Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
110
bergin;
agar aksa urib, «Alhamdulillah» desa, unga javob bergin; agar kasal bo‘lsa,
borib ko‘rgin; vafot etsa, janozasida qatnashgin».
227. Anas ibn Molik aytadi: «Men Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlarida sakkiz yoshimdan
xizmat qildim. Menga birinchi marta o‘rgatganlari bu so‘zlar edi: «Yo Anas, namozga
tahoratni mukammal qilgin, seni farishtalar yaxshi ko‘radi va umring uzoq bo‘ladi. Ey
Anas, janobatdan yuvinsang, uni oxiriga yetkazgin. Chunki
har bir tukning tagida
janobat (ifloslik) bordir». Anas aytdilar: «Yo Rasulalloh, qanday qilib uni oxiriga
yetkazaman?» Aytdi: «Sochingni ildizini suv bilan qondirgin, yuzingni poklagin,
hammomdan chiqsang, Alloh gunohingni kechiradi. Yo Anas, zuho namozini o‘tkazib
yubormagin. Chunki bu namoz Allohga tavba bilan qaytguvchilarning namozidir.
Kecha
va kunduzda namozni ko‘paytirgin. Albatta, sen namozni ko‘paytirishda davom etsang,
maloikalar senga salovot aytadilar. Ey Anas! Namoz uchun tursang, o‘zingni Allohga
topshir. Vaqtiki ruku’ qilsang, kaftingni ikki tizzangga qo‘ygin, barmoqlaring orasini
yoygin, yelkalaringni ko‘tarsang, tek turginki, hamma a’zolaring o‘z joyini topsin. Agar
sajda qilsang yuzingni yerga qo‘ygin, qarg‘a cho‘qigandek urmagin, bilaklaringni
cho‘zmagin, go‘yoki tulki cho‘zilib o‘tirgandek. Vaq-tiki sajdadan boshingni ko‘tarsang, it
o‘tirgandek o‘tirmagin, ikki dumbangni ikki oyog‘ing orasiga qo‘ygin, yopishtirgin,
oyog‘ingni sirtini yerga yopishtirgin. Albatta, Alloh taolo ruku’si,
sajdasi mukammal
bo‘lmagan namozga qaramaydi.
Agar qodir bo‘lsang, kechayu kunduz tahoratli yurgin. Agar senga o‘lim yetib qolsa, sen
tahoratlik holatda bo‘lsang, sendan shahodat kalimasi ketib qolmaydi.
Ey Anas! Agar uyingga kirsang, salom bergin, oila a’zolaringga uyingning barakasi
ko‘payadi. Agar ko‘chaga biror yumush bilan chiqsang,
musulmonlardan qaysi biriga
ko‘zing tushsa, salom bergin. Shunda imon toti qalbingga kiradi. Agar tashqariga
chiqqaningda gunoh qilsang, gunohing kechirilgan holatda qaytgan bo‘lasan.
Ey Anas! Islom kishisidan birontasiga qalbingda dushmanlik bo‘la turib kunduz va
kechani o‘tkazmagin. Albatta, bu mening sunnatim va kim mening sunnatimni ushlasa,
meni yaxshi ko‘ribdi va kim meni yaxshi ko‘rsa, u men bilan jannatda birga bo‘ladi.
Yo Anas! Agar bu narsalarga amal qilib,
tavsiyalarimni yodda tutsang, senga o‘limdan
yaxshiroq narsa bo‘lmaydi. Albatta, unda rohatda bo‘lishing bordir».
Payg‘ambar (s.a.v.) xabar berishlaricha, aldovni qalblardan chiqarishlik sunnatlaridan
ekan, yana vojibdir har bir musulmonga o‘z qalbidan adovat va hasadni chiqarmog‘i,
chunki bularni chiqarish amallarning yaxshisidir.
228. Faqih aytadi: Xudo rahmat qilgur otamdan eshitdim: Anas ibn Molik, Alloh undan
rozi bo‘lsin, aytdi: «Bir kuni biz Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlarida edik. Shu payt:
«Sizlarning oldingizga hozir jannat kishisi chiqadi, u kishining soqollaridan tahorat
suvlari oqib turadi va ikki etiklarini chap qo‘llari bilan ushlab olgan holatda bo‘ladi»,
dedilar. Shu payt xuddi shu sifat bilan sifatlangan kishi chiqdi.
Salom berib, qavm bilan
birga o‘tirdi. Ertasi kuni bo‘lgandan keyin yana shu gapni aytdilar: kishi yana shu
ko‘rinishda chiqdi. Uchinchi kuni ham shunday bo‘ldi. Payg‘ambar (s.a.v.) turib
ketganlaridan keyin haligi kishi bilan Abdulloh ibn Amr ibn Os ham chiqdi va: «Otam
bilan mening oramda gap qochib qoldi. Uning oldiga uch kun kirmaslikka qasam ichdim.