Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

«Albatta, U 
zot mutakabbir kimsalarni sevmas»
(Nahl, 23). Shundan so‘ng, ular bilan birga shu 
nonni yedi va ularga: «Sizlarning aytganlaringizga javob berdim, endi menga ham javob 
beringizlar», dedi. Keyin (miskinlar) u kishi bilan birga borishdi. Manzilga yetgandan 
keyin, cho‘risiga: «Nima g‘amlab qo‘ygan bo‘lsang, chiqargin», dedi. Cho‘ri xotin hamma 
narsalardan chiqardi. Ular yedi. Hazrati Husayn ham ular bilan birga yedi. Qolgan 
narsalarni ularga ko‘tartirib berib yubordi. 
229. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: 
«Uch kimsaga qiyomat kunida Alloh taolo gapirmaydi va ularga qaramaydi. Ularga 
qattiq, alamli azob bo‘ladi: ular – zino qiluvchi keksa kishi; yolg‘onchi podshoh; kibrli 
faqir kishilardir». 
230. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Menga jannatga birinchi kirguvchi uch toifa ko‘rsatildi va 
do‘zaxga birinchi kirguvchilarning uch nafari ko‘rsatildi. Jannatga birinchi kirguvchilar: 
shahidlar, qulligi Rabbisiga itoat qilishdan to‘sib qo‘ymagan qul, ko‘p bolalik kambag‘al 
kishi. Do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradiganlar: zolim podshoh, molidan zakot bermaydigan 
boy kishi, mutakabbir faqir». 
231. «Albatta, Alloh taolo uch nafar kishilarga g‘azab qiladi, lekin uch kishini yanada 
qattiqroq yomon ko‘radi: 
Birinchisi, fosiqni yomon ko‘radi, fosiq cholni undan ham yomon ko‘radi. 
Ikkinchisi, mutakabbirni yomon ko‘radi va faqir bo‘lgan mutakabbirni qattiqroq yomon 
ko‘radi. 
Uchinchisi, baxillarni yomon ko‘radi, boy bo‘lib baxillik qilganni qattiqroq yomon ko‘radi. 
Alloh uch nafar kishini yaxshi ko‘radi va uning yaxshi ko‘rishi uch kishi uchun yanada 
qattiqroqdir. 
Birinchisi, taqvodorlarni yaxshi ko‘radi, taqvoli yoshlarni ko‘proq yaxshi ko‘radi. 
Ikkinchisi, saxiylarni yaxshi ko‘radi, faqir saxiylarni ko‘proq yaxshi ko‘radi. 
Uchinchisi, tavozu’li bo‘lgan kishilarni yaxshi ko‘radi, Boy bo‘lib tavozu’li bo‘lganlarni 
undan ham yaxshi ko‘radi». 
232. Yahyo ibn Ja’dadan rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Kimning 
qalbida misqol zarrasidek kibr bo‘lsa, jannatga kirmaydi». Bir kishi: «Yo Rasulalloh! 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin