www.ziyouz.com kutubxonasi
174
Vaqtni ushlash uch narsada:
– vaqtni aniqlash uchun quyosh va oy-yulduzlarga qaramoq;
– azonni eshitmoq;
– qalbning vaqtni o‘ylab, fikr qilib turmog‘i.
Qiblaga yuzlanmoqning to‘kisligidagi uch narsa:
– yuz bilan qiblaga yuzlanish;
– qalb bilan Allohga yuzlanish;
– qo‘rqqan, xokisor holatda bo‘lish.
Niyatning to‘kisligi uch narsada:
– qaysi namozni o‘qiyotganini bilish;
– Allohning oldida turganini va Uning ko‘rib turishini bilib, qo‘rqish;
– Alloh bandaning qalbida nima borligidan xabardor ekanini bilish.
Takbirning to‘kis bo‘lishligi uch narsa bilan:
– jazm qilgan holda to‘g‘ri takbir aytish;
– ikki qo‘lini qulog‘i barobar ko‘tarish;
– qalbini hozir qilgan holda ta’zim bilan takbir aytmog‘i.
Qiyomning tom bo‘lishi uch narsada:
– ko‘zni sajda o‘rniga qadamoq;
– qalbni Allohga qilmoq;
– o‘nga-chapga burilmaslik.
Qiroatning tom bo‘lishi uch narsa bilan:
– Fotiha surasini to‘g‘ri o‘qimoq;
– uning ma’nolarini fikr etmoq;
– o‘qiganiga amal qilmoq.
Ruku’ni to‘kis bo‘lishi uch narsa bilan:
– belni tekis qo‘ymoq, past qilib yoki ko‘tarib yubormaslik;
– ikki qo‘lni ikki tizzaga qo‘ymoq, barmoqlar orasini yoymoq;
– ruku’da xotirjam turish, tasbehlarni viqor bilan aytmoq.
Sajdaning tom bo‘lishi uch narsa bilan:
– ikki qo‘lni qulog‘i ro‘parasiga qo‘ymog‘i;
– bilaklarni yoyib yubormaslik;
– sajdada xotirjam bo‘lmoq va ta’zim bilan tasbehlarni aytmoq.
Oxirgi qa’daning to‘kisligi uch narsa bilan:
– chapini qadab, o‘ng oyoqda o‘tirmoq;
– tashahhudni ta’zim bilan o‘qimoq, o‘zining haqqiga, musulmonlar haqqiga chiroyli duo
qilmoq;
– salomni to‘la bermoq.
Salomning to‘kis bo‘lishi qalbda niyatning to‘g‘ri bo‘lishi bilandir. Salom o‘ng va chap
tomondagi maloikalar, erkaklar va ayollarga beriladi, qayrilganda ko‘z yelkada bo‘ladi.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy