www.ziyouz.com kutubxonasi
119
g‘amiga sherik bo‘lishni xohladim», dedi».
________
XXI bob. Ixtikor bobi hadislari 1. Muammar ibn Abdulloh Adaviy. “Payg‘ambarning (s.a.v.) mana bunday deganlarini eshitganman...” Sahih*. Muslim (130-1605/3).
2. Ibn Umar. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimki ovqatni 40 kun saqlab tursa...” Inkor qilingan zaif*. Ahmad (33/2), Hokim (11/2) va
“G‘oyatul-marom” (324) ga qarang.
3. Said ibn Musayyab. “Chetdan mol olib keluvchi...” Zaif*. Ibn Moja (2153), Hokim (11/2), Bayhaqiy (30/6) va “G‘oyatul marom” (327) ga
qarang.
4. Sha’biy. “Bir kishi o‘g‘lini kasbli qilmoqni xohladi...” Munqoti’*. “Almatolibul oliya” (1272/379/1) ga qarang.
5. Hadis. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Men narx qo‘ymayman...” Sahih*. Abu Dovud (3401), Termiziy (1314) va Ibn Moja (2200)
Anasdan.
6. Hadis. “Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilindi: “...” Botil*. Uqayliy “Az-zuafo” (1399), Ibn Javziy, “Al-Mavzu’ot” (341/2) va Suyutiy ham “Al-
lao” kitobida bu hadisni bekor hadis deganlar.
XXII BOB. KULISHDAN QAYTARISH Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladi: Sufyon ibn Uyayna aytdi: Iso alayhissalom
sahobalariga aytdilar: «Ey yerning tuzlari, buzilmanglar. Agar narsalardan buzilsa, tuz
bilan davolanadi. Agar tuz buzilsa, hech narsa bilan davo qilinmaydi. Ey havoriylar
jamoasi, o‘zingiz ilm o‘rgatgan kishilardan haq olmangizlar, magar menga ozgina
hadyalar qilganingizdan boshqa. Bilingizlar, sizlarda ilmsizlikdan ikki xislat bor: sababsiz
kulishlik va kechasi uxlab, yana kunduzi uxlashlik».
Faqih aytadi: Iso alayhissalom so‘zlarining ma’nosi bunday: Yerning tuzlari ulamolardir.
Albatta, ulamolar xalqni isloh qiladilar, tazatadilar, ularga oxirat yo‘lini dalolat qiladilar.
Agar olimlar oxirat yo‘lini tark qilsalar, ularni kim bu yo‘lga dalolat qiladi?! Bilmaganlarni
kim ergashtiradi?! Bilmaganlar kimga ergashadi?!
Yana so‘zning davomi: «Ta’lim bergan kishilaringizdan haq olmangizlar, magar menga
bergan ozgina hadyalaringizdan boshqa». Ya’ni olimlar nabiylarning vorislaridir.
Shuningdek, payg‘ambarlar xalqni haq olmasdan o‘qitishgan. Allohning so‘zi: