Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

O‘TTIZ BIRINCHI BOB 
BESH VAQT NAMOZ HAQIDA
365. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Hasandan 
(r.a.) rivoyat qilindi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Besh vaqt 
namozning misoli eshiklaringiz oldidan oqib o‘tayotgan suvi ko‘p daryo kabidir. Unda har 
kuni besh marotaba yuvingan odamning tanasida kir qoladimi?" 
Ya’ni, besh vaqt namoz kishini gunohlardan poklaydi, kattalaridan boshqasi qolmaydi. 
Bu ish faqat namozni ulug‘lab, ruku’larini, sajdalarini mukammal qilib o‘qisa. Mabodo 
ruku’si, sajdasi tamomiga yetmasa, u namoz rad qilingaydir. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
167
366. Rafo’a ibn Rofe’ ibn Xolid aytadilar: "Biz Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
huzurlarida edik, shu vaqt bir kishi kelib, qiblaga yuzlanib namoz o‘qidi. Keyin namozini 
tugatib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib, u zotga sollallohu alayhi 
vasallam va qavmga salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qaytib 
namozingni boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qimading", dedilar. Haligi kishi qaytib, yana 
namoz o‘qidi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana: "Namozingni qaytadan o‘qi, 
chunki sen namoz o‘qimading", dedilar. Shunday deb ikki yoki uch marta buyurdilar. U 
kishi: "Imkoniyatim boricha o‘qidim, ammo namozimning aybini bilmayapman", dedi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Tahoratni Alloh buyurganidek 
mukammal qilmasalaringiz, namozlaringiz komil bo‘lmaydi. Tahoratda yuzini, so‘ng ikki 
qo‘lini tirsagigacha yuvadi va boshiga mash tortadi, keyin ikki oyog‘ini to‘pig‘igacha 
yuvadi. Keyin Allohga takbir va hamd aytadi, so‘ng Qur’ondan qodir bo‘lganicha o‘qiydi, 
so‘ngra takbir aytadi va ruku’ qiladi, qo‘lini tizzasiga qo‘yib, bo‘g‘inlarini xotirjam 
ushlaydi, ozgina turgandan keyin boshini ko‘tarayotib, "sami’allohu liman hamidah", deb 
qomatini tik qiladi va ozgina turib, so‘ng takbir aytib sajdaga ketadi". 
Shunday qilib, to‘rt rak’at namozning o‘qilishini tushuntirdilar. So‘ng: "Ana shunday 
qilmasangizlar, hech biringizning namozingiz to‘liq bo‘lmaydi", dedilar. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sajda bilan ruku’ni to‘liq qilishni buyurdilar va 
ularsiz namoz qabul bo‘lmaslik xabarini berdilar. Mo‘min kishi namozini chiroyli, 
mukammal qilishga va bu namoz uning o‘tgan gunoh va xatolariga kafforat bo‘lishiga 
harakat qilmog‘i lozim. 
367. Usmonning (r.a.) ozod qilgan qullari Horis aytadilar: "Usmon (r.a.) biz bilan 
o‘tirgan edilar, muazzin keldi. Usmon (r.a.) suv oldirib, tahorat qildilar, keyin: 
"Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam men qilgandek tahorat qilganlarini 
ko‘rganman va: "Kim men qilganday tahorat olib, peshin namozini o‘qisa, Alloh taolo u 
namozi bilan bomdod namozi orasida bo‘lgan gunohlarini kechiradi, keyin asrni o‘qisa, 
Alloh taolo asr bilan peshin orasidagi gunohlarini kechiradi. So‘ng shom namozini o‘qisa, 
Alloh taolo shom bilan asr o‘rtasida o‘tgan gunohlarini kechiradi. Keyin xufton namozini 
o‘qisa, xufton bilan shom namozi orasida bo‘lgan xatolarini kechiradi. So‘ng yotadi va 
dumalab kechani o‘tkazadi. So‘ng turib, tahorat qilib, bomdod namozini o‘qisa, Alloh 
taolo bomdod va xufton namozi orasidagi xatolarini kechiradi. Bu yaxshiliklar 
yomonliklarni ketkazadi", deganlarini eshitganman", dedilar. 
Odamlar aytishdi: "Qolgan solih amallar-chi?" Aytdilar: "Subhanalloh valhamdulillah, va 
laa ilaha illallohu vallohu akbar, va laa havla va laa quvvata illa billahil ‘aliyyil az’im". 
368. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot aytdilarki: "Kimni erta bir kun 
qiyomatda Alloh taologa musulmon holda yo‘liqishi xursand qilsa, farz namozlarni azon 
aytilgan vaqtda ado etsin. Alloh taolo Payg‘ambaringizga hidoyat yo‘lini ko‘rsatdi. 
Albatta, u namozlar hidoyat yo‘llaridandir. Qasamki, jamoatdan kechikkan kishi uyida 
namoz o‘qiganidek, sizlar ham namozlaringizni uylaringizda o‘qisangizlar, 
Payg‘ambaringizning yo‘lini tark qilgan bo‘lasizlar. Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi 
vasallam sunnatlarini tark qilsangizlar, adashasizlar. Hali shunday zamonga yetamizki, 
bu namozlardan faqatgina la’natlangan munofiq kishi kech qolib, jamoatga chiqmaydi. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin