www.ziyouz.com kutubxonasi
142
"Ey Abu Dardo, uni (savdoni) nimaga yomon ko‘rasiz?" deb. "Qiyomatda hisobi og‘ir
bo‘lgani uchun", dedilar u zot.
293. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Ey Parvardigor! Kim meni yaxshi ko‘rsa, uni yetarlilik va qanoat bilan
rizqlantir. Kim meni yomon ko‘rsa, molini va bolalarini ko‘paytir".
294. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot aytdilar: "Faqirlik
dunyoda mashaqqat, oxiratda xursandchilikdir. Boylik dunyoda xursandchilik, oxiratda
esa mashaqqatdir".
Faqih aytadilar: "Musulmon kishi, garchi o‘zi boy bo‘lsa ham, kambag‘allarni yaxshi
ko‘rmog‘i lozim. Chunki kambag‘allarni yaxshi ko‘rishda Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamni yaxshi ko‘rish bor. Alloh taolo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga
kambag‘allarni yaxshi ko‘rishni va ularga yaqinlashmoqni buyurganlar:
"Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting" (Kahf, 28).
Ya’ni, nafsingizni faqirlar bilan birga tuting, ular o‘z nafslarini ibodatga bog‘lashdi.
Bu oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagicha:
Uyayna ibn Hisn Fazoriy qavmining raisi edi. Bir kuni u Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam oldilariga kirganida, Salmon Forsiy, Suhayb Rumiy, Bilol ibn Hamoma Habashiy
va boshqa kambag‘al sahobalar (Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin) o‘sha yerda edi.
Ularning ustida eski yirtiq kiyimlari bo‘lib, bir oz terlashgan edi. Uyayna shunda:
"Bizlarda obro‘-sharaf bor. Biz oldingizga kirganimizda, ularni huzuringizdan chiqaring,
ular bizga hidlari bilan ozor berishyapti yoki biz uchun boshqa majlis chaqiring", dedi.
Alloh taolo ularni u yerdan chiqarishni man’ etdi va bunday deb oyat indirdi: "Siz
o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan
birga tuting". Ya’ni, ular besh vaqt namozini o‘qib, Parvardigorining rizosini talab
qilishadi.
"Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga
boqmasin)". Ya’ni, dunyo hayoti ziynatlari talabida ularni kam ko‘rmang.
"Va Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi nafsiga ergashgan
kimsalarga itoat etmang!" Ya’ni, Bizdan, Qur’ondan yuz o‘girganlarga va ba’zi nafsining
shahvatiga ergashgan kambag‘allarga itoat qilmang.
"Ularning ishi izdan chiqdi", ya’ni, ularning ishi zoe’ va botil bo‘ldi.
Alloh taolo Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallamga faqirlar bilan o‘tirishni, ularga yaqin
bo‘lishni buyuryapti. Bu buyruq barcha musulmonlarga qiyomat kunigacha
kambag‘alliklari uchun musulmon faqirlarini yaxshi ko‘rmoqni, ularga yaxshilik qilmoqni
va ularga molu dunyolaridan infoq bermoqni vojib etadi. Chunki ular qiyomat kunida
Allohning yo‘lboshlovchilaridir va ulardan shafoat umid qilinadi.
295. Hasan (Alloh u zotga rahm qilsin) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat
qiladilar: U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qiyomat kuni bir banda keltiriladi.
So‘ngra dunyoda kishi kishidan uzr so‘ragandek Alloh taolo undan uzr so‘raydi. Aytadiki,
ulug‘ligimga va izzatimga qasam, xorliging uchun sendan dunyoni to‘sganim yo‘q, balki
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy