Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
114
sifatladi. Chunki ular o‘zlariga: 
«Hech qanday iloh yo‘q, magar yolg‘iz Allohgina bordir», deyilgan vaqtda kibr-
havo qilgan edilar»
(Vas-saffot, 35). Va aytdi: 
«Horun, Fir’avn va Homonni ham (halok qildik). Darhaqiqat, Muso ularga 
(o‘zining payg‘ambar ekanligini dalolat qiladigan) aniq hujjatlar keltirganida
ular yer (yuzi)da kibru havo qildilar va (bizning azobimizdan) qochib 
qutilguvchi bo‘lmadilar» (Ankabut, 39). Va aytdi: «Albatta, Menga ibodat 
etishdan kibr-havo qilgan kimsalar yaqinda bo‘yinlarini eggan hollarida 
jahannamga kirurlar»
(G‘ofir, 60).
Va aytdi: «Aytildi: 
«Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar o‘sha joyda mangu qolursizlar!» 
Bas kibr-havo qilguvchi kimsalarning joylari naqadar yomondir!» (Zumar, 72). 
Va aytdi: «Albutta, ul Zot mutakabbir kimsalarni sevmas»
(Nahl, 73). 
Albatta, Alloh taolo tavozu’ ahlini maqtadi va aytdiki: 
«Rahmonning (suyukli) 
bandalari yerda tavozu’ bilan yuradiganlardir»
(Furqon, 63). Ya’ni tavozu’lilarni 
Alloh maqtadi va Payg‘ambar (s.a.v.) ham tavozu’li bo‘lishlikka amr qildilar. 
«Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting»
(Hijr, 88) va yana: 
«O‘zingizga 
ergashgan mo‘min bo‘lgan kishilar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni, ularga 
xushxulq bilan kamtarona muomalada bo‘ling)»
(Shuaro, 215). Va yana Alloh 
taolo Payg‘ambarning (s.a.v.) xulqlarini maqtadi: 
«Albatta, Siz ulug‘ xulq 
ustidadirsiz»
(Qalam, 4). U kishining xulqlari kamtarinlik edi. Chunki kelgan 
xabarlarga ko‘ra, u kishi eshak minardilar, qullar chaqirishsa, borardilar. Albatta, 
kamtarinlik xulqlarning yaxshisi ekanligi isbot bo‘ldi. O‘tgan solihlarning xulqlari ham 
kamtarinlik edi. U zotlarga ergashishimiz vojib bo‘ladi. Hammalaridan Alloh rozi bo‘lsin. 
Zikr qilindi: «Umar ibn Abdulazizning uyiga bir kuni mehmon keldi. Xufton namozini 
o‘qigandan keyin, bir narsa yoza boshladi. Mehmon oldilarida ekan, chiroqning nuri 
xiralashib qoldi. Mehmon: «Ey amiral mo‘minin, men men turib chiroqqa yog‘ 
to‘ldirayinmi?» deb so‘radi. Umar: «Mehmoniga bir ish qildirmog‘i kishining 
odamgarchili-gidan emas», dedi. Mehmon: «Xizmatchini uyg‘otayinmi?» dedi. Umar: 
«Yo‘q, u hozirgina uyquga ketdi», dedi. So‘ngra o‘zi turib, yog‘ idishdan yog‘ni olib, 
chiroqni to‘ldirdi. Mehmon: «O‘zingiz to‘ldirdingiz-ku, ey amiral mo‘minin», dedi. Umar 
ibn Abdulaziz: «Men turganimda ham Umar edim, qaytib kelib o‘tirganimda ham o‘sha 
Umarman. Odamlarning yaxshisi Alloh nazdidagi kamtarin kishilardir», deb javob qildi». 
Qays ibn Abu Hozim rivoyat qiladi: «Umar ibn Xattob Shomga keldi. U kishini shahar 
olimlari va kattalari kutib oldilar va aytdilarki: «Ey amiral mo‘minin! Egarlangan xachirga 
mining, odamlar sizni ko‘radi». Umar aytdi: «Ular amirni yerdan ko‘radilar. Holbuki, amir 
u yerdadir», deb qo‘llari bilan osmonga ishora qildi keyin aytdi: «Menga teginmanglar». 
Boshqa rivoyatlarda shunday deyiladi: Umar bilan g‘ulomi bir tuyani almashib minib 
ketishardi. Hazrat Umar tuyaga minsa, xizmatchisi tuyaning yuganidan olib yetaklardi. 
Bir farsax miqdor yursa tushardi va xizmatchi minardi. Umar yuganni olib yetaklardi. 
Tuyaga minish navbati g‘ulomga yetib, tuyaga mindi va Umar tuyaning yuganini olib 
yetakladi. Bir farsax yurdilar, vaqtiki Shomga yaqin qolganida xizmatchisining navbati 
kelib qoldi. Xizmatchi mindi. Umar yetakladi. Ularning oldidan yo‘lda suv chiqib qoldi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin