Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
170
odamlarga nasihat qilmayman, deb ahdlashgan edim". 
Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Allohning mukarram bandalari quyosh va oyga rioya 
qiladilar". "Ey Abu Dardo, ular kimlar?" deb so‘rashdi. "Ular muazzinlar va namozining 
vaqtiga rioya qiluvchi musulmonlardir", dedilar u zot. 
377. Ja’far ibn Muhammad otasidan, u kishi bobosidan (r.a.) rivoyat qiladilar: 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz Alloh taboraka va taoloning 
roziligi, maloikalarning yaxshi ko‘radigani, payg‘ambarlarning sunnati, ma’rifat nuri, 
imonning asli, duoning ijobati, amallarning qabul bo‘lishi, rizqdagi baraka, badan uchun 
rohat, dushmanlarga qarshi qurol, shaytonga yomonlik, o‘lim farishtasi va sohibi 
o‘rtasida shafoatchi, qabrda chiroq, tagida to‘shak, Munkar-Nakirga javob, qabrida 
qiyomat kunigacha hamroh. Qiyomat bo‘lsa, namoz uning tepasida soyaga aylanadi. 
Boshiga toj, badaniga kiyim, oldida harakat qiluvchi nur, sohibi va do‘zax orasida satr 
bo‘ladi va u Alloh taboraka va taolo huzurida mo‘minlar uchun hujjatdir. Tarozida og‘ir 
sirotdan o‘tishga ijozat va jannatga kirishga kalitdir. Chunki namoz tasbeh, hamd, 
tamjid, ulug‘lash, ta’zim va duodir, barcha amallarning afzali vaqtida o‘qilgan namozdir". 
378. Hasan Basriydan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytadilar: "Qiyomat kunida bandadan birinchi hisob qilinadigan narsa 
namozdir. Agar uni bajarib yurgan bo‘lsa, hisobi yengil bo‘ladi. Agar undan kamaytirgan 
bo‘lsa, Alloh taolo maloikalariga: "Bandamning nafl namozlari bormi? Farzlarni nafllar 
bilan to‘ldiringlar", deydi. Agar farzlar nafllar bilan to‘lsa, boshqa amallar ham shu kabi 
hisob-kitob qilinadi". 
Aytilishicha, kim besh vaqt namozni har doim jamoat bilan ado etsa, Alloh taolo unga 
beshta xislat beradi: Undan tirikchilik tangligini ko‘taradi; qabr azobini ketkazadi; kitobi 
o‘ng tomondan beriladi; sirotdan chaqmoqdek o‘tadi; jannatga hisobsiz kiradi. Besh vaqt 
namozni jamoat bilan o‘qishga dangasalik qilgan kishini Alloh o‘n ikki ish bilan azoblaydi: 
Uchtasi shu dunyoda, uchtasi o‘lim paytida, uchtasi qabrda va uchtasi qiyomat kunida. 
Dunyodagi uchtasi: Kasbidan, rizqidan barakani ko‘taradi; boshqa amallari qabul 
qilinmaydi; yuzidan yaxshilik belgilari tortib olinadi va odamlarning qalbida unda g‘azab 
qilib qo‘yadi. O‘layotgan vaqtdagi uchtasi: Jonini chanqoq, och holatda va qattiqlik bilan 
oladi. Qabrdagi uchtasi: Munkar-Nakir so‘rovi, qabr qorong‘iligi va torligi. Qiyomatdagisi: 
Qattiq hisob, Allohning g‘azabi va do‘zaxda qattiq azob. 
Mujohiddan rivoyat qilinadi: "Bir kishi Ibn Abbosning (r.a.) oldilariga keldi va: "Ey 
Abbosning o‘g‘li, siz kechalari namoz o‘qigan, kunduzi ro‘za tutgan, lekin jum’aga va 
jamoatga bormagan, keyin shu holatda o‘lgan kishi to‘g‘risida nima deysiz, u qaerda 
bo‘ladi?" deb so‘radi. Ibn Abbos (r.a.): "U do‘zaxda bo‘ladi", dedilar. U odam bir oy shu 
to‘g‘rida so‘radi. Ibn Abbos: "U do‘zaxda bo‘ladi", deb javob beraverdilar". 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Shunday zamon keladiki, Islomning ismigina qoladi, 
Qur’onning rasmigina qoladi. Odamlarning u kundagi masjidlari obod, baland, lekin 
hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi, ularning olimlari u vaqtda osmon ostidagi eng yomon 
olimlardir, fitna o‘sha olimlardan chiqib, yana o‘zlariga qaytadi". 
Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Allohdan hojatlarni so‘rashga namoz kabi boshqa yaxshi 
ibodat yo‘qdir. Avvalgilar katta g‘amlarini namoz bilan ketkazar edi, qaysi biriga g‘am 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin