Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
117
XXI BOB. IHTIKOR
242. Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, Muammar ibn Abdulloh 
Adaviydan rivoyat qiladi: «Payg‘ambarning (s.a.v.) mana bunday deganlarini 
eshitganman: «Xatokor odam ihtikor qiladi». 
243. Ibn Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: 
«Kimki ovqatni qirq kun saqlab tursa, u Allohdan bezor bo‘libdi, Alloh ham undan bezor 
bo‘ladi». 
244. Said ibn Musayyab Umar ibn Xattobdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qildi: 
«Chetdan mol olib keluvchi rizqlangandir, ihtikor qiluvchi la’natlangandir». 
Chetdan mol olib keluvchi o‘sha yeguliklarni sotish uchun sotib oladi va uni o‘z shahriga 
olib borib sotadi. U rizqlangandir. Chunki odamlar bundan foydalanadilar va u 
odamlarning duosiga musharraf bo‘ladi. Oziq-ovqatni yig‘ib qo‘yuvchi yemaklarini man 
qilish uchun sotib oladi va odamlarga zarar beradi. 
245. Sha’biy rivoyat qiladi: «Bir kishi o‘g‘lini kasbli qilmoqni xohladi. Bu to‘g‘rida 
Payg‘ambar (s.a.v.) bilan maslahatlashdi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga aytdilar: «O‘g‘lingni 
bug‘doy sotuvchiga bermagin, qassobga ham bermagin, kafan sotuvchiga ham 
bermagin. Chunki oziq-ovqatni qirq kun saqlab sotib, Allohga yo‘liqishdan ko‘ra, 
aroqxo‘r, zino-kor holatda yo‘liqishi yaxshiroqdir. Qassob esa hayvonni so‘yayotganida 
uning qalbidan rahmat ketadi, kafan sotuvchi bo‘lsa, bu ummatning o‘lishini xohlaydi. 
Mening ummatimdan tug‘ilganlar menga bu dunyodan va undagi narsalardan 
suyukliroqdir». 
Faqih aytadi: Mol to‘plash degani, yegulik narsalarni o‘z shahrida sotib oladi va 
sotishdan to‘xtab turadi. Odamlar unga hojatmand bo‘ladi. Qaytarilgan ihtikor mana 
shudir. Ammo yeyiladigan narsani nobud bo‘lishidan yoki boshqa shaharga jo‘natish 
uchun olib qo‘ysa, u ihtikor bo‘lmaydi. Lekin odamlar unga hojatmand bo‘lsa, afzal ish 
sotishdir. Uni sotishdan to‘xtatib turish gunohkor bo‘lishdir. Niyati yomonligi bilan yoki 
musulmonlarga shafqati kamligi uchun muhtakir kishini o‘sha yeyishlikni sotishga 
majbur qilish lozim bo‘ladi. Agar bundan qaytmasa, ta’zir va odob beriladi. Lekin uning 
narsasiga narx qo‘yilmaydi. Unga: «Odamlar sotganidek sotgin», deb aytiladi. 
246. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilarki: «Men narx qo‘ymayman. Albatta, Alloh taolo 
narxni belgilovchidir». 
247. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Qimmatchilik va arzonchilik Allohning askaridir. 
Birining ismi rag‘bat, ikkinchisi rahbat.1 Vaqtiki, Alloh taolo arzon qilishni xohlasa, 
odamlarning qalbiga qo‘rqinchni tashlaydi. Shundan so‘ng, ular o‘zlaridagi narsalarni 
chiqaradilar va arzonga sotadilar. Agar Alloh taolo qimmat qilishni xohlasa, odamlarning 
qalbiga rag‘batni tashlaydi. Ular o‘z qo‘llaridagi narsalarni saqlaydilar». 
Zikr qilindi: Bani Isroil qavmidan, zohidlardan biri qumtepaning oldidan o‘tib qoldi. U 
o‘zicha orzu qildiki: «Mana shu qumlar bug‘doyga aylansa va ochlik yetgan bani Isroil 
qabilasini to‘ydirsa», deb. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin