Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
120
berib: «Ogoh bo‘linglar! Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar men bilgan
narsalarni sizlar bilganingizda edi, albatta,
kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar»,
dedilar. Shundan so‘ng, yana bir kun masjidga chiqdilar. Qavm kulishib, gapirishib
turgan edi, ularga salom berib: «Albatta, Islom g‘arib holatda boshlandi va g‘arib
holatga qaytadi. Qiyomat kunida g‘ariblarga qanday ham yaxshi», dedilar.
So‘rashdilarki: «Qiyomat kunidagi g‘ariblar kimlar?» deb. «Odamlar buzilib ketgan
vaqtda ular salohiyat va yaxshilikda bo‘ladilar», dedilar».
Faqih aytadi: Bizlarga Ishoq ibn Mansur aytadiki: «Xizr alayhissalom Muso
alayhissalomdan ajralayotgan vaqtda Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga: «Menga
mav’iza qiling», dedilar. Xizr alayhissalom: «Yo Muso,
tortishishdan saqlaning, biror
hojatsiz yuruvchi bo‘lmang, sababsiz kulmang, xato qilgan kishiga xatosini aytib ayb-
lamang», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Xato qilguvchilarning xatosini aytib, ayblamang va
qilgan xatolaringizga yig‘lang, ey Imron o‘g‘li», degan edilar».
250. Ibn Abdullohdan rivoyat qilindi: «Payg‘ambar (s.a.v.) kulmasdilar,
balki tabassum
qilardilar, qaraganlarida ham hammaga barobar qarar edilar».
Bu xabar tabassum qilishning mubohligiga dalildir. Albatta, qahqaha otib kulishdan
qaytardilar. Kishi qahqaha otib ozgina kulsa, oxiratda ko‘p yig‘laydi. Endi o‘ylangchi,
dunyoda ko‘p kulsa, qiyomat kunida uning holi qanday bo‘ladi? Alloh taolo: «Bas,
o‘zlarining kasb qilgan narsalarini (ya’ni kofirlikni tanlaganlari) jazosiga (bu dunyoda)
ozgina kulsinlar, (so‘ngra oxiratda) ko‘p yig‘lasinlar!» (Tavba, 82).
Rabi’ ibn Husayma deydi: Allohning kalomida: «Ozgina kulsinlar» – dunyoda va «ko‘p
yig‘lasinlar» – oxiratda jahannam o‘tida «qilgan kasblariga jazo bo‘lib», deyilmoqda.
Hasan Basriy aytdi (roziyallohu anhu): «Ajabo kuluvchidan! Uning orqasida do‘zax!
Ajabo xursand bo‘luvchidan! Uning orqasida o‘lim!»
Aytiladiki: «Hasan Basriy kulib turgan yigitni oldidan o‘tdi va unga qarab: «Ey o‘g‘lim,
sirotdan o‘tdingmi?» dedi. Yigit: «Yo‘q!» deb javob qildi. Yana savol qildi: «Senga
ravshan bo‘ldimi jannatda yoki do‘zaxda bo‘lishing?» Yigit: «Yo‘q!» dedi. Hasan Basriy
so‘radi: «Kulishingga ne sababdir?»
Bu suhbatdan keyin o‘sha yigitning kulgani ko‘rilmadi. Hasan Basriyning so‘zlari
uning
qalbiga o‘rnashib, kulishdan tavba qilgan ekan».
Zikr qilinishicha, o‘sha zamonning olimlari shunday edilar. Ular biror mav’izada
gapirsalar, ularning kalomlari eshituvchiga ta’sir qilardi. Chunki ular ilmlariga amal
qilardilar, ularning ilmlari boshqalarga ta’sir qilardi. Ammo bizning zamonamiz olimlari
ilmlariga amal qilmaganidan, boshqalarga ham ilmlari foyda bermaydi.
Ibn Abbosdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: «Kim
kulib gunoh qilsa, u
do‘zaxga yig‘lab kiradi».
Aytildi: «Odamlarning dunyoda ko‘p kulganlari oxiratda ko‘p yig‘laydilar. Dunyoda ko‘p
yig‘laganlari jannatda ko‘p kuladilar».