www.ziyouz.com kutubxonasi
118
Alloh taolo ularning Payg‘ambariga vahiy qildi: «Falonchiga aytgin: «Alloh taolo sen
o‘ylagan (narsa) bug‘doy bo‘lmasa ham, senga o‘shaning ajrini berdi. U bilan sadaqa
qilding», deb», ya’ni yaxshi niyat qilganing uchun.
Alloh taolo unga ajrni niyati yaxshiligi uchun va musulmonlarga shafqatli bo‘lganligi
uchun hamda ularga rahmati borligi uchun berdi. Musulmon kishi musulmonlarga
shafqatli, rahmdil bo‘lishligi lozim.
Zikr qilindi: «Bir kishi Abdulloh ibn Abbosning oldiga kelib: «Menga vasiyat qiling», dedi.
Abdulloh ibn Abbos: «Sizga olti narsani vasiyat qila-man», dedi.
1. Alloh sizga kafil qilib bergan narsalarga qalbni ishontirish va oxiratni tafakkur qilish.
2. Farzlarni o‘z vaqtida ado etish.
3. Allohning zikrida ho‘l til bilan bo‘lishlik (ya’ni, hamisha).
4. Shayton bilan kelishmaslik. Chunki u xalqqa hasad qiluvchidir.
5. Dunyoga bino qilmaslik. Chunki dunyo sizning oxiratingizni buzadi.
6. Musulmonlarga doimo nasihat qilmoqlik».
Faqih aytadi: Mo‘min kishi musulmonlarga nasihatgo‘y, rahmli bo‘lmog‘i lozimdir. Bu esa
saodatmandlik alomatlaridandir.
Aytiladiki: «Saodatmandlik belgilari o‘n bir xislatdan iboratdir:
1. Dunyoda zohid, oxiratda rag‘bat holatida bo‘lmog‘i.
2. Uning himmati ibodat va tilovati Qur’on bo‘lmog‘i.
3. So‘zga muhtoj bo‘lmagan vaqtida kamgap bo‘lmog‘i.
4. Besh vaqt namozlarini vaqtida o‘qimog‘i.
5. Harom va shubhali narsalar bor yerda ehtiyot bo‘lmog‘i.
6. Solih kishilar bilan suhbatda bo‘lmog‘i.
7. Mutakabbir emas, tavozu’li bo‘lmog‘i.
8. Saxiy va qo‘li ochiq bo‘lmog‘i.
9. Allohning maxluqlariga rahmli bo‘lmog‘i.
10. Xalqqa manfaatli bo‘lmog‘i.
11. O‘limni ko‘p eslamog‘i.
Va badbaxtlik alomati ham o‘n bittadir:
1. Mol yig‘ishga haris bo‘lmog‘i.
2. Qiziqish dunyo shahvati va lazzatlariga bo‘lmog‘i.
3. So‘zda ko‘p uyatli so‘zlamog‘i.
4. Namozda beparvo bo‘lmog‘i.
5. Yeyishi harom va shubhalardan bo‘lmog‘i, suhbati esa fojirlar bilan bo‘lmog‘i.
6. Yomon xulqli bo‘lmog‘i.
7. O‘zini yuqori oladigan mutakabbir, faxrlanuvchi bo‘lmog‘i.
8. Odamlarning manfaatini to‘smog‘i.
9. Musulmonlarga rahmi oz bo‘lmog‘i.
10. Baxil bo‘lmog‘i.
11. O‘limni unutmog‘i».
Zohidlarning ba’zisidan zikr qilindi: «Uning uyida bir qop don bor edi. Odamlarga qahat
kelganda, donni sotib yubordi. Keyin o‘zining hojati uchun don sotib olishga borganda:
«Agar o‘zingdagi bor narsani ushlab turganingda edi», deyishdi. U: «Odamlarning