Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
169
375. Abu Hurayra (r.a.) deydilar: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Namozga 
buyurmoqni qasd qilsam-u keyin namoz boshlansa, so‘ng yigitlar bilan o‘tin olib chiqib, 
azonni eshitib, namozga chiqmagan qavmning uylariga o‘t qo‘yib yuborsam". 
376. Uboda ibn Somit (r.a.) Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qiladilar: "Besh vaqt 
namozni Alloh taolo bandalariga farz qildi. Kim bu namozlarni komil holatda bajarsa, 
ularning haqqini past sanab, noqis qilmasa, Alloh huzurida uning jannatga kirishiga ahd 
bordir. Kim ularning haqqini past sanab, tark qilsa, Alloh oldida u uchun hech qanday 
ahd yo‘qdir. Xohlasa, kechiradi, xohlasa azoblaydi".
Atodan (r.a.) Allohning:
"U masjidlarda ertayu kech u zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni tijorat 
ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr etishdan mashg‘ul qilib qo‘ymas"
(Nur,37), so‘zi 
xususida rivoyat qilindi: "Bu yerda farz namozlariga hozir bo‘lish haqida aytilyapti.
"Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur"
(Sajda, 16), degan so‘zi esa, 
tungi namoz haqidadir", dedilar u kishi.
Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Qiyomat kunida barcha 
xaloyiq – insu jin bir tepalikda jam bo‘ladi. Barcha ummatlar cho‘k tushgan holda 
saflanadi. Shunda bir nido qiluvchi nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom sohiblarini bilib 
olasizlar, Allohga hamma hollarda hamd aytuvchilar o‘rinlaridan tursin". Ular turib, 
jannatga ketishadi, keyin yana nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalarini bilib olasizlar. 
Yonboshlari o‘rin-joylaridan uzoq bo‘lgan, qo‘rquv va umid bilan Rabbilariga duo qilgan, 
biz bergan rizqlardan infoq-ehson etgan zotlar tursin". Ular turib jannatga ketishadi. 
Keyin uchinchi marta nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalari kimligini bilib olasizlar. 
Tijorat va oldi-sotdi Allohni zikr etishdan, namozni qoim qilishdan va zakot berishdan 
to‘sib qo‘ymagan kishilar tursin". So‘ngra ular ham o‘rinlaridan turib, jannatga ketishadi. 
U uch toifa jannatdan o‘z joyini olgandan keyin do‘zaxdan bir bo‘lak o‘t chiqib, xaloyiqqa 
yaqin keladi. Uning ikki o‘tkir ko‘zi va so‘zga mohir tili bor. Aytadiki: "Men uch toifaga 
vakilman. Jabr beruvchi qaysarlarga vakil qilindim". Keyin saflarning ichidan qush kunjut 
donini terib olgandek, u ham odamlarni saralab terib oladi. So‘ng ularni olib jahannam 
ichiga yashirinadi. So‘ngra ikkinchi marta chiqadi va: "Men Allohga va rasuliga aziyat 
berganlarga vakil qilindim", deydi. Ularni ham saflardan terib oladi va birga jahannamga 
yashirinadi. So‘ng uchinchi marta chiqadi..." 
Abu Minhol aytadilar: "O‘ylashimcha, u: "Men tasvir ahliga vakil qilindim", deydi va saf 
ichidan saralab olib, ular bilan jahannamga yashirinadi. Avvalgi va keyingi uch toifa 
olinganidan so‘ng, nomai a’mol tarqatiladi, taroziga qo‘yiladi va odamlar hisobga 
chaqiriladi". 
Zikr qilinishicha, iblis avvalgi zamonlarda ko‘zga ko‘rinar edi. Bir kishi undan: "Ey Abu 
Murra, nima qilsam sendek bo‘laman?" deb so‘radi. Shayton: "Senga voy bo‘lsin, hech 
kim bu narsani mendan talab qilmagan edi. Sen qanday talab qilasan?" dedi. Kishi 
aytdiki: "Men shuni yaxshi ko‘raman", deb. Iblis unga: "Menga o‘xshashni xohlasang, 
namozni yengil bilib, unda dangasalik qil va to‘g‘ri narsaga qasam ichyapsanmi, noto‘g‘ri 
narsagami, parvo qilma", dedi. Kishi: "Batahqiq, men Alloh bilan namozni 
tashlamaslikka va hech ham qasam ichmaslikka ahdlashdim", dedi. Iblis aytdiki: 
"Sendan boshqa hech kim hiyla qilib mendan ta’lim olmagan edi va men Alloh bilan 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin