www.ziyouz.com kutubxonasi
166
361. Uqba ibn Omir Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam aytdilar: "Sizlardan qaysi biringiz tahorat qilib bo‘lgandan keyin:
"Ashhadu alla-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu va anna Muhammadan abduhu
va rosuluh", desa, jannatning sakkiz darvozasi ochiladi. U yerga xohlaganidan kiradi".
362. Abu Dardo (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim
besh amalni imon bilan qilsa, jannatga kiradi: Besh vaqt namozlarini o‘z vaqtida o‘qigan,
tahoratlari, ruku’lari, sajdalarini qilib, zakotini xursand holda ado etgan kishi, Allohga
qasamki, bu ishni faqat mo‘min qiladi; yana ramazonda ro‘za tutgan, qodir bo‘lsa,
Allohning uyiga haj qilgan va omonatni ado etgan kishi".
Abu Dardodan omonatning nimaligini so‘rashdi. U zot (r.a.): "Jinobatdan yuvinish. Alloh
taolo dinida odam farzandiga bundan ko‘ra omonatroq narsa bermagan", dedilar.
363. Usmon ibn Affon rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Kim tahoratini Alloh buyurgandek mukammal qilsa va namozni Alloh buyurgandek ado
etsa, u ikkisi orasidagi gunohlarga kafforat bo‘ladi".
364. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
bomdod namozi paytida Bilolga: "Ey Bilol! Islomda qilgan pok amalingni menga ayt,
chunki shu kecha jannatda kovushingning tovushini eshitdim", dedilar. Bilol: "Men
Islomda umidlik bir ish qilganim yo‘q, lekin kechasimi, kunduzimi, qachon tahorat olsam,
kam bo‘lsa-da, qodir bo‘lganimcha namoz o‘qiyman", deb javob qildilar.
Boshqa bir rivoyatda: "Tahorat ketishi bilan uni yangilayman, yangilashim bilan ikki
rak’at namoz o‘qiyman", deganlar.
_______________________
Tahoratning fazilatlari bobi hadislari 355-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad va boshqalar rivoyat qilgan.
356-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
357-hadis. Hasan. Ibn Muborak rivoyat qilgan. “Ad-dau vad-davo”ga qarang.
358-hadis. Muttafaqun alayh.
359-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim rivoyat qilgan.
360-hadis. Sahih. Nasoiy, Hokim rivoyat qilgan.
361-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
362-hadis. Hasan. Abu Dovud, Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan.
363-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan.
364-hadis. Muttafaqun alayh.