavfiq eshiklari yopiladi.
222. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Ogoh bo‘linglar! Allohning ne’matiga dushmanlik
qiluvchilar bor». So‘radilar: «Yo Rasulalloh! Allohning ne’matlarining dushmanlari kim?»
Aytdilar: «Alloh o‘z fazlidan odamlarga bergan narsaga hasad qiluvchilardir».
223. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi:
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Qiyomat kuni olti toifa kishi olti narsa bilan hisob
qilinmasdan oldin do‘zaxga kiradi». So‘rashdi: «Yo Rasulalloh, ular kimlardir?» Aytdilar:
«Mendan keyingi amirlar, jabr-zulm tufayli; arablar, mutaassiblik tufayli; boshliqlar, kibr
tufayli; savdogarlar, xiyonati tufayli; boylar, johillik tufayli; ahli ilmlar esa, hasad
tufayli». Ya’ni, dunyoni talab qilib bir-birlariga hasad qiluvchi ulamolar.
Olim kishi oxiratni talab qilib ilmu ta’lim olishi lozimdir. Agar olim ilmni oxirati uchun
talab qilsa, u hech kimga hasad qilmaydi. Unga ham hech kim hasad qilmaydi. Agar
dunyo talabida ilm olsa, u hasad qiladi. Alloh taolo yahudiy olimlarga aytgandek,
Dostları ilə paylaş: