Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
107
2. Abu Hurayra. “Rasululloh shunday dedilar...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6057/10) va Muslim (2526/4).
3. Ibn Abbos. “Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida ikki, yangi qabrning oldidan...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (216) va Muslim (292).
4. Hasan. “Rasululloh aytdilar: “Odamlarning yomoni ikki yuzlamachidir”. Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6058/10) va Muslim (2526/4).
5. Hadis. “Kim ikki yuzlamachi bo‘lsa...” Sahih*. Abu Dovud (4873) va Buxoriy “Al-adabul mufrad” va “As-sahihat” (892).
XIX BOB. HASAD HAQIDA
218. Faqih Abu Lays Samarqandiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Hasandan rivoyat qiladi:
Payg‘ambar (s.a.v.) bunday degan ekanlar: «Dushmanlik va hasad yaxshiliklarni yong‘in
o‘tinni yegandek yeydi».
219. Abdurahmon ibn Muoviya rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Uch
narsadan hech kim najot topmaydi: gumondan, hasaddan, fol ochishdan». So‘rashdiki:
«Yo Rasulalloh! Ularga nima najot beradi?» Rasululloh (s.a.v.) javob qildilar: «Agar
hasad qilsang,
dushmanlik qilmagin; gumon qilsang, haq deb bilmagin;
yomon xayol
kelsa, uni o‘tkazib yuborgin».
«Agar hasad qilsang, dushmanlik qilmagin», degan so‘zning ma’nosi: «Agar qalbingda
hasad bo‘lsa,
uni zohir qilmagin, u haqda yomonlik bilan zikr qilmagin». Chunki Alloh
taolo qalbingda bo‘lgan narsa bilan jazolamaydi, modomiki o‘shani
tiling bilan
aytmasang yoki shunga amal qilmasang.
«Agar gumon qilsang, haq deb bilmagin», ya’ni bir musulmon haqida yomon gumonda
bo‘lsang, uni ko‘zing bilan ko‘rmaguningcha haq deb topma.
«Yomon
xayol kelsa, uni o‘tkazib yuborgin», degan so‘zining ma’nosi: bir joyga chiqishni
xohlasangiz, shunda siz boyo‘g‘lining ovozini eshitsangiz yoki hakkaning ovozini
eshitsangiz yoki a’zolaringizdan birortasida notinchlik bo‘lsa, o‘sha ishingizdan
qaytarmangiz.
Shu ishga boring, noumidlik qilmang.
220. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadiki, u zot yaxshi alomatni mahbub ko‘rardilar
va yomon gumon qilishni yoqtirmas edilar.
Aytiladiki: «Yomon fol johiliyat ishlaridan edi». Alloh dedi:
Dostları ilə paylaş: