Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


"Sizlardan har biringiz unga (do‘zaxga) tushuvchidirsiz"[/b[, degan Allohning



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

"Sizlardan har biringiz unga (do‘zaxga) tushuvchidirsiz"[/b[, degan Allohning 
va’dasi bor (Maryam,71).
343. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi mo‘minga musibat yetsa, 
garchi u musibati eskirsa ham, musibati uchun "inna lillahi va inna ilayhi roji’un" 
kalimasini aytsa, Alloh o‘sha aytganiga ajrini beradi". Ya’ni, Alloh unga musibat yetgan 
kundagi ajrining o‘xshashini beradi. 
Usmon ibn Affondan (r.a.) zikr qilinadi: Agar farzand tug‘ilsa, u kishi yettinchi kuni uni 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
160
qo‘lga olardilar. Bu haqda so‘rashganda: "Men uning muhabbati qalbimga tushishini 
yaxshi ko‘raman, agar o‘lib qolsa, ajrim katta bo‘ladi", degan edilar. 
344. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Bir kishi o‘g‘ilchasi bilan Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam oldilariga kelib turardi. Keyin uning o‘g‘li vafot etib, otasi kelmay qo‘ydi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni surishtirdilar. Sahobiylar: "Ey Allohni elchisi, 
uning siz ko‘rgan o‘g‘li vafot etdi", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Menga xabar bermadinglarmi? Turinglar, birodarimizga ta’ziya bildirishga 
boramiz". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uning oldiga kirganlarida, u g‘amnok 
edi. So‘ngra u: "Ey Allohni elchisi, men undan qarib, zaiflanadigan kunlarim uchun umid 
qilgan edim", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qiyomat kuni kelib, 
unga, jannatga kirgin, deganda: "Ota-onam-chi, ey Rabbim!" deyishi seni xursand 
qilmaydimi?! Unga uch marta, jannatga kirgin, deyishadi. Shafoatida davom etib, oxiri 
Alloh shafoat qilib, hammalarini jannatga kirgizadi". Keyin u kishidan xafalik ketdi". 
Bu xabar bir kishiga musibat yetsa, unga ta’ziya bildirish sunnat ekaniga dalildir. 
Faqih aytadilar: Otam Hasan Basriydan rivoyat qildilar: Muso alayhissalom 
Parvardigordan so‘radilar: "Ey Rabbim, kasalni ko‘ruvchilar uchun qanday ajr bor?" "Uni 
xuddi yangi tug‘ilgandek gunohlardan pok chiqaraman". Muso so‘radilar: "Ey Rabbim, 
o‘likni qabristongacha kuzatib boruvchiga qanday ajring bor?" Aytdi: "O‘lgan vaqtida 
maloikalarni jo‘nataman, uni qabristonga bayroqlar bilan olib borishadi, keyin 
mahsharga ham". Muso aytdilar: "Ey Rabbim, bolasini yo‘qotgan onaga ta’ziya aytgan 
kishiga qanday ajring bor?" Aytdi: "Qiyomat kuni arshning soyasidan boshqa hech soya 
bo‘lmagan kunda uni arshning soyasiga olaman". 
345. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz aytdilar: "Bandaning ikki 
narsani ichiga yutishi Alloh taologa mahbubdir: Fazabni ichiga yutib, uni hilm bilan 
qaytarishi va bir musibat yetsa, ichiga yutib, sabr qilishi. Ikki tomchidan ko‘ra Allohga 
mahbubroq tomchi yo‘qdir: Allohning yo‘lida to‘kilgan qon va kechasi sajda qilib turgan 
paytda tushgan ko‘z yoshi tomchisi. Uni Allohdan boshqa hech kim ko‘rmaydi. Ikki 
qadamdan ko‘ra Alloh taologa mahbubroq qadam yo‘qdir: Farz qilingan namozga yurib 
borgan qadam va qarindoshlikni bog‘lash uchun bosilgan qadam". 
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Sulaymon alayhissalomning o‘g‘illari vafot etdi. U kishi ko‘p 
xafa bo‘ldilar. Ikki farishta kelib, u kishining oldilarida xusumat kiyimlarida o‘tirishdi. 
Birlari aytdiki: "Don ekdim, ammo o‘rmadim, mana bu narsa o‘tib, uni vayron qildi". 
Boshqasi aytdi: "Sen nima deysan?". Aytdi: "Joduni olib ekinzorga keldim va uni chapga, 
o‘ngga otdim. Shunda ekinzor ustida yo‘l paydo bo‘ldi". Sulaymon aytdilar: "Nimaga 
yo‘lning ustiga don ekding? Odamlarning yo‘li borligini bilmasmiding?" Farishta: "Nimaga 
farzandingga xafa bo‘lyapsan? O‘lim oxirat yo‘li ekanini bilmasmiding?" dedilar. 
Xabarda keladiki, Sulaymon alayhissalom Allohga tavba qilib, shundan keyin bolalariga 
motam tutmagan ekanlar. 
Abdulloh ibn Abbosga (r.a.) qizchasi vafot qilganligi to‘g‘risida xabar keldi. U kishi 
safarda edi. "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un", dedilar. Keyin: "U avrat edi, uni Alloh 
satriga oldi, uning ashyolariga Alloh o‘zi kifoya qiladi va bu ish Alloh menga bergan bir 
ajrdir", dedi va ikki rak’at namoz o‘qidi. So‘ng aytdi: "Alloh taolo bizga buyurgandek 
qildik", dedilar va: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin