Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
109
taqvodorlardangina (qurbonliklarini) qabul qilur»
(Moida, 27).
Ahnaf ibn Qaysdan rivoyat qilinadi: «Hasad qiluvchilar uchun rohat yo‘qdir. Baxillarda
vajo yo‘q, chidamsiz kishilarda do‘st yo‘qdir. Yolg‘onchilarda mardlik yo‘qdir.
Xiyonatchida fikr yo‘q, yomon xulqli kishida boshliqlik yo‘q».
Hakimlardan biri aytdi: «Hasadchidek mazlumga o‘xshagan zolimni ko‘rmadim».
Muhammad ibn Siyrin: «Dunyo narsasi uchun hech kimga hasad qilmadim. Agar jannat
ahlidan bo‘lsa ham, qanday qilib jannatda yuruvchiga hasad qilay? Va do‘zax ahlidan
bo‘lsa ham, qanday qilib do‘zaxda yurgan kishiga hasad qi-lay?» deydi.
Hasan Basriy aytadi: «Ey odam farzandi! Nima uchun birodaringizga hasad qilasiz. Agar
uni hurmatlash uchun Alloh o‘z fazlidan bergan bo‘lsa, nima
uchun Alloh hurmat qilgan
kishiga hasad qilasiz? Endi bundan boshqa narsada bo‘lsa, uning borajak joyi do‘zax
bo‘lganidan hasad qilmog‘ingiz ham yaxshi emasdir».
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin aytadi: Uch kishining duolari qabul bo‘lmaydi:
1) haromni yeguvchi;
2) ko‘p g‘iybat qiluvchi;
3) qalbida musulmonlarga adovati va hasadi bo‘lgan kishi.
224. Solim otasidan rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Hasadni
ikki toifa
kishiga qilsa bo‘ladi: bir kishiga Alloh taolo Qur’onni bergan bo‘lsa, u Qur’onni kecha-yu
kunduz o‘qib turgan bo‘lsa va yana bir kishiga Alloh taolo dunyo bergan bo‘lsa, u
dunyodan kecha-yu kunduz yashirin holda infoq qilib turgan bo‘lsa».
Faqih aytadi: «Qori qilgan ishni u ham kechasida qoyim qilishga harakat etmog‘i lozim.
Bir kishiga Alloh tomonidan dunyo berilsa va u kishi o‘z dunyosidan sadaqa qilayotganini
ikkinchi kishi ko‘rib,
hasad qilsa, ya’ni hasad qiluvchi kishi ham sadaqa qilgan kishi kabi,
«Alloh menga ham shunday dunyo bersa-yu, men ham
sadaqa qilsam yoki yaxshi
yo‘llarga ishlatsam», desa qilgan hasadi maqtalgan. Ammo unga berilgan narsani
ketkazishni iroda qilib hasad qilsa, u yomondir».
Dostları ilə paylaş: