Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
113
Albatta, kiyimimning pokligi, poyabzalimning bog‘ichi, qamchimning ilgichi meni 
o‘ylantiradi, bular kibrdan emasmi?» deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh 
taolo go‘zaldir, chiroyli kiyinganlarni va chiroylilarni yaxshi ko‘radi. Bandasiga bergan 
ne’matni unda ko‘rmoqlikni yaxshi ko‘radi. Alloh faqirlikni zohir qilguvchini va faqir 
bo‘lmay turib, faqirlikni ro‘kach qilguvchini yomon ko‘radi. Lekin kibr haqni inkor qilish, 
xalqni e’tiborga olmaslikdir». 
233. Hasan Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi: Payg‘ambar aytdilarki: «Kim etigi va 
kiyimini tuzatib kiyib, Allohga sajda uchun yuzini chang qilgan bo‘lsa, u kishi kibrdan pok 
bo‘libdi». 
234. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: «Kim jundan kiyim kiysa, eshagiga minsa, qo‘yni 
sog‘ib bolalari bilan ichsa, miskinlar bilan o‘tirsa, Alloh taolo undan kibrni o‘chiradi». 
Zikr qilindi: «Muso alayhissalom Alloh taologa munojot qildi: «Ey Rabbim, Sening 
yaratgan xalqing orasida o‘zingga yomonrog‘i qaysidir?» Alloh aytdi: «Ey Muso, kimning 
qalbi mutakabbir bo‘lsa, tili qo‘pol bo‘lsa, ikki ko‘zi uyatsiz bo‘lsa va qo‘li baxil bo‘lsa, 
xalqimning orasidagi o‘shandaylarni yomon ko‘raman». 
Urva ibn Zubayr aytdi: «Tavozu’ (o‘zini past olishlik) sharafli kishilarning ovidir, har bir 
ne’matga hasad qilinadi, lekin tavozu’da hasad yo‘q». 
Hakimlarning ba’zilari aytishdi: «Qanoatning mevasi rohatdir, o‘zini past olishning 
mevasi muhabbatdir». 
Zikr qilindi: Muhallab ibn Abu Sufra Hajjojning lashkarboshisi edi. Uning oldidan Mutrif 
ibn Abdulloh o‘tib qoldi. Muhallab harir kiyimda kerilib yurardi. Mutrif unga: «Ey 
Allohning bandasi, bu yurishni Alloh va rasuli yomon ko‘radi», dedi. Muhallab: «Meni 
tanimaysanmi?» deb so‘radi. Mutrif: «Ha, bilaman, avvaling iflos nutfa edi, oxiring 
sassiq o‘laksadir. Sen ko‘tarib yurgan narsalar axlatdir», dedilar. Shu gapdan keyin 
Muhallab bu yurishni tashlagan ekan. 
Hakimlardan ba’zi birlari deydilar: «Mo‘minning iftixor qilayotgani Rabbisidir, uning izzati 
dini bilandir. Munofiqning faxri hasabidir, uning izzati molidir». 
235. Ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar 
(s.a.v.) aytdilar: «Agar o‘zlarini past olgan kishilarni ko‘rsalaringiz, sizlar ham 
o‘zlaringizni past olingizlar. Agar mutakabbirlarni ko‘rsalaringiz, ularga takabburlik 
qilingizlar. Albatta, ularga xorlik, sizlarga sadaqa bo‘ladi». 
236. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qildi. 
Aytdilar: «Alloh uchun tavozu’da bo‘lgan kishining darajasini Alloh taolo ko‘taradi». 
Umardan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi. U kishi aytdi: «Tavozu’ning boshi 
musulmonlardan uchragan kishiga salom bilan boshlashingdir va majlisda kaerga kelgan 
bo‘lsang, o‘sha (bo‘sh) joyga o‘tirmoqlikka rozi bo‘lishingdir, yaxshilik va taqvoni gapirib 
yurmoqni yomon ko‘rishingdir». 
Faqih aytadi: Biling! Kibr kofirlarning va fir’avnlarning axloqidandir. Tavozu’ esa, 
payg‘ambarlar va solihlarning axloqidandir. Chunki, Alloh taolo kofirlarni kibr bilan 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin