«Bu qandoq kitobki, na kichik va katta na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab-bitib qo‘yibdi» (Kahf, 49) oyati haqida aytdi: «Kichigi
tabassum, kattasi – qahqahadir», ya’ni qahqaha katta gunohlardandir.
Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilindi: «Agar men bilgan narsani bilganlaringizda
edi, kam kulib, ko‘p yig‘lardingiz. Agar men bilgan narsani bilganla-ringizda edi,
bellaringiz uzilguncha sajda qilardingiz, ovozingiz o‘chguncha baqirardingiz. Alloh
taologa yig‘langlar! Agar yig‘lamoqqa qodir bo‘lmasangiz, yig‘lovchiga o‘xshanglar».
252. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar : «Qiyomat kunida uch ko‘zdan boshqa hamma ko‘z
yig‘laydi:
1. Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z. 2. Alloh harom qilgan narsalardan tiyilgan ko‘z. 3.
Alloh yo‘lida tong ottirgan ko‘z».
Abu Hanifa aytdi, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Men bir marta kulganman, o‘shanga ko‘p
pushaymonlarim bor. Amr ibn Ubayd Qadariy mutaziliylarining imomi bilan munozara
qildim. Vaqtiki, g‘alabani sezib, kuldim, menga aytdiki: «Ilmdan gapirib, yana kulasan.
Senga hech qachon gapirmayman». Men o‘sha ishga pushaymon bo‘ldim. Shu vaqtda
kulmaganimda edi, uning menga aytgan so‘ziga javob qaytarardim. Bunda olimning
salohiyati bordir».
Muhammad ibn Abdullohdan rivoyat qilindi, u kishi aytdi: «Kim ortiqcha qarashni tark
qilsa, xushu’ga yetgan bo‘ladi, kim kibrni tashlasa, tavozu’ga yetgan bo‘ladi, ko‘p
gapirishni tashlasa, hikmatga yetadi. Kim ko‘p ovqat yeyishni tashlasa, ibodatning
halovati bo‘ladi, kim mazax qilishni tashlasa, yuzi yorug‘ bo‘ladi, kim kulishni tark qilsa,
haybatga yetgan bo‘ladi, kim rag‘batni tark qilsa, muhabbatga yetgan bo‘ladi. (Ya’ni
odamlarning mollaridan rag‘bat qilishni tashlasa, odamlar uni yaxshi ko‘radi.) Kim
josuslikni tark qilsa o‘zining ayblarini isloh qilishga yetadi, kim Allohning sifatlarida
gumonni tashlasa, shubha va nifoqdan najot topadi».
253. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taoloning: «Uning tagida ular uchun bir xazina
bor edi» (Kahf, 82), degan so‘zidagi «xazina» tillodan lavh (taxta) bo‘lib, unda beshta
satr yozilgan:
1. O‘limga ishonib, xursand bo‘lib yurgan kishiga ajablandim.
2. Do‘zaxni bilib, kulib yurgan kishiga ajablandim.
3. Qadarga ishonib, yana xafa bo‘ladigan kishiga ajablandim.
4. Dunyoning ketib qolishini va ahliga kelishini bilib, xotirjam bo‘lgan kishidan
ajablandim.
5. La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh – Allohdan boshqa ma’bud yo‘q, Muhammad
uning elchisidir».
Sobit Banoniy, Alloh rahmat qilsin, aytdi: «Mo‘minning kulishligi oxirat ishlaridan
g‘aflatda qolishidandir. Agar undan g‘aflatda bo‘lmaganda edi, hech kulmasdi».
Yahyo ibn Maoz Roziy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: «Bir xursandchilikni talab qilgin,
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy